1-boshlovchi:
– U zotga ehtirom millati va dinidan qat’iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir.
2-boshlovchi: – U zotga bo’lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko’ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir.
1-boshlovchi:
Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o’z nomi bilan avlod davomchisi, go’zallik timsoli.
2-boshlovchi:
– Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari!
Sizning ta’rifingizga hali ko’p madhiyalar, iliq so’zlar va tabriklar izhor etiladi. Hozir navbatni maktabimiz badiiy havaskorlik jamoasiga bersak. Ular ijrosida uy va qo’shiqlar tinglab, raqslar tomosha qilsak.
Badiiy havaskorlik jamoasi ijrosida “Sen bahorni sog’indingmi” qo’shig’i tinglansa, “Bahor valsi” raqsi tomosha qilinsa ayni muddao bo’lar edi. So’ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi.
1-boshlovchi:
– Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh ham shu qadar nurafshon bo’ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta’riflanishining boisi ham shundadir, balki.
2-boshlovchi: – Xushaxabar keltirsa kim farzandidan
Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol.
Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor,
Dunyoda bolam deb yashaydi ayol.
1-boshlovchi: – Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir.
2-boshlovchi: – To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi.
Shifokor:
Man oppoq xalatda
Oppoq tilak bilan yashayman
El sog-omon bo’lsin deb albatta
Shunda men ham yayrab-yashnayman
Shifokorman lekin avvalo
Farzandimga sodiq onaman.
Sochsalarda boshimdan tillo
Bolam deyman kuyib yonaman.
Muallima: Shogirdlarim jonu jahonim
Hayotimning mazmun ma’nisi
Davrasida o’rat har onim
Farzandlarim ular barisi
Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar
Muallima, oddiy onaman.
Farzand shirin aziz bunchalar
Bolam deyman kuyib yonaman.