2.2
.
Qiz bolalar
milliy ko’ylaklarini loyihalash, ishlab chiqarish, sotish va
samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili
Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzbiy bog‘liq bo‘lib, moddiymadaniy
yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari
bilan ajralib turadi.
Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy
munosabatlar, ma’rifiy, din ba estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi.
Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti ba siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan barabar
kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahboli, kishilarning
didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda
oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
O‘zbek milliy kiyimining ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi,
iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy
urf-odatlar, ayniqsa, ayollar kiyimida yaqqol seziladi. Kiyimning shakli, bichimi,
ranglari ba bezaklariga ko‘ra ayolning qaysi viloyatdan ekanligi, ijtimoiy mavqei,
yoshi, oilaviy ahvoli to‘g‘risida bilib olish mumkin bo‘lgan.
O‘zbek ayollari kiyimi ko‘ylak, lozim, mursak, to‘n, peshmat, kamzul ba
nimchalardan ba ko‘chalik kiyim – paranji-chachbondan iborat bo‘lgan. Bosh
kiyimlari – turli usulda o‘raladigan ro‘mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kabush
bo‘lgan.
Ko‘ylaklar
- to‘g‘ri bichimli, keng ba uzun, deyarli yerga tegib turadigan, etagi
biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun bo‘lgan. Ayollar ko‘ylaklarining
turlaridan biri
«oldi ochiq ko‘ylak»
bo‘lib, oldi qismida belgacha to‘g‘ri qirqimi
bo‘lgan. Ko‘ylaklarning oldidagi tik kesimlar maxsus to‘qilgan yoki gazlamadan
ishlangan bog‘ichlar bilan bog‘langan. Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan
meros bo‘lib, ular o‘g‘illari Hasan ba Husaynlar halok bo‘lishganida, ularning
kiyimlaridan tasma shaklida bo‘laklar yirtib olib, ko‘ylaklariga bog‘ich qilib olgan
ekanlar.
Qizlar ba yosh bolalar yoqa o‘mizi ko‘ndalang– yelkadan yelkagacha qirqimli
ko‘ylak kiyishgan. Bu ko‘ylaklar «
kipti
», «
kiptakli ko‘ylak
» deb atalgan (fors
. Kift –
yelka). Bunday ko‘ylak «
mullacha ko‘ylak
» deb ham atalgan, chunki uni ko‘pincha
mullalar, eshonlar, madrasa talabalari ham kiyishgan.
Qadimgi to‘g‘ri bichimli ko‘ylaklar yengining tagiga boshqa rangdagi gazlamadan
to‘rtburchak shaklida «
hishtak
»lar tikilgan. Ba’zan boshqa rangdagi hishtaklar
bolalar ko‘ylaklariga ham tikilgan, bu uzoq kutilgan, «tilab olingan» farzand
ma’nosini bildirgan. Qadimda yosh ayollar ba kichkina bolalar ko‘ylaklarining
etaklari bostirilmaganligi kabi yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan.
O‘zbeklarda qizlarning ko‘ylagi nikoh o‘qilgandan so‘ng, ota-onasi uyida ayollar
ko‘ylagiga almashtirilgan. Kuyobning uyiga kelinni yoqa o‘mizi tik kesimli
ko‘ylakda olib borishgan. XIX – asrning 80-chi yillarida tik yoqali (
no‘g‘ay yoqa
)
ko‘ylaklar paydo bo‘la boshlagan. Ba’zan bu yoqalarni «
it yoqa
» deb ham atashgan
(itlarning bo‘yinbog‘iga o‘xshatilgan).
1900-chi yillarga kelib Toshkent ayollari orasida oldi koketkali, ko’krak qismi
burmalangan, «
shapang yoqa
» deb atalgan qaytarma yoqali «
ko’krakburma
ko‘ylak
»lar keng tarqalgan. Keksa ablod bu urfga yanada ko‘proq norozi bo‘lgan.
SHunga qaramay «ko’krakburma ko‘ylak»lar asta-sekin ommabiy rabishda qabul
qilina boshlagan ba an’anabiy to‘g‘ri bichimli, tik yoqali ko‘ylaklar qatorida o‘zbek
milliy ko‘ylagi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan.
Ustki kiyimning qadimiy turlaridan
peshbon, mursak, to‘n,
keyinchalik
peshmat,
kamzul
ba
nimcha
lar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo‘q bo‘lib
ketgan qadimiy turlaridan biri
peshbon
dir. Aytishlaricha peshbon ham mursakka
o‘xshab ketadigan ustki kiyim turi bo‘lgan, faqat uning yoqasi ham bo‘lib, yenglari
nisbatan uzunroq bo‘lgan ba mursakdan farqli o‘laroq, uning ziylariga jiyak
tikilmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, peshbon kelinlar yopinchig‘i sifatida ishlatilgan
(tojikcha
peshband –
yuzini to‘subchi yoki
peshbon –
yuzini asrobchi ma’nolarini
anglatgan so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.) XIX asrning boshlarida oddiy
chopon yoki mursak ko‘rinishida bo‘lgan peshbon, asr o‘rtalariga kelib ro‘mol
shaklini olgan.
XIX asrning 70-90 chi yillarida mursak qizlar ustki kiyimining asosiy turi
hisoblangan. Har bir kelinning sepida 2-10 tadan, ba’zan 18 tagacha mursaklar
bo‘lgan: kundalik, kishilik, uyichilik ba h.k.z. Mursak XIX asrda ba XX asrning
boshlarida unashtirish marosimida kelinga yuborilishi lozim bo‘lgan kiyimlardan
biri edi. Ota-onalar qizlarini birinchi bor uylariga chaqirganlarida («
challar»
marosimida) mursak kiygizishgan. Nikoh marosimida kelinga kiygizilgan mursak
to‘ydan keyin kelinning onasiga sobg‘a qilingan. XX asrning ikkinchi o‘n yilligiga
kelib, mursaklar ramziy bir ma’noda qolgan, amalda uning o‘rniga
kamzul
ishlatilgan. Faqat kelinni kuyobning uyiga olib kelingandagina, unga mursak
kiydirilgan ba keyinchalik uni yangalarga berilgan. XX asrda mursak kiyim sifatida
o‘z ma’nosini butunlay yo‘qotgan ba faqatgina dafn marosimlaridagina qo‘llanilgan.
Ayollarning asosiy ustki kiyimi «
paranji»
hisoblangan ba XX asrning boshlarida
ham kiyilgan. Paranjini ayollar ko‘chaga chiqqanlarida boshlariga yopib chiqishgan.
Paranji bilan birgalikda ayollar yuzlariga «
chachbon
» tutishgan (fors.
chashmband-
ko‘z uchun bog‘ich, ko‘zni to‘subchi (balki ko‘zdan to‘subchi), ba’zi biloyatlarda
«chimbat» deb ham atalgan. Paranji so‘zi «faroji» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
kiyim ma’nosini bildiradi. Paranji to‘n ko‘rinishida bo‘lib, boshga yopilib, gavdani
yashirib turish uchun xizmat qilgan, yenglari o‘z amaliy bazifasini yo‘qotgani
sababli ort tomonda bir-biriga chatib qo‘yilgan. Bora-bora yenglar ingichka ba uzun
shaklga kirib, soxta yeng – «
bandak
» deb atalgan. Paranji yopinish barcha yoshdagi
ayollar uchun majburiy bo‘lib, qiz bolalar 9 yoshdan boshlab paranji yopinishni
boshlaganlar. Chachvonlar qora otning yolidan to‘qilgan ba chetlariga qora rangli
matodan mag‘iz tikib chiqilgan. YAxshi tutilsa, 1 ta chachbon umr oxirigacha etgan.
Ayollar bosh kiyimi – ro‘mol hisoblangan. XX asrga kelib qiz bolalar va
kelinchaklar do‘ppi kiya boshlaganlar. Ungacha do‘ppini faqat erkaklar va yosh
bolalar kiyishgan. XX asr boshlarida do‘ppi kiygan ayollarga salbiy munosabat
bildirilib, aybga buyurishgan ba ularni «s
atang
» deb atashgan. Urf-odat bo‘yicha
ayollar do‘ppini umrlarida bir marotaba – go‘shangaga kirganda kiyishgan, bunda
kuyob o‘z do‘ppisini echib kelinning boshiga kiygazgan, kelin esa uning o‘rniga
yangi do‘ppi sobg‘a qilgan. 20-chi yillarga kelib do‘ppilar keng urf bo‘lgan, ularga
munosabat ham o‘zgargan.
Bugungi kunga kelib, albatta ayollar ko‘ylagi juda o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham,
shakli va bichimi saqlanib qolgan bo’lib turmushda ishlatilib kelmoqda. Ayollarning
an’anaviy milliy ko‘ylagi milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki,
asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush
tarziga to‘g‘ri keladigan ratsional shakllar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani
uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz
tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklining kengligi jazirama quruq iqlim
sharoitiga mos keladi.
Milliy liboslar tarixini o‘rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog‘liq bo‘lgan
an’analar, urf-odatlar ba rasm-rusumlarni o‘rganish talabalarning qiziqishlarini
oshiradi ba ularni xalqning madaniy merosini chuqurroq o‘rganishga undaydi.
O‘zbek liboslarining turmushda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini
talabalarga singdirishdan maqsad – yoshlarga milliy o‘zligini anglatish,
xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirish ba davomiyligini anglatishdan
iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.
|