konussimon bichimli ko’ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng
uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to’lqinsimon
shaklga ega
bo'ladi.
Milliy ko’ylak bichimlari bir xil bo’lsa-da, uning yoqa o’mizlari turlicha uyilishi
mumkin. 2,3- rasmlarda to’g’ri bichimli milliy ko’ylakni turlicha yoqa o’mizli
koketka turlari tasbirlangan. 4,5,6,7 - rasmlarda esa yoqa o’mizi va koketka tashqi
shakli turlicha bo’lgan milliy ko’ylak modellari namunalari ko’rsatilgan.
Milliy ko’ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar ba munchoq
(biserlar)lar bilan bezab tikish mumkin.
Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan,
bezak gazlamadan, kontrast
rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a
gazlamadan bichilgan bo’lishi mumkin. Qo’yida turli bichimdagi ba shakldagi
zamonaviy milliy ko’ylak namunalarini tabsifini keltiramiz.
2- rasm. Munchoqlar bilan bezatilgan milliy ko’ylak modellari
.
3 rasm. Bufflar va burmalar bilan bezatilgan milliy ko’ylak modellari..
4-rasm. Kashta choklar bilan bezatilganmilliy ko’ylak modellari
5-rasm. Kashta ba burmalar bilan bezatilgan milliy ko’ylak modellari
2, 3- rasmlarda milliy ko’ylak koketkalarining turli tuman ko’rinishdagi yoqa
o’mizlari va bichimlarini tavsiya etamiz. Bu turli ko’rinishdagi koketkalarni
kishi
gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart.
Ko’pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka
turlarini
tanlashadi. Chunki yoshlar xar doim go’zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo’lgan
kiyimlarni kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat
beradi.
Agar gazlama elastik, cho’zilubchan bo’lsa koketka o‘tkir burchakli bo’lmasligi
kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari
egilib chiroyli ko’rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o‘rilishdagi gazlamalarga esa
qanchalik koketka murakkab bichimda bo’lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib
atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.
2- rasmlarda biserlar (munchoqlar) bilan bezatilgan milliy ko’ylak
modellari
ko’rsatilgan bo’lib, bu modellar bichimi yuzasidan bir biriga o‘xshasada, bezak
ko’rinishlari, yoqa o’mizlari o’yiqlarining turli tumanligi bilan fark qiladi. Ushbu
modellarimizni yosh kelinlarimizga, o’rta yoshli ayollarimizga tabsiya kilamiz. 4, 5-
rasmda esa koketkalari turli bichimda bo’lgan, buf ba bafli choklar bilan bezatilgan
milliy ko’ylak modellari berilgan. Bu modellar asosan yosh qizlarimiz, yosh
kelinlarimizga mos keladi.
Ularni shifon, krepdishin, shoyi kabi gazlamalardan
tikish mumkin. Bezak buflarni munchoqlar bilan xam bezash mumkin. Agar ko’ylak
kundalikda kiyiladigan bo’lsa, bezak toshlarni kamroq ishlatgan ma’qul.
Xozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylaklarimiz yana urf
bo’lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko’ylaklarni
juda ko’p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to’ldirib tikilsa
kashta choklar yanada chiroyli, ko’rkam va jozibador ko’rinishga ega bo’ladi.
54rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylak namunalari berilgan.
Milliy ko’ylaklarimizni burmalar, tesmalar, ryushlar bilan
ham bezab tikish
mumkin. 5-rasmda quyma burmali ko’ylak namunalari keltirilgan.
Quyma burmali ko’ylaklarni ko’pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga
tavsiya qilamiz. Yoshi katta, to’la gavdali ayollarimiz esa burmali ko’ylaklarni
kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo’rttirib ko’rsatadi.
Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo’lishi mukin. Undan tashqari
xozirgi kunda ko’ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini
dukonlarimizda ko’plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi
gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o‘ylaymiz.
Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan xotin
qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko’ylak uchun bichim va bezak tanlashda
modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o‘ylaymiz. Ana
shundagina tanlagan kiyimi o‘ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa zamonaviy kiyim
elementlarini joyida qo’yib ishlatishlari kerak
Dostları ilə paylaş: