1.1 Qiz bolalar kuylagi va tikuvchilik mahsulotlarini
rivojlantirishi
Menqizlar milliy ko’ylaklarini tanlaganman.
Tanlangan model
qizlar
milliy
ko’ylak
eskiz
modelni tayyorlash,loyihalash vazifalari bo’yicha ishlab chiqishga tavsiya etishdan
iborat. Qizlar kiyimlari assortimentiga: ko’ylak, ko’ylak-xalat, ko’ylak-palto,
ko’ylak- kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzka-jenfer, bluzka-bantik, jilet, jaket,
ko’ylak kombinezon, kombinezon, shimli kostyum, shim, yubka, yubka shimlar
kiradi. Ko’ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi.Ular yaxlit, bel
qismidan, bo’ksa va ko’krak qismlaridan qirqma bo’lishi yengli yoki yengsiz, yoqali
yoki yoqasiz holatda uchrashi mumkin. Ko’ylak kashtalar, burmalar, to’rlar,
tugmalar, tasmalar, taxlamalar va boshqa xil bezaklar bilan bezatishi mumkin.Ularni
turli xil: ip tolali, shoyi, jun, zig’ir tolali hamda sun’iy va sintetik tolali
gazlamalardan tikish mumkin.Ko’ylaklarga gazlama tanlashda kiyimning nimaga
mo’ljallanganligiga hamda faslga qarab e’tibor berish kerak, ya’ni kiyimni uylik,
kundalik, bashang kiyim ekanligini unutilmaslik lozim,
Uy kiyimlar arzon ip tolali gazlamalardan tikilgani ma’qul bo’lib, ular keng
qulay bo’lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak.
Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil, yupqa gazlamalardan yorqin rangda
yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muofiq.
Qish oylarida esa yumshoq zich to’qilgan jun tolali sidirg’a yoki katak yo’lli,
mayda gulli gazlamalardan turli hil fasonlarda uzun yengli yoqali yoki, bo’yin
o’yindisi yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin.
Bashang kiyimlar chiroyli zarli, guli yoki sidirg’a gazlamalardan
tayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo’lishi hamda
ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar ,mayda taxlamalar, sun’iy gullar,
belbog’lar ishlatib tikish mumkin. Ko’ylak fasonlarini tanlashda gazlamalarning
xususiyatlariga, odam gavdasining tuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga
qaraladi.
1 Model
Tanlangan model ayollar milliy ko’ylak lozimi bo’lib, bu madelni tikish
uchun mahaliy gazlamalardan foydalanishni tafsiya qilaman.
Tanlangan eskiz model milliy matodan foydalanib, ayollar koketkali ko’ylagi
tayyorlanadi. Modelning old bo’lagi aylana shaklida qilib tayyorlangan. Model
asosan to’gri bichikli siluet qilib tanlab olingan.
Dostları ilə paylaş: |