Ayollar yengil ko’ylagi andozasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish va bichish


I-BOB Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#165355
1   2
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi “-fayllar.org

I-BOB Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish

1.1 Ayollar ko’ylagiga qo‘yiladigan talablar.

Kiyimning sifati deganda, uning vazifasiga ko‘ra insondagi niuayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlari tushuniladi. Demak, kiyim sifati talablar orqali 85 aniqlansa, iste’molchi talablari esa kiyimning sifatiga nisbatan qo‘yiladi, ya’ni sifat va talablar o‘zaro bog'langan. Ular inson talablarini qondiradigan quyidagi xususiyatlardan iborat: Kiyimni loyihalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi, talablar ikki guruhga ajratiladi: iste’molchi (matlubotchi)lar talablari va sanoat-ekonomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. Birinchi guruhga exspluatasion, estetik, gigiyenik talablar kiradi.

Estetik talablar.Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Estetik xususiyatga ega bo'lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o'z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o'ziga xos xususiyatini bajara olmaydi. Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko'ra, insonning go'zaliikka va ijodga bo'lgan talablarini bildiradi.

Gigiyenik talablartanadagi havo almashinuvi darajasini bildiradi. Ushbu talablar kiyimni tuzuvchi materiallarning havo o'tkazuvchanligi hamda kiyimning konstruksiyasi (tuzilishi)ga bogliq. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qoryomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyasining qulayligi (kishining normal fiziologik funksiyalariga xalaqit bermasligi) kiradi. Kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog’lig’iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak, ya`ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o`tkazuvchan bo`lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo`lishi, namni shimuvchan

5

bo`lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol' o`ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig'ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo`lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko`pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo`lishiga, bichimi esa qulay bo`lishiga e`tibor berish kerak. Kuzgi va baqorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog'ingarchilik ko`pligiga asoslanib ko`proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.



Ekspluatatsion talablar.Exspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Exspluatasion talablar kiyimning iste’mol davrida shaklini saqlovchanligi, chidamliligi, choklarining pishiqligi orqali namoyon bo'ladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta`sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta`sirlarga chidamli bo`lishi kerak. Bunday ta`sirlardan kiyim sitiladigan, cho`ziladigan, rangini o`zgartiradigan yoki g’ijimlanadigan bo`lsa, u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e`tiborga olgan holda kiyim modelini to’g’ri tanlash kerak ya`ni cho’ziluvchan, sitiluvchan gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma`qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho’ntak og'izlari, ko’p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o’z ko’rinishini yo’qotadi. Ikkinshi guruhga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi. Ko’p modelli potoklarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarning unifikasiyalashtirilgan barqaror

6

potoklarda ishlashini ta’minlaydi. Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:



1. Bir asos bo’yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bo’lsin.

2. Kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan bo’lsin.

3. Kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o’zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan to’liq foydalana olsin.

4. Ishlab chiqarish korxonasi tayyorlanayotgan buyum yuqori unumli bqlishini e`tiborga olish kerak natijada mahsulot tannarxi arzon samaradorligi yuqori bo’ladi.

1.2 Ayollar kiyimi uchun asosiy o‘lchovlar.

Ko’ylak chizma asosini chizish uchun 46-razmer, II-to’lalik gruppasidagi tipaviy gavdaning o’lcham belgilarining absolyut qiymatini olamiz, qo’shimchalarni esa gavdaga o’rtacha yopishib turadigan kiyimga mo’ljallaymiz. Agar chizma asosi boshqa razmer yoki boshqa rostga chiziladigan bo’lsa, uni gavdadan o’lchab olingan o’lchamlarni yoki maxsus jadvaldagi boshqa miqdorlarni (tipaviy gavdaning o’lchamlarini) formulaga qo’yish kerak.

Asosiy o’lchovlar:

Cb - 17,9 sm Shk – 16,7 sm

CkI - 44 sm Sh or – 17,8 sm

CkII - 46 sm Sh yel – 13 sm

Cbel – 35,5 sm Dor.bel. – 41,6 sm

Cbo’k – 50 sm Dol.bel. – 42,8 sm

Mk - 9,1 sm D yu – 58 sm

Bk - 26,2 sm Byel.qiya – 42 sm

Bor. o’m. – 20,7 sm

7

Qo’shimcha haqlar:



Pk – 5 sm Por. b. – 0,5 sm

Pbel – 3 sm Pol.b. – 0,5 sm

Pbo’k – 2 sm Po’m.k. – 0,7-1 sm

Por.k. – 1 sm Pyel.ay. – 6 sm

Pk.k. – 1-1,5 sm Po’m.b. – 2 sm

1.3 ayollar kiyimi uchun bazis to‘rini chizish va old bo‘lak, orqa bo‘lak chizmasini chizish.

Asos chizishdan oldin, chizmaning asosiy chiziqlari yoki konstruksiya to’ri hisoblanadi:

Kiyim kengligi: Aoa1 = CkII+Pk = 46+5 = 51 sm

Aoa1 dan pastga vertikal tushiriladi, bu vertikalga quyidagi kattaliklar o’lchab qo’yiladi:

AoT = Dor.bl. + Por.bl. = 41,6 + 0,5 = 42,1 sm

TN = Dyu = 58 sm

TB = Dor.bl. : 2 – 2 = 41,6 :2 – 2 = 18,8 sm

AoG = Bor.o’. + Po’m.b. + Por.b. = 20,7 + 2 + 0,5 = 23 sm

Ko’krak, bel, bo’ksa, etak chizig’idan gorizontal o’tkaziladi; kesishgan joylarga G1, T1, B1, N1 nuqtalar belgilab qo’yiladi.

Ort bo’lak chizmasini chizish

Ort bo’lak kengligi:

Aoa = Shor. + Por.k. = 17,8 +1 = 18,8 sm.

8

Pastga vertikal tushirib, kesishgan joyga G2 nuqta qo’yiladi.



Ko’krak kengligi:

a1a2 = Shk + (SkII – Sk1) + Pkk = 16,7 + (46 - 44) + 1,5 = 20,2 sm

Yeng o’miz kengligi:

aa2 = Aoa1 – (Aoa + a1a2) = 12 sm

(aa2 = (Oyel + Pyel.a) : 3 = 11,7 sm formulasiga binoan tekshiriladi)

Yeng o’miz kengligi

0,2-0,4 sm ga farq qilishi mumkin, lekin control sondan kam bo’lmasligi kerak.

Ort bo’lak yoqa o’mizini chizish:

AoA = Cb : 3 + Po’m.k. = 17,8 : 3 + 1 = 7 sm. AoA1 = AoA : 3 = 7 : 3 = 2,3 sm

Ort bo’lak yoqa o’mizi ravon chiziq bilan chiziladi.

Yelka chizig’ini chizish:

ikkita yoy bilan yelka nuqtasi topiladi:

TP = Byel.q. + Por.bl. = 42 + 0,5 = 42,5 sm.

AP = Shyel + 2* = 13 + 2 = 15 sm.

Yelka chizig’i yordamchi chiziq bilan o’tkaziladi.

Vitachkani chizish:

Av = Shyel : 3 = 13 : 3 = 4,3 sm;

vv1 = 7 - 9 sm; vv2 = 2 - 0,5** = 1,5 sm;

v1v3 = v1v.

Vitachka tomonlarini chizib, yelka chizig’I uzil-kesil shakllantiriladi.9

P nuqtadan aG2 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladi, kesishgan joyga P1 nuqta qo’yiladi.

Yeng o’mizining o’rtasi:

G2G4 = G4G3

Nazorat nuqta: G2P2 = G2P1 :3 + 2 (chizmadan o’lchanadi).

Burchak bissektrisasidagi yordamchi nuqta:

G21 = 0,2 x G2G3 + 0,5 = 0,2 x 11,7 + 0,5 = 2,8 sm.

P, P2, 1, G4 nuqtalar orqali ort bo’lak yeng o’miz chizig’I o’tkaziladi.

Yon chok holati: G2G5 = 1/3 yoki 1/4 x G2G3. Vertikal chiziq o’tkazib, kesishgan joylarni G6, T2, B2, N2 nuqtalar bilan belgilaymiz. Yon chok yeng o’miz o’rtasidan G4 nuqtada joylashishi mumkin.

Old bo’lak chizmasini chizish.

Old bo’lak yoqa o’mizini chizish:

T1A3 = Dol.bl. + Pol.bl. = 42,8 + 0,5 = 43,3 sm;

A3A4 = AoA = 7 sm.

A3A5 = A3A4 + 1 = 7 + 1 = 8 sm

Radiusi A5O = A4O = A4A3yoylar.

Izoh: agar Dol.bl. o’lchami Dor.bl. dan 6 sm ortiq yoki undan kattaroq bo’lsa, bunda bel, bo’ksa va etak chiziqlarini o’lchash kerak bo’ladi.

Masalan: Dol.bl. = 46 sm. Dor.bl. = 40 sm; 46-40 = 6 sm.

Bunda shu farqning ¼ ni, ya’ni 1,5 sm T1 nuqtadan pastga o’lchab qo’yib, T1` nuqtani hosil qilamiz.

Keyin Mk qiymatga teng gorizontal o’tkazib T2 nuqta bilan birlashtiriladi;


10


shunga yarasha kiyim etagi uning o’rta qismida uzaytiriladi;

A3 old bo’lak yoqa o’mizining yuqori cho’qqisi T1` nuqtasidan boshlab chiziladi.


Vitachkani chizish: G1G7 = Mk = 9,1 sm; A4G8 = Bk = 26,2 sm.

Vitachkaning ikkinchi tomoni yoylar yordamida topiladi:

A4A6 = 2 x (Ck1 – Ck2) + 2*** = 2 x (46 – 44) + 2 = 6 sm;

G8A6 = G8A4 = 26,2 sm.

Vitachka tomonlari chiziladi.

Old bo’lak yeng o’miz balandligi:

G3P3 = G2P1 (chizmadan o’lchanadi)

Yordamchi nuqtalar: G3P4 = G3P3 : 3; P4P41 = 0,6 sm.

Yelka chizig’ini chizish: ikkita yoy bilan: P41P5 = P4P3; A6P51 = Shyel = 13 sm yelka nuqtasi P5 topiladi. Yordamchi chiziq bilan yelka chizig’i o’tkaziladi.

90 Yordamchi chiziq bilan P5P4 nuqtalar birlashtiriladi; bu chiziq ikkiga bo’linadi. Nuqta 3 hosil bo’ladi. Bunga uzunligi 1 sm bo’lgan perpendikulyar o’tkaziladi. Nuqta 4 hosil bo’ladi.

Yelka nuqtasi P5P51 = 0,5 sm (gazlamaning cho’zilishi hisobiga kamaytiriladi). To’g’ri chiziq bilan yelka chizig’i uzil-kesil chiziladi.

Yordamchi nuqta: bissektrisa burchagidagi

G32 = 0,2 x G2G3 = 0,2 x 11,7 = 2,3 sm

Old bo’lak yeng o’miz chizig’i P51, 4, P4, 2, G4, G6 nuqtalar o’rqali o’tkaziladi. Yengni hisoblash uchun yeng o’mizining vertikal diametri topiladi: PP51 nuqtalar birlashtiriladi; bu bo’lakni ikkiga bo’lib O nuqta hosil qilinadi; ko’krak chizig’I bilan kesishguncha vertikal tushirib, O1 nuqta hosil qilinadi: OO1 = 17 sm.

11

Beli to’g’ri ko’ylak uchun chizma asosini o’zgartirish:



Kurak sathi:

AoY = 0,4 x Dor.bl. = 0,4 x 41,6 = 16,6 sm.

Ort bo’lak o’rta chizig’i:

TT` = 1-1,5 sm.

A1T` nuqtalarni birlashtirib, etakkacha davom ettiriladi, kesishgan joylarga G`, B`, N`, Y` nuqtalar qo’yiladi.

Ort bo’lak yeng o’mizi:

P2P2` = YY` Yeng o’mizining yangi chizig’I o’tkaziladi.

Ort bo’lak yon chizig’i:

B`B3 = G`G4 chizig’ini o’tkazib, etakkacha davom ettiriladi, kesishgan joyni T3N3 nuqtalar bilan belgilanadi.

Old bo’lak yon qirqimi:

G4G6 = GG`;

B1B4 = Cbo’k + Pbo’k – B`B3 = 50 + 4**** - 24 = 30 sm.

G6B4 chizig’I o’tkaziladi, uning yeng o’mizi va etagigacha davom ettiriladi, kesishgan joylarga T4, N4 nuqtalar qo’yiladi.

Beli yopishib turadigan ko’ylak asosi chizmasini chizish:

Bu chizma ham asosdek chiziladi, faqat buning belida vitachkasi bo’lib, etak tomoni kengaytiriladi. Bunday o’zgarishlar bo’lsa ham beli salgina yopishib, to’g’ri siluetni saqlab qoladi:

Bel qismidagi vitachkalarni chizish. Vitachkalar yig’indisi:

EV = TT1 – (Cbel + Pbel) = 51 – (35,5 + 3) = 12,5 sm.

12

Vitachkalar kengligining qiymati:



Yon tomondagi vitachka:

T3T4 = 0,5 x EV = 0,5 x 12,5 = 6,25 sm.

T2T3 = T2T4 = 6,25 : 2 = 3,1 sm

Ortki vitachka:

T6T7 = 0,3 x Ev = 0,3 x 12,5 = 3,75 sm.

TT5 = GG2 : 2 = 18,8 : 2 = 9,4 sm.

T5T6 = T5T7 = 3,75 : 2 = 1,9 sm.

Old tomondagi vitachka:

T9T10 = 0,2 x EV = 0,2 x 12,5 = 2,5 sm.

T1T8 = G1G7; T8T9 = T8T10 = 2,5 : 2 = 1,3 sm.

Vitachkalar uzunligi:

Ort tomondagi vitachkaning yuqori tomoni ko’krak chizig’idan 3 sm pastda, ostki tomoni bo’ksa chizig’idan 3 sm yuqorida bo’ladi; old tomondagi vitachkaning yuqori tomoni G8 nuqtasidan 3 sm pastda, pastki tomoni co’ksa chizig’idan 4-5 sm yuqorida bo’ladi.

Yon chokni chizish, bo’ksa chizig’I bo’ylab qo’shimcha B3B4 = (Cbo’k + Pbo’k) - BB1 = (50 + 3) – 51 = 2 sm.

B2 nuqtadan chap va o’ng tomonga 1 sm dan qo’yiladi;


etak tomonining kengayishi:


N2N3 = N2N4 = 4-5 sm;


yon chok chiziqlari;


ort bo’lakninki – G6, T3, B3, N3 nuqtalar orqali o’tkaziladi;


13
old bo’lakninki G6, T4, B4, N4 nuqtalar orqali o’tkaziladi;


bel qismidan bo’ksagacha o’tkaziladigan qavariq 0,5 sm ga teng; B3, B4 nuqtalardan etakkacha pastga vertikal o’tkaziladi.


Beldan etakkacha bo’lgan yon qirqimining uzunligi: T3N3 = T3N4 – TN. Zarur bo’lsa kiyim bel qismida yaxshi yopishib turishi uchun qo’shimcha vitachka qilinadi: T12T13 = 0,2 x EV = 2,5 (qolgan vitachkalar: ortki 0,3 x EV, yon tomondagi 0,3 x EV, old tomondagi 0,2 x EV bo’ladi);

Vitachka o’qi G3 nuqtadan o’tkazilgan vertikal chiziq davomida bo’ladi;

Uzunligi ko’krak chizig’idan 3 sm pastroqda, pastki tomoni beldan 8 -9 sm pastroqda bo’ladi. Ko’krak o’lchami katta bo’lgan gavdalarga mo’ljallab yopishib turadigan ko’ylak asosini o’zgartirish. Bu chizma faqat vitachka va yon chok chizilishi bilan farq qiladi. Old tomondagi vitachka kattalashtiriladi:

T9T10 = 0,5 x EV = 6,25 sm

Vitachka o’qini etakkacha davom ettirib, N5 nuqta hosil qilinadi. Vitachkaning beldan yuqori tomoni og’dirib chiziladi: pastga T9N`5, T10N5 chiziqlar o’tkaziladi. (T9 dan vertikal o’tkazish mumkin) kesishgan joylar N5`, b, b1, b` nuqtalar bilan belgilanadi. Yon tomondagi vitachka kamaytiriladi:

T3T4 = 0,2 x EV = 2,5 sm

Bo’ksa qismida yon chok holati topiladi:

B3B4 = Cbo’k + Pbo’k – (Bb` + b1B1) = 50 + 2 – 47 = 5 sm (chizmadan o’lchanadi)

B2B3 = B2B4 = 5 : 2 2,5 sm. Oldingi chizmadagidek yon qirqim chizig’I o’tkaziladi. Bo’ksadan etakkacha vertikal yoki kengaytirib chiziladi. To’rtinchi vitachka ishlatish ham mumkin. Vitachka kengligi bukchaygan gavda uchun 2,5 – 3,5 sm; kekkaygan gavda uchun 0,7-1 sm vitachkani solqi bilan almashtiriladi. Bu 0,5 sm yelka chokka taqsimlanadigan solqi bel qismi to’g’ri bo’lib yenglari raglan va

14

yenglari old va ort bo’laklar bilan yaxlit bichilgan kiyimlarning yon choki G4 nuqtadan o’tadi. Qo’shimcha qiymati razmerlarga qarab: 38 – 0,5 sm; 40 – 0,8 sm; 42 – 1,1 sm; 44 – 1,5 sm; 46 – 2 sm; 48 – 2,5 sm; 50 – 3 sm bo’ladi. Bo’ksa chizig’i bo’ylab kiyim bemalol bo’lishi uchun qo’shimcha ko’paytirilgan.



Ayollar ko’ylagi konstruksiyasi

Yeng chizmasini hisoblash va chizish. Yeng asosi chizmasini chizish uchun zarur o’lcham belgilarining qiymatlari: Dyeng=53,5 sm; Oyel=29,1 sm; Obil=16,1 sm; yeng o’mizining vertikal diametri OG4=17 sm (ko’ylak asosi chizmasidan olinadi) Pyel.ayl =6 sm. 94 To’r chizish.

1. Yeng kengligi: OO1= Oyel+ Pyel.ayl = 29,1+6=35,1 sm

2. OO1 nuqtalardan vertikal o’tkaziladi.

Quyidagi bo’laklar o’lchab qo’yiladi: OP=OO1 ort bo’lak chizmasidagi yeng o’mizining vertikal diametri – 2,5 = 17 sm – 2,5 sm = 14,5 sm (yeng boshining balandligi); OM = Dyeng = 53,5 sm (yeng uzunligi) OL = OM:2+5 = 53,5:2+2 = 31,8 sm (tirsak sathi) Gorizontal chiziq o’tkazib, kesishgan joylar P1, L1, M1 nuqtalar bilan belgilanadi.

3. Yeng qiyamasining eng yuqori nuqtasi: OO2 = OO1:2+0,5=18 sm; Tirsakning o’tish qismi: OO3 = OO2:2; old tomonning o’tish qismi: O1O4=O1O2:2 O2, O3, O4 nuqtalardan vertikal o’tkazib kesishgan joylarga P, L2, M2, P3, L3, M3, P4, L4, M4 nuqtalar qo’yib belgilanadi. Yeng boshini chizish.

4. O2O5 = O2O3:2; O2O6 = O2O4:2+1,5.

5. P3O7 = G2P2 (chizmadan olinadi); P4O8= G3P4 (chizmadan olinadi).

6. O7 nuqtadan chapga, O8 nuqtadan o’ngga 0,5 sm dan o’lchab qo’yiladi.

7. O5, 1, P; O6, 2, P1 nuqtalarni yordamchi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. P – 1 va P1 – 2 qism ikkiga bo’linadi; 1 sm va 2-2,5 sm ga teng bo’lgan perpendikulyar

15

o’tkaziladi; O5 va O6 burchaklar bissektrisasi bo’ylab 1-1,2 sm 1,5-2 sm ga teng kesma o’lchab qo’yiladi.



8. Yordamchi va asosiy nuqtalar orqali yeng boshi ravon chiziqlar bilan shakli keltirib chiziladi. Yeng uchini chizish

9. Yeng tirsakning o’tish qismi bo’ylab M3 nuqtadan 1 sm uzaytiriladi. Yeng uchi old tomon o’tish qismi bo’ylab M4 nuqtadan yuqoriga 1 sm qisqartiriladi. Yeng uchi ravon chiziq bilan chizib olinadi. Kalta toraytirilgan, kengaytirilgan yenglarning chizilishi qo’shimcha chiziqlar bilan ko’rsatilgan.

II-BOB Xotin-qizlar milliy ko‘ylaklarini tikish texnologiyasini o’rganish

2.1. Zamonaviy milliy ko’ylak modellari

Zamonaviy moda yo‘nalishi milliy ko‘ylaklarimizda ham o‘z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko’ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari ba yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki milliy ko’ylak asosan koketka, qop ba yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko’ylak to’g’ri siluetli, koketka chizigi buylab burmali buladi. Old bo‘lagida koketka bo‘laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Yoqali, yoqasiz bo‘ladi. Yoqali bo‘lsa yoqa o’mizi buylab utkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog‘lanadigan (galstuksimon) bo’lishi mumkin. Yenglari o‘tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba xakozo bo’lishi mumkin.Xozirgi kunda milliy ko’ylak bichimlarida juda katta o’zgarishlar ruy bergan. Masalan: Etak kismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko’ylaklar. Bunday qopli ko’ylak yengi xam albatta konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko’ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to’lqinsimon shaklga ega bo'ladi. Milliy ko’ylak bichimlari bir xil bo’lsa-da, uning yoqa o’mizlari turlicha uyilishi mumkin. Milliy ko’ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta

16

choklar ba munchoq (biserlar)lar bilan bezab tikish mumkin. Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo’lishi mumkin. Qo’yida turli bichimdagi ba shakldagi zamonaviy milliy ko’ylak namunalarii tabsifini keltiramiz.



Ko’pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar xar doim go’zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo’lgan kiyimlarni kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi. Agar gazlama elastik, cho’zilubchan bo’lsa koketka o‘tkir burchakli bo’lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko’rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o‘rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo’lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.

Xozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylaklarimiz yana urf bo’lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko’ylaklarni juda ko’p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to’ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko’rkam va jozibador ko’rinishga ega bo’ladi. 54-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko’ylak namunalari berilgan.

Quyma burmali ko’ylaklarni ko’pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga tavsiya qilamiz. Yoshi katta, to’la gavdali ayollarimiz esa burmali ko’ylaklarni kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo’rttirib ko’rsatadi. Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo’lishi mukin. Undan tashqari xozirgi kunda ko’ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini dukonlarimizda ko’plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o‘ylaymiz.

Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan

17

xotin qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko’ylak uchun bichim va bezak tanlashda modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o‘ylaymiz. Ana shundagina tanlagan kiyimi o‘ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa zamonaviy kiyim elementlarini joyida qo’yib ishlatishlari kerak.



2.2. Milliy ko’ylaklarni tikish texnologiyasini ishlab chiqish

O‘zbekcha kiyimning ko’p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoitimiz, turmushimiz ko’zda aks etadigandek topgan. O’zbekcha ayollar kostyumi yangi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishida davom etdi. Moda "shabadasiga" asoslanib ayollarning an’anaviy ko’ylagiga har xil zamonaviy o’zgarishlar kiritiladi. Milliy kiyim va zamonaviy kostyumlarda xalq san’ati motivlarini qo’llash xozirgi kunda bu sohaning xodimlariga ancha vaziyat berdi. Bugun milliy urf-odatlarni, qadriyatlarni tiklash uchun milliy kiyimga, uni zamonaviy elementlar bilan bezashga (kashta tikish: zarduzlik, patduzlik), zamonaviy moda yunalishiga asoslangan holda yo’l berildi.

Moda bir o‘rinda to’xtab turmay, kundan kunga yangilashadi, o‘zgaradi, qaytib keladi. Lekin, bu modellashtirish va badiy bezash asosida rivojlanadi va ruyobga keladi. Shuning uchun milliy ko’ylaklarni tikishda zamonaviy kiyim elementlarini qo’llashda nimalarga e’tibor berish, qanday tikish texnologiyalarini qo’llash lozimligini aniqlash lozimdir:

Ko’ylaklarga kashta choklari bilan bezak berish. Kiyimlar qadim qadimdan kashta choklari bilan bezab kelinadi, Lekin kashta chok bilan bezak berishda xar doim ham kiyim tashqi ko’rinishiga zeb bermaydi. Chunki kiyimga kashta chok solishda uni texnologiyalariga, rang tasvir qoidalariga, kishi salohiyatiga e’tibor berish lozim bo’ladi. Ayrim tikuvchilar bu kashta xozir modaga kirgan deb barcha kiyimlarga ham uni tikaveradi. Kiyimni tashqi ko’rinishini ochgan bilan kiyimni kim kiyganiga qarab kashta chok bezagini tanlash zarur xisoblanadi. Kiyimga kashta chok solishda qo’yidagilarga e’tiborni qaratish lozim deb topamiz:

18

-kiyimga kashta chok bilan bezak berishda kashta gullarini kiyim gazlamasi gullariga moslash, gazlama gullarini bug’masdan uni yanada yorqinroq, chiroyloroq qilib ko’rsatadigan gul elementlarinin tanlash;



-kashta gullarini rangini tanlashda gazlama gullarini ranglaridan birini tanlash yoki gazlama gullarini ochadigan ranglarni tanlash lozim;

- agar gazlama gulsiz sidirg’a rang bo’lsa kashta gullarini rangini gazlama rangini ochadigan, yoshi katta kishilar uchun bo’lsa sal siporoq rangni tanlash lozim;

-kashta ornamentini kiyimni qayerda kiyilishiga qarab tanlash lozim, masalan kiyim to’ylarga mo’ljallangan bo’lsa kashta ornamentlari to’laroq bo’lishi kerak, agar kiyim odatiy kiyiladigan bo’lsa gullari siyrakroq bo’lishi lozim qo’yida kashtalar bilan bezatilgan ko’ylak namunalarini keltiramiz;

-kiyimga kashta chok bezagini tanlashda albatta kishini yoshi, tashqi ko’rinishi, kiyimni qayerda kiyishi, kim kiyishiga e’tiborni qaratish lozim. Yoshi katta kishilarga mo’ljallansa sal rangsizroq, oddiroq kashtalarni tanlash kerak. yoshlarga, kelinlarga kiyim tikishda kashta gullari yorqinroq, rang-barang bo’lishini ko’zda tutuish lozim.

- milliy ifrixorimiz bo’lmish atlash gazlamadan tikiladigan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berish yanada e’tiborliroq bo’lishlikni talab etadi. Chunki bilasizki atlasda kamalak ranglarini barchasi mujassam bo’lim. Noto’g’ri rang va kashta ornamenti tanlansa atlasni tashqi ko’rinishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

-atlasdan tikilgan kiyimlarga kashta chok bilan bezakk berishda yaltiroqligi kam bo’lgan iplarni tanlash maqsadga muvofiqdir.

2.3. Milliy ko’ylaklarda bezakli to’rlarni tikish texnologiyasi

Milliy ko’ylaklarimizga moda yo’nalishiga qarab turli to’rlar va tayyor kiyim elementlari bilan bezash hozirda urf bo’lgan. Lekin barcha kiyimlar kabi milliy ko’ylaklarga ham to’rlar va kiyim bezaklarini tikishda ularda foydalanish

19

qoidalariga rioya qilish bilan birga ularni kiyimuchun tanlay olish ham kerak bo’ladi. Kiyimga kiyim bezaklarini chiroyli tikkan bilan uni kiyimga estetik did bilan tanlanmasa u kiyimni chiroyini ochish o’rniga uni sifatini tushirishi mumkin.. shuni nazarda tutgan holda qo’yida kiyim bezakalaridan foydalanishni ayrim usullariini taxlil qilamiz.



- Kiyim bezaklari (to’rlar, tasmalar, burmalar, mag’izlar) ni tanlashda avvalo kiyim tiqiladigan gazlama xususiyatini e’tiborga olish lozim. Chunki gazlama tabiiy tolali bo’lsa kiyim bezagi ham shunga xos bo’lishi lozim. Kiyim gazlamasi sun’iy tollali bo’lsa kiyim bezagi ham sun’iy tolali bo’lishi kerak. kiyim gazlamasi kirishuvchan bo’lganda kiyimga bezakni o’rnatib tikishda albatta bu xususiyatni esda saqlagan xolda tikishi lozim aks xolda kiyim yuvilgandan so’ng kiyim bezagini qayta so’kib tikishga to’g’ri keladi.

- Kiyimga to’r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi tishli reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo’lishligini ta’minlash lozim. Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to’r ulashda kiyim detaliga chim also tushmsligi kerak aks holda kiyim detalini osha joyi birishib chiroyli chiqmasligi mumkin.

- Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga o’rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldi unga namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o’miziga tikilsa, ya’ni botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga biqilib ochiq qirqim tomoni cho’zilib, yopiq qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki qirqimiga, yeng uchiga, cho’ntaklarga va h.k. tasma ikkiga buqilib yopiq qirqim tomoni chozilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so’ng o’rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.

Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim? Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chukki katta yoshli kishilarga aksariyat

20

xollarda burmali kiyimlarni xavola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko’rsatadi. Ularni yoshida burmasiz, burmali bo’lgan xolda xam sezilarsiz bo’lishi lozim.



Burmalarni bichish jarayonida xam gazlamagan qiya burchak ostida qirqib olish lozim. Chunki burmalar ko’pincha to’g’ri qirqimli detallarga, ovalsimon detallarga, to’g’ri-qabariq-botiq yuzalarga tiqiladi. Shunday hollarda burmalarni xoxlagan yuzaga tikishni qulaylashtirish maqsadida shunday bichiladi.

Milliy ko’ylaklarga turli applikasiyalar bilan ishlov berish.

Hozirda bozorlarimizda kashta choklarga moslab ishlab chiqarilgan yopishtiriladigan, tikiladigan, yelim bilan yopishtiriladigan applikasiyalarni ko’plab uchratish mumkin. Bu applikasiyalardan ham to’gri foydalanilmasa kiyim sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bilamizki kashta tikish murakkab jarayon bo’lib, hamma tikuvchilar ham uni uddalay olmaydir. Shuning uchun ko’pincha tayyor kashtali applikasiyalardan foydalanadilar. Applikasiyalar kiyimga chiroyli ko’rinish berish bilan birga ayrim kamchiliklarni yopshi, ayrim choklarni ko’rsatmasligi. Kiyimga bezak berishda ishlatiladi. Applikasiyalarni tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim.

birinchidan. gazlama rangi va gullarini e’tiborga olish lozim


ikkinchidan, gazlama xususiyatiga mos tushishi kerak;


uchinchidan gazlama narxiga, tashqi bezaklariga mos bo’lishi kerak;


to’rtinchidan kiyim egasini tashqi ko’rinishi, yoshi va kiyimni kiyish joyiga qarab tanlash kerak.


Ayrim hollarda oq rangli gazlamalarga yosh xotin-qizlar uchun qora, qizil, ko’k, yashil rangli applikasiyalarni tanlash mumkin ayrim xollarda esa gazlamadagi ranglardan eng ko’p uchraydigan rangiga qarab tanlanadi. Applikasiyalarni kiyimga o’rnatishda gazlama va applikasiyani xusiyatiga e’tibor berish lozim. Agar kundalik kiyim uchun applikasiya tanlansa tikib o’rnatiladiganini tanlagan ma’qul chunki

21

kiyim ko’p yuvilsa yelim o’z xuxusiyatini yo’qotishi mumkin. Kechalik kiyimlarga applikasiyalar tanlasganda yelimlisidan tanlasa bo’ladi.



Milliy ko’ylaklarni tikishda zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal foydalanish. Yuqorida aytganimizdek xozirda bozorlarimizda xotin-qizlar kiyimlarini tikish uchun tirli-tuman gazlamalar bilan bir qatorda kiyim tikishda ishlatiladigan, kiyim tikish samaradorligini, sifatini oshirishda qo’llaniladigan kiyim elementlarini uchratish mumkin. Lekin bu elementlardan to’gri foydalanishni barcha tikuvchilar ham uddalay olishayapdi deb ayta olmaymiz. Demak shundan foydalansam kiyim sifatli chiqadi, kiyim egasi sifatli elementlardan foydalanib tikibdi degan ko’r-ko’rona qarashlar uchrab turadi. Shuning uchun quyida zamonaviy kiyim elementlaridan foydalanish texnologiyalari, ulardan foydalanishni optimal yo’llari haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.

Yelimsimon not’oqima tasmalardan foydalanish.Xozirda do’konlarda yelimsimon, o’rgimchak uyasiga o’xshash rulonli tasmalar ko’p uchraydi. Ularni qayerlarda qo’llash mumkin? Ushbu yelimsimon tasmalarni ayniqsa elastikli gazlamalardan kiyim tikishda kiyim etagini qayirib tikishda, yeng uchini qayirib tikishda mashina chok o’rnida ishlatish mumkin. Agar mashinada qayirib tikilganda kiyim o’ngida chok o’rni qo’pol ko’rinishi mumkin. Yelimli tasma bilan yopishtirib bukilganda chok borligi bilinmaydi. Yeng yoki etak uchlari tekis bukilib, kiyim cho’zilganda ham chok sitilib yoki so’qilib ketmaydi. Undan tashqari yelimli tasmalardan milliy ko’ylak old va ort bo’lak koketkalariga avra va astar detallarini qo’lda ko’klash jarayonini yengillatish maqsadida ham qo’llash mumkin.

Yelimsimon noto’qima tasmalardan foydalanishda qo’yidagi qoidalarga rioya qilish zarur: Tasma ikki detalni o’rtasiga qo’yilib sal namlanadi va dazmolmato ustidan dazmollanadi. Dazmollash jarayonida dazmol harakatda bo’lmasdan toki namlik ketgunga qadar ushlab turiladi, undan so’ng boshqa uchastka dazmollab yopishtiriladi. Agar dazmolni harakatlantirib dazmollansa

22

tasma surilib ayrim joylaridan qochishi mimkin, yoki yelimsimon tasma uzilib o’sha joy yopishtirilmay qolishi mumkin. Yelimli noto’qima tasma bilan kiyim etagi va yeng uchiga ishlov berish. Burmasiz, burmali bo’lgan xolda xam sezilarsiz bo’lishi lozim. Lekin yelimsimon tasmadan xohlagan joylarda foydalanib bo’lmaydi. Masalan, paxta tolali gazlamadan tikilgan milliy ko’ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma chokli bahya bilan qayirib tikilishi lozim.



Yelimli flezilindan foydalanish.Ayrim milliy ko’ylaklar juda yumshoq, elastik xususiyatli gazlamalardan tiqiladi. Milliy ko’ylaklarni koketkalari tik tursa gavdada ghiroyli chiqadi. Shuning uchun yumshoq gazlamadan kiyim tikishda koketka astariga qo’shimcha material yopishtiriladi yoki qattiq astar tanlanadi. Yumshoq gazlamalardan tikilganda yelimli flezilindan koketka astariga bir qavat yopishtisish lozim. Flezilin gazlama xususiyati bilan uyg’unlashib ketadi. Yelimli flezilindan foydalanishda ham ayrim texnologiyalarga e’tibor berish lozim. Flezilinni gazlamaga yopishtirish jarayonida dazmol yuzasini dazmolmato ustida haraqatlantirmasdan kerakli joylarda ko’tarib o’tqazish lozim. Chunki flezilish issiqlik ta’sirida yumshaydi, yelimi eriydi, agar dazmol gazlama ustidan susrib yangi yoyga o’tkazilsa yopishtirilgan yuza dazmol bilan birga suriladi. Shuning uchun yelimlangandan so’ng dazmolni surib o’tqazish mumkin emas. Yelimli flezilin yoki yelimli tasma ishlatilganda dazmol albatta dazmolmati yoki maxsus qog’oz yordamida dazmollanishi shart. Aks holda dazmolni yuzasiga yelim yopishib qolib dazmollah jarayoni qiyinlashadi.

Tukli matolardan kiyim tikishni o’ziga xos xususiyatlari.

Tukli gazlamalardan kiyim tikishda ham ayrim qonuniyatlarga e’tiborni qaratish lozim. Tukli matolardan kiyim tikish oddiy matolardan kiyim tikishdan tubdan farq qiladi. Tukli matolar bilan ishlashda e’tiborliroq bo’lish lozim. Ayrim tukli matolar dazmollash jaroyonida tuki bosilib o’sha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan kiyim tikishda, ayniqsa dazmollash jarayonida mayday-mayda temir tishli tasmalardan foydalanish lozim. Kiyim pastki tomoniga

23

tishli tasma qo’yiladi va dazmollanadiigan qirqim ehtiyotlik bilan amalgam oshiriladi. Tukli matoni tuklari tishli tasma orasiga kirib, qayrilmaydi, dazmollash jarayoni tugaganda gazlamani tuklari avvalgi xolatini saqlaydi. Shunday xollarda ham matoni tuki yaltirab qolsa, qirqim cho’zib tiqiladi va qattiq qoqib qirqim dazmollanmasligi kerak bo’ladi. Tukli gazlamalardan kiyimtikishda tiqiladigan qirqim chamalab ilgaklar yordamida har joydan ildirib qo’yiladi, undan so’ng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak ildirmasdan tikilsa gazlama tuklari surilib qirqim tomonlari uzun-kalta bo’lib qolishi mumkin. Oldinlari bunday gazlamalarni avval qo’lda ko’klab keyin tikib chiqilardi. Hozir esa tayyor bir tomoni to’mtoqlangan ilgaklarni bozorlarda ko’plab uchratish mumkin. Tukli gazlamalar ko’pincha sitiluvcha bo’ladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda qirqimlari albatta yo’rmalanishi lozim. Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Tukli gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan ancha ko’proq gazlama sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi. Milliy ko’ylaklar uchun bezak elementlarini tanlash. Bezak elementlari juda xilma xil bo’lib ularni tanlashda nimalarga e’tiborni qaratish lozim.


gazlama xususiyatlariga;


gazlama rangi va gullariga;


gazlama narxiga va gazlama bezaklariga;


kiyim turiga;


kiyim kiliyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi ko’rinishiga;


kiyim fasoniga.


Agar milliy ko’ylak kundalik ishlarga mo’ljallangan bo’lsa kiyim bezagi unchalik sezilmaydigan, ko’zga tashlanmaydigan bo’lishi shart. Masalan tesmalar, to’rlar, jiyaklar va xakozo. Agar kiyim kechalik kiyim bo’lsa va gazlama qimmat narxli bo’lsa unda gazlamaga xoz besaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama bezaklari (toshlari, ko’zchalari, tesmalari) turiga

24

qarab bezak gazlama tanlash lozim. Ayrim xollarda galamani o’zi bezaklarga boy bo’lsa gazlama bezaklarini qirqim joylardagi bezaklari ehtiyotlik bilan so’qilib uni kerakli joylarga o’rnatish mumkin. Ayrim boy bezakli gazlamlarga ortiqcha bezak berilsa kiyim bachkanalashib ketadi. Unday xollarda bu kiyim kechalarda kiyilsa ham bezak elementlar qo’llanilmaydi.



Milliy kiyimlarga toshli bezaklardan tanlashda toshni rangi ham gazlama rangi yoki gazlama gullarini ko’p takrorlanadigan gangiga mos ravishda tanlanadi. Aks xolda kiyimga bezak ko’rk berish o’rniga uni sifatini buzadi. Demak kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini to’g’ri tanlanmasa, tanlangan elementlardan to’g’ri foydalanilmasa kiyim sifatli ciqmaydi. Shuning uchun biz yuqorida bergab tavsiyalarga amal qilinsa kiyim sifatiga kafolat berish mumkin bo’ladi.

Milliy ko’ylaklarda bezakli to’rlarni tikish texnologiyasi. Milliy ko’ylaklarimizga moda yo’nalishiga qarab turli to’rlar va tayyor kiyim elementlari bilan bezash hozirda urf bo’lgan. Lekin barcha kiyimlar kabi milliy ko’ylaklarga ham to’rlar va kiyim bezaklarini tikishda ularda foydalanish qoidalariga rioya qilish bilan birga ularni kiyimuchun tanlay olish ham kerak bo’ladi. Kiyimga kiyim bezaklarini chiroyli tikkan bilan uni kiyimga estetik did bilan tanlanmasa u kiyimni chiroyini ochish o’rniga uni sifatini tushirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda qo’yida kiyim bezakalaridan foydalanishni ayrim usullariini taxlil qilamiz.

- Kiyim bezaklari (to’rlar, tasmalar, burmalar, mag’izlar) ni tanlashda avvalo kiyim tiqiladigan gazlama xususiyatini e’tiborga olish lozim. Chunki gazlama tabiiy tolali bo’lsa kiyim bezagi ham shunga xos bo’lishi lozim. Kiyim gazlamasi sun’iy tollali bo’lsa kiyim bezagi ham sun’iy tolali bo’lishi kerak. kiyim gazlamasi kirishuvchan bo’lganda kiyimga bezakni o’rnatib tikishda albatta bu xususiyatni esda saqlagan xolda tikishi lozim aks xolda kiyim yuvilgandan so’ng kiyim bezagini qayta so’kib tikishga to’g’ri keladi.

25

- Kiyimga to’r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi tishli reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo’lishligini ta’minlash lozim. Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to’r ulashda kiyim detaliga chim also tushmsligi kerak aks holda kiyim detalini osha joyi birishib chiroyli chiqmasligi mumkin.



- Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga o’rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldi unga namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o’miziga tikilsa, ya’ni botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga biqilib ochiq qirqim tomoni cho’zilib, yopiq qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki qirqimiga, yeng uchiga, cho’ntaklarga va h.k. tasma ikkiga buqilib yopiq qirqim tomoni chozilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so’ng o’rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.

Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim? Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chukki katta yoshli kishilarga aksariyat xollarda burmali kiyimlarni xavola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko’rsatadi. Burmalarni bichish jarayonida xam gazlamagan qiya burchak ostida qirqib olish lozim. Chunki burmalar ko’pincha to’g’ri qirqimli detallarga, ovalsimon detallarga, to’g’ri-qabariq-botiq yuzalarga tiqiladi. Shunday hollarda burmalarni xoxlagan yuzaga tikishni qulaylashtirish maqsadida shunday bichiladi.

26

O`zbek milliy liboslari



27

Xulosa


Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar modelini yaratish, zamonaviy o‘quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash muhim vazifalardan hisoblanadi.

- bunida kasb-hunar ta’limida yengil sanoat yo’nalishi bo’yicha kichik mutaxassislar tayyorlashning metodologik muammolari o‘rganilib, maxsus fanlarni o‘qitishda amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishga alohida e’tiborni qaratish lozimligi ilmiy jihatdan asoslandi;

- o‘tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar asosida mavzuni modulli o‘qitishda o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, o‘qitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil o‘qish imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish aniqlandi;

- kasb-hunar kollejida “xotin-qizlar milliy ko’ylaklarini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’ulotni modulli o‘qitishdan va faol usullardan foydalanish bo’yicha o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, “tikuvchilik texnologiyasi” fani bo’yicha tajriba sinov guruhlarida “a‘lo” va “yaxshi” bahoga o‘zlashtirish oshdi, “qoniqarli” baho olganlar kamaydi, “qoniqarsiz” baho oluvchilar bo’lmadi. Demak, tajriba-sinov guruhlarida yaxshi baholarning oshishi va qoniqarsiz baholarning kamayishi bmi da ishlab chiqilgan “xotin-qizlar milliy ko’ylaklarini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o‘qitishda va faol usullarni qo’llashda ta’lim samaradorligining oshishini isbotladi.

Kiyim- bu materiallaming odam tanasidagi qobiq sistemasi bo‘lib, tanani iqlirn ta’siridan saqlaydi va odamning o ‘ziga xos ba'zi xususiyatlarini namoyon qiladi. Kiyim kishilik jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan va jamiyat taraqqyotiga mos ravishda rivojlanib, o‘zgarib kelgan. U ijtimoiy tuzum, texnika va iqtisodiyot taraqqiyoti, xalqlar milliy madaniyati xususiyatlarini, turmush

28

tarzi, iqlim sharoiti, badiiy did va an“analarini o‘zida aks ettiradi. Kiyim deganda ich kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim, qo‘lqop, poyafzal kabilaming keng kompleksi tushuniladi. Tikuvchilik buyumlariga kiyimdan tashqari uy-ro‘zg‘or buyumlari (dasturxon, sochiq, ko‘rpa - yostiq jildlari) texnik buyum va anjomlar (avtomobil g‘iloflari va yopqichlari, chodirlar, qoplar ) kiradi. Kiyim o‘z navbatida maishiy va ishlab - chiqarish kiyimlariga bo‘linadi. Maishiy kiyimlarga kundalik kiyim, tantanali kiyim, uy kiyimi, sport kiyimlari, shuningdek ich kiyimlar, korset buyumlari, cho'milish kiyimi, bosh kiyimlar kiradi. Ust kiyim ich kiyim va korset buyumlari turkumidagi kiyimlar ustidan kiyiladigan kiyimlardir, unga palto, plash, pidjak, nimcha, jaket, ko‘ylak, xalat, bluzka, yubka, erkaklar ko‘ylaklari, kombinezon va shimlar kiradi.



Tukuvchilik buyumlarini tikishning asosiy bosqichlari. Kiyim tikish jarayoni uch asosiy bosqichdan iborat:

1. Model, konstaiksiya va andazalar tayyorlash;

2. Gazlamani tikishga tayyorlash va bichish (ya’ni tayyoiiov - bichish uchastkasidagi

3. Buyumni tikish va bezash.

Kiyimlarni ko‘plab ishlab chiqarish uchun buyum larning modellarini yaratish va loyihalash bilan modalar uyi, texnika, tajriba laboratoriyalari, ayrim korxonalarda esa yuqori malakali rassom - modelerlar va konstaiktorlari bo‘lgan eksperimental sexlar modalar uyi rahbarligida shug‘ullanadi.

29

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Asosiy adabiyotlar:

1). O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 20 аpreldаgi “Oliy tа’lim tizimini yanаdа rivojlаntirish chorа – tаdbirlаri to‘g‘risidаgi” PQ-2909 sonli qarori.

2). O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti SH.Mirziyoyev tаshаbbuslаri bilаn 2017 yilning 7 fevrаl kuni “O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to‘g‘risidа”giPF-4947-sonli Fаrmoni qаbul qilindi

3). O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Umumiy o‘rtа tа’lim to‘g‘risidаgi Nizomni tаsdiqlаsh hаqidа”gi Qаrori.140-son //2017 .15 03

4). Karimov I.A. Yuksak m a’naviyat — engilmas kuch. — Т.: O“zbekiston.

2008.


5). Saidova K. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya

asoslari darslarida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik

shart-sharoitlari. Magistrlik dissertasiyasi. — Т.: 2007. — 98 b.

Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar:

1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b.

2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b.

3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.

4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil.

5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г.

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI

1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. Uz

4. www. Kitob.uz

5. www.yandex.uz

6. www. edu. uz

7. tdpu-INTRANET. Ped

8. www.legprominfo.ru



30

http://fayllar.org
Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin