TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
1-KURS 21-02 GURUH TALABASI
AZIMOVA SEVINCHNING
ALLOMALAR DIN TO’G’RISIDA. “ISLOM
NURLI MA’RIFAT DINI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Reja:
Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod
tafakkuriningshakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy
ilmiy, ma’naviy va madaniymerosimiz, milliy qadriyatlarimiz
g‘oyat muhim ahamiyatga ega.Davlatimizning qanchalik tez
ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyohamjamiyatida o‘ziga
munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviysaviyasi,
g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar
davomidaaql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati
tufayli xalqimiz mag‘ruryashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va
erk sari intildi. Ana shu milliy ong,milliy g‘urur bugungi
hayotimizning
oltin
poydevoridir.
Bu
poydevorga
buyukallomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy,
Abu Ali ibn Sino,Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu
Iso Termiziy, Hakim Termiziy,Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab
ulug‘zotlar asos solganlar
Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga
salmoqlihissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun
islom dunyosida engnufuzli manbalar deb tan olingan oltita
ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari yashab
ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibnIsmoil al-
Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu
IsoMuhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud
SulaymonSijistoniy (817-880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830-
915), Imom Abu AbdullohMuhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-
886) kabi siymolardir. Bu olti allomaichida hadis ilmida amir al-
mo’miniyn degan sharafli nomga sazovor bolganImom al-
Buxoriyalohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir.
Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon
miqyosidataraqqiy
qilishiga
vatandoshlarimiz
beqiyos
hissa
qo'shganlar. Garchi islom diniArabiston yarimorolida paydo bo‘lgan
bolsada, madaniy jihatdan arab badaviyqabilalaridan ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha anchaustun bo'lgan
Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdanrivojlanishi
va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir
ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur
al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy,
Najmiddin Kubro vaBahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlami
eslash kifoyadir. Ulaming nomlaributun islom dunyosida chuqur
hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikkaerishilgach, O'zbekiston
hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilikdavrida unutilgan,
biroq
xalqimiz
tarixida
chuqur
iz
qoldirgan
buyuk
zotlamingnomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga
qaratilgan benihoyaxayrli siyosat olib bormoqda
• Islom dinining paydo bo`lgan ijtimoiy-tarixiy va
g`oyaviy muhit.
• Islomning vujudga kelishini tahlil etish o`sha tarixiy
davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari
o`rtasida
hukmron
bo`lgan
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar va ularning diniy-g`oyaviy hayoti bilan
qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi.
• Arabiston yarimoroli iqlim sharoiti noqulay qumli
sahrolar va tog`lardan iborat bo`lib, ko`chmanchi
aholisi badavlat V-VII asrlarda chorvachilik bilan
shug`ullanar edi.
Islom-dunyoda nisbatan keng tarqalgan jahon dinlaridan
biridir. Osiyo qit`asidagi Arabiston yarimoroli, Iordaniya,
Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg`oniston, Pokiston, Afrika
qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi,
Somali sin-gari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G’arbiy Sudanda
yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari,
Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma`lum bir
qismi. Yevropa qit`asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi
xalqlarning bir bO`lagi islomga e`tiqod qiladi. Islom Markaziy
Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, VolgabO`yi, G’arbiy
Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir
qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush
tarziga O`z ta`sirini ko`rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga
e`tiqod qiluvchilar, ya`ni musulmonlar bir milliard 200
mln.dan oshdi.
Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga
ega bo`lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga
nisbatan kuchliroq ta`sir ko`rsatar edi. Makkada
Ukaz nomli katta bozor joylashgan edi. Arab
qabilalari o`rtasida Makkaning diniy markaz sifatida
roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka`batilloh
ibodatxonasi
turli
arab
qabilalarining
360
xudosining sanam, ya`ni butchalari mavjud bo`lgani
tufayli bu shahar o`z atrofida yashovchi ko`p
qabilalar uchun e`tiqod markazi - ziyoratgohga
aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat
deb bejiz aytmaganlar.
• Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi
va manbalarini o`rganish yo`lida ko`p xizmat qilganlar. Jumladan,
M.Myuller, E.Taylor, K.Tile, Sh. dela Sosse, J.Freyzer va
boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar bo`lishiga
qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qo`shganlar.
• Rus sharqshunosligida ham islom tarixi, diniy manbalarni tadqiq
qilish sohasida barakali ishlar olib borilgan V.R.Rozen asos solgan
mashhur “Rus akademik sharqshunosligi” ning vakillari
N.A.Mednikov,
L.E.Shmidt,
A.YE.Krimskiy,
V.V.Bartold,
I.Y.Krach-kovskiy, YE.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar
islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Bu asarlar
hozir ham islomshunos olimlar uchun boy manba bo`lib xizmat
qilmoqda
Islom ta`limotida, ro`za haqida yozilgan turli diniy
manbalarda ramazon oyining mazmuni, ahamiyati, unda
musulmonlarning burchi har tomonlama izohlangan. Ro`za
oyining har bir kunini e`zozlash, iftorlikka alohida e`tibor
berish ko`zda tutilgan. Muhammad 30 kun ro`za oyining uch
dahaga bo`linishini e`tirof etib, uni shunday izohlagan: “Bu
mohi sharif shu qadar ulug` bir oykim, uning birinchi o`n
kunlik dahasi - dahai rahmat deb ataladi, ya`ni
Ollohning rahmati o`z bandalariga muttasil yog`ilib turadigan
kunlardir. Ikkinchi o`n kunligi - dahai ma`rifat, ya`ni Olloh o`z
bandalarining gunohu ma`siyatlaridan o`tib afvu ma`rifat qilib
yuboradigan kunlar. Uchinchi o`n kunligi “itqun minan nor”,
ya`ni Olloh o`z bandalarini otashi do`zaxdan ozod qilib
yuboradigan bashoratli kunlar”
Dostları ilə paylaş: |