42-O’ZBEK XONLIKLARINING TARAQQIYOTDA ORQADA QOLISH SABABLARI VA OQIBATLARI
G’arbiy Yevropaning ilg’or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’iga aylanib bordi. XVI asrning o’rtalaridan boshlab to’qimachilik, qog’oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo’l hunari texnikasiga asoslangan korxona-manufaktura (lotincha manus-qo’l, faktura-tayyorlash)lar vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi. Bug’ mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho’yan va po’lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo’llar qurildi. Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo’yildi. Bu sanoatning rivojlanishida muhim omil bo’ldi. Eng muhimi xo’jalik yuritish, harakatlanish uchun zarur bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, og’ir sanoat vujudga keldi. Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko’pgina mamlakatlar, jumladan, o’zbek xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib, taraqqiyotda orqada qolib bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: "Nega jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so’nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o’lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o’rni bo’lmaganmikan?"1
Asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan Qoloqlikning sabablari mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasida tinimsiz davom etgan urushlar mamlakatni qoloqlikka mahkum etdi. Har bir xonlik ichidagi hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o’zaro nizo-janjallar, boshboshdoqlik, ig’vo-fasodning avj olishi viloyat va tumanlarni, qolaversa, butun mamlakatni xonavayron qilardi. Xonliklarning asrlar davomida o’zgarmay kelayotgan davlat idora usuli taraqqiyotga g’ov bo’lib qolgan edi. Xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, etnik nizolar urug’-qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko’chishini keltirib chiqarardi. Yoki ular zo’rlik bilan yashab turgan joylaridan ko’chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, aholini bir butun xalq bo ‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni, Turkistonni, xalqni birlashtirish g’oyasi ostida uyushtira oladigan yo’lboshchi, siyosiy kuch topilmadi. Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Xonliklarning asosiy boyligi bo’lgan yerga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o’zgarmasdan kelardi. Yerning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko’rsatgani uchun bir hovuch kishilarga yer hadya qilinardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning egasi emasdi. Shu boisdan dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo’lmagani sababli boshqa joylarga ketaverardi. Aholi og’ir soliqlardan, g’ayriqonuniy yig’im va majburiyatlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo’lib, aholi iste’mol
Dostları ilə paylaş: |