Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə22/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136
10-ona-tili-konspekt

18-mashq. Matnni o‘qing. Uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.
Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahro lochini o‘troq yashaydi; tundra lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tog‘lik va jarli joylarga quradi. Aprel–mayda 2–3 ta tuxum qo‘yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo‘lguncha ota-onasi ning qaramog‘ida bo‘ladi. Qushlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini qushlarni ovlashga o‘rgatiladi. («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)
19-mashq. 3 guruhga bo‘lining va «Qo‘lni qo‘lga beraylik», «Qonun ustuvorligi yo‘lida», «Bugunning nafasi» mavzularida matn tuzing. Matndagi publitsistik uslubga xos xususiyatlarni aniqlang.
20-mashq. Deyiladi, ataladi, zarur, ayniyat, kun tartibi, qatnashdilar, buyuraman, tashkil etilsin, munozara uchun mavzu, so‘ragan ekansiz, davra suhbati, jilva qildi, ochun, ko‘klam, kuzak so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing. Mazkur so‘zlarning uslubni shakllantirishdagi o‘rnini tushuntiring.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ovqat so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik. Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega. Oziq «odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi. Ne’mat badiiy uslubga xos.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin