Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə57/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136
10-ona-tili-konspekt

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalaridagi kelishik qo‘shim chalarining qo‘shilishiga ko‘ra farqlarini aniqlang.
Osh yeng – oshni yeng – oshdan yeng.
O‘rik danak – o‘rik danagi – o‘rikning danagi.
2-topshiriq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlarini
aniqlang va ma’nosini izohlang.
1. Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. (Hamid Olimjon) 2. Biz shu yo‘llar tizginin qo‘lga olaroq… yer kurrasin boshin tang‘idik. (G‘afur G‘ulom) Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan almashinish imkoniyati, ayrim ko‘mak chilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi. Masalan, tushum kelishigi belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qoladi. Qiyos lang: kitobni o‘qidi – kitob o‘qidi. Yoki birikmada tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda tutilganligi, ayni o‘rinda chiqish kelishigi qo‘llanganda esa obyektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi. Qiyoslang: choyni ichdi – choydan ichdi. Yoki jo‘nalish keli shigining, masalan, uchun ko‘makchisi bilan ma’nodoshligi asosida almashtirilishi ham ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. Qiyoslang: do‘stimga oldim – do‘stim uchun oldim. Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin. Masalan: Qarshimda yer sharin surati turar, Salmog‘i Quvaning anoricha bor. mashinish ayrim (A. Oripov) Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. (A. Oripov)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin