Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə86/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136
10-ona-tili-konspekt

79-mashq. Berilgan so‘roq gaplarda ifodalangan uslubiy ma’nolarni aniqlang.
1. Qanchalik uyatligini o‘ylamadimikan? (O‘. Umarbekov) 2. Shu ni yozgan yigitni bir ko‘rarmikanman?! (Said Ahmad) 3. Agar ko‘pni ko‘rgan Kolizey g‘ishtlaridan bir bo‘lagini olib quloqqa tutsangiz, bu yerda bo‘lib o‘tgan tantanalar, gladia tor lar ning buqa bilan olishuv paytidagi shovqin-suronlarni, odamlarning hayqiriqlarini eshitarmikansiz? (Said Ahmad) 4. Uka gi nam, bitta choy damlab kelmaysanmi?! (Said Ahmad) 5. Axir, akam tirik-ku, shukr qilmaysizmi? Kampir uning gapini cho‘rt kesdi: – U yo‘q endi! (Said Ahmad)
6. Ma’lum bir nuqtada ilm ko‘chasidan burilmaganlarida edi, ayni fursatda qaysi bir ilmiy kengashda davrning muhim ilmiy muammosi bo‘yicha bahs yuritgan bo‘larmi edilar? (Tohir Malik) 7. Turg‘unimning boshiga shu ishlar tushmasa, bunaqa siqilib qolmasmidik? Sizlar bilan uzilishib ketmasmidik? Bir vaqtlardagidek, har bahor, har yoz chiqib yotib kelarmidik? Qanday zamonlarga qoldig-a... Adolat qilaman deb, shuncha yilga kesilib ketdi-ya, bolam boyaqish. (Murod Mansur) 8. Agar niyat xolis bo‘lsa, u diyorni eng dorilomon bir diyorga ay lan tir masmi edilar?! (Murod Mansur)
80-mashq. Berilgan gaplarning qaysilarida taajjub, gumon, taxmin, istak kabi ma’nolar ifodalangan?
1. Odammisiz, nimasiz?! Uning ovozi o‘ziga juda uzoqdan eshitilayotganga o‘xshardi. – Axir, insof, vijdon degan narsa bormi sizda?! (Said Ahmad) 2. Shamollatgandirsan-da? – dedi Nazir ota. (O‘. Umarbekov) 3. Siz endi ko‘rayotgandirsiz-da? (Tog‘ay Murod) 4. O‘zingga o‘xshagan boyvachchalarni aytishga shoshmagandirsan? (Tohir Malik) 5. Har holda, bekorga so‘ramagandirsiz. (Tohir Malik) 6. Bir-ikkita joyni ko‘z ostiga olib qo‘yuvdim, bir borib ko‘rsang bo‘larmidi? (Tohir Malik) 7. Sen tug‘ib qo‘ysang-u, boshqa xotin tarbiyalasa, bolada ena-otaga mehr bo‘larmidi? (Tohir Malik)
8. Benomus qiz, ayt to‘g‘risini,
Baxti qora! El nomusini
Orsizlarcha poymol etganda,
Zarracha es bormidi sanda? (Hamid Olimjon)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan balo so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon. O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega. Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi. Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi. Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega. Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi. Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega. Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi. Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llanadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin