• Основные стратегические варианты


-jadval  Marketing konsepsiyasi evolutsiyasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

1.2-jadval 
Marketing konsepsiyasi evolutsiyasi 
Yillar 
Konsepsiy

Asosiy g‘oya 
Asosiy vosita 
Asosiy maqsadi 
1860-1920 
Ishlab 
chiqarish 
Imkon qadar 
ishlab chiqarish 
Tannarx, mehnat 
unumdorligi 
Ishlab chiqarishni 
takomillashtirish, 
sotish hajmini 
oshirish 
1920-1930 
Tovar 
Sifatli tovarlarni 
ishlab chiqarish 
Tovar siyosati 
Iste’mol tovarlari 
xossalarini 
takomillashtirish 
1930-1950 
Sotish 
Sotish tarmoqlari 
va kanalini 
rivojlantirish 
Sotish siyosati 
Tovarlar sotish 
intensifikatsiyasi 
1960-1980 
An’anaviy 
marketing 
Iste’molchiga 
nima kerakli 
tovarni ishlab 
chiqarish 
Marketing miks 
kompleksi, 
iste’molchini 
tadqiq etish 
Maqsadli bozorni
xohish-
ehtiyojlarini tadqiq 
etish 
1980-1995 
Ijtimoiy-
axloqiy 
marketing 
Jamiyat talablarini 
hisobga olgan 
holda 
iste’molchiga 
kerakli tavrlarni 
ishlab chiqarish 
Marketing miks 
kompleksi, 
ishlab 
chiqariladigan 
tovar va xizmat 
ishlab chiqarish, 
iste’molchi bilan 
bog‘liq ijtimoiy 
va ekologik 
oqibatlarni 
tadqiq etish 
Maqsadli 
bozorning xohish-
ehtiyojlarini 
qondirish 
1995- 
yildan shu 
davrgacha 
Marketingni 
o‘zaro 
aloqaviy 
konsepsiya
Biznes bo‘yicha 
sheriklar va 
iste’molchilarni 
qondiradigan 
Marketing miks 
kompleksi, 
integratsiya va 
tarmoqli tahlil, 
Maqsadli bozorni 
xohish-
ehtiyojlarini 
qondirish 


17 
si 
tovarlar ishlab 
chiqarish 
koordinatsiya 
uslubi 
Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun 
standart yoki norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. Marketing 
evolutsiyasi har qaysi mamlakatda o‘z xususiyatlari va bozor munosabatlari 
rivojlanishi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlari rivojlanishi biror 
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish bozor munosabatlarini 
shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan 
tashqari marketing rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya – e’tiborni 
tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga 
qaratish talab etiladi. 
Birinchi davr
 
- marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarish konsepsiyasi» - 
«mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi 
tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. 
Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki 
bozor talabi cheksiz».
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifati va narxiga 
qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarning sifatlarini boshqa 
firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani 
ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar 
ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi. 
Keyingi davr
 
«sotish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning 
mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan 
sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketingi 
konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan 
davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga 
yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan 
cheksiz talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya 
katta edi. 
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab 
chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa 
ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga 
ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda 
tutilgan. 
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. 
Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab 
chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini 
iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga mo‘ljallash tashkil etdi. Marketing 
boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi. 


18 
An’anaviy marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan 
boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat 
bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham 
belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy 
boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy 
faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib qoldi. 
Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holati hamda 
o‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida biror-bir tovarni ishlab chiqarish 
zarurati, istiqboli va foydaliligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika 
jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. 
Quyidagi rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan(1.3-rasm). 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin