• Основные стратегические варианты


 - rasm. Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasiga ta’sir etuvchi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

1.4 - rasm. Ijtimoiy axloqiy marketing konsepsiyasiga ta’sir etuvchi 
omillar 
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi
ning asosiy g‘oyasi 
xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi 
munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro 
aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. 
Marketingni o ‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda–kompaniya 
bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi hohlagan o‘zaro 
aloqasi sifatida ko‘radi. 
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish 
davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. Marketing 
evolyutsiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini o‘zgarishi 
bilan kuzatiladi. Quyida marketing evolyutsiyasini nazariy asoslari, uslublari, 
qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz (1.3-jadval). 
1.3-jadval 
Marketing evolyutsiyasi ilm sifatida 
Jamiyat manfaatlari 
(umuminsoniy qadriyatlar) 
Xaridor ehtiyojlari 
Firma foydasi 
(foyda) 


20 
Yillar 
Nazariy asoslari 
Uslublari 
Qo‘llash sohasi 
1900-
1950 yillar 
Tovar haqida 
o‘rganish, taqsimlashga 
mo‘ljal olish, sotish va 
eksport nazariyasi 
Kuzatish, xaridni va 
sotishni tahlil kilish, 
ehtimollarni hisoblash, 
iste’mol paneli 
Ommaviy tovar ishlab 
chiqarish, qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘i 
1960 yil 
Sotish haqida 
o‘rganish, tovarga, 
sotish hajmiga mo‘ljal 
olish, distribyuterlik 
nazariyasi 
Motivlar tahlili, 
faoliyatni tadqiq qilish, 
modellashtirish 
Iste’mol vositalari 
iste’molchilari 
1970-yil 
Qaror qabul qilish va 
xulq-atvorni ilmiy 
asoslari 
Faktoring, diskriminant 
tahlil, matematik 
uslublar, marketing 
modellari 
Ishlab chiqarish 
vositalari va iste’mol 
vositalari 
iste’molchilari 
1980-
1990 
yillar 
Holatli tahlil, 
menejment funksiyasi 
sifatida marketing 
haqida o‘rganish, 
raqobatni tahlil 
nazariyasi, ekologiya 
asoslar, strategik 
marketing 
Pozitsiyalashtirish, 
klaster tahlil, 
iste’molchilar 
tipologiyasi, ekspertiza, 
sabab-oqibat tahlili 
Iste’mol vositalari, 
ishlab chiqarish 
vositalari, xizmat 
sohasi, foyda 
ko`rmaydigan 
tashkilotlar 
iste’molchilari 
1990 
yildan shu 
davrgacha 
Tadbirkorlik quroli va 
funksiyasi sifati 
marketing haqida 
o‘rganish, bozor 
tarmoqlari nazariyasi, 
kommunikatsiya va 
o‘zaro ta’sir nazariyasi, 
ijtimoiy va ekologik 
samaraga mo‘ljal olish 
Pozitsiyalashtirish, 
klaster tahlil, 
iste’molchilar 
tipologiyasi, 
raqobatchilar va 
iste’molchilarni xulq-
atvori modellari, 
benchmarketing, o‘yin 
nazariyasi 
Ishlab chiqarish 
vositalari, iste’mol 
vositalari, xizmat 
sohasi, foyda 
kurmaydigan 
tashqilotlar, davlat 
tadbirkorligi sohasidagi 
iste’molchilar 
Marketing konsepsiyasi - bu boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab 
chiqaruvchilarga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda 
olishlari uchun yordam beradi. 
Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:
tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga; 
bozorga ta’sir ko‘rsatishga; 
iste’molchilarning maqsadli guruhlariga; 
bosh strategik maqsadlarga e’tiborni jalb etish lozim. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin