22
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada
cheklangan hisoblanadi: u ko‘proq iste’molchiga nisbatan tovarga
mo‘ljallangan.
Shuning uchun 1980-yillarda marketing kompleksi 2 ta elementga
ko‘paydi va 6 “P” deb nomlandi.
6 “P” modeli tarkibiga quyidagilar kiradi:
tovar (product);
narx (price);
sotish yoki tovar harakati (place);
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
xodimlar (personal)
harakat tarzi.
Yangi modelda asosiy e’tibor marketing faoliyatini strategik jihatiga
qaratilgandir. Biroq XX asr oxirlarida ichki va tashqi iste’molchilar
konsepsiyasi paydo bo‘lgandan keyin avvalgi modelni yangidan kengaytirish
haqida axborot paydo bo‘ldi. 1999-yilda Djon Baller 10 “P” modelini taklif
qildi.
Djon Baller yangi kengaytirilgan marketing kompleksi korporativ
marketing–miks deb ataladi.
10 “P” modeli quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.
philosophy – tashkiliy falsafasi-g‘oyasi;
2.
personality – zaruriy korxona falsafasini qo‘llab-quvvatlovchi
xodim;
3.
people – inson;
4.
products – tovarlar;
5.
prices – narxlar;
6.
place – o‘rin-joy;
7.
promotion – siljitish;
8.
performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish;
9.
perseption – his-tuyg‘u;
10.
positioning – pozitsiyalashtirish.
Marketing nazariyasida marketing kompleksi elementlari olimlar
tomonidan turli yondoshuvlar asosida o‘rganilgan. Quyidagi jadvalda
zamonaviy marketing kompleksi elementlari borasida turli olimlarning
izlanishlari natijalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: