• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Qisqacha xulosalar 
Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga 
qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketingni vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi 
tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turining ko‘payishi va tadbirkorlar 
o‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir. 


24 
Muhtojlik – kishini biron-bir yetishmovchlikni his etishidir. 
Ehtiyoj, shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
muhtojlikdir. 
Talab, bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj. 
Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. 
Tovar, bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga 
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif 
etilgan barcha narsalardir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
talabni o‘rganish; 
bozor tarkibini aniqlash; 
tovarni o‘rganish; 
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; 
sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi 
bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab-istaklarini o‘rganish, ularga mos 
tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, 
sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari 
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan 
taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 
Marketingni quyidagi konsepsiyalari mavjud: 
ishlab chiqarish konsepsiyasi; 
tovar konsepsiyasi; 
sotish konsepsiyasi; 
an’anaviy marketing konsepsiyasi; 
ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi; 
o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi. 
Marketing-miksni 1964-yilda birinchi bo‘lib Garvard biznes maktabi 
professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing 
kompleksi 5“P”deb nomlanib, ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy 
elementlari ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), 
siljitish (promotion), inson(reorle).

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin