• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
2-bob. MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, 
FUNKSIYALARI VA TURLARI 
2.1. Marketingning asosiy tamoyillari 
 
Marketingni maqsadlari ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta 
muqobil maqsadlarga ajratiladi:
1.
Iste’mol darajasini oshirish; 
2.
Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; 
3.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish; 
4.
Turmush tarzini (sifatini) oshirish. 
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasi o‘sishiga olib 
keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek, 
ishsizlik kamayishiga olib keladi. 
Iste’molchilarni 
qondirilganligini 
maksimallashtirish 
iste’mol 
kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni 
ko‘zlaydi. 
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar 
(xizmat)larning turli xillarini ko‘rsatib, ularning xodimlariga to‘liq mos 
keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‘lgan tovarlarni 
mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini 
ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo‘yicha maqbul bo‘lish emas, balki 
jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari: 
1.
Iste’molchiga yo‘naltirilganlik; 
2.
Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini 
qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni 
olgan bo‘lishi kerak; 
3.
Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik. 
Marketing faoliyati natijasi o‘lchamli bo‘lishi kerak (bozor ulushi, sotish 
hajmi, foydaning o‘sishi). 
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib 
beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va 
iste’molchiga xizmat ko‘rsatish, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo 
bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy 
tamoyillar kelib chiqadi: 
iste’molchilarga kerakli tovarni ishlab chiqarish kerak; 
bozorda 
tovar 
va 
xizmatlar 
taklifi 
bilan 
emas, 
balki 
iste’molchilarning muammolarini yechish vositalari bilan ishlash; 


28 
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni o‘rgangandan so‘ng tashkil 
etish kerak; 
marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing 
dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun 
kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; 
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan 
qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir 
asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va 
taktikasini qo‘llash; 
korxona faoliyati va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini 
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali 
kommunikatsiyani uzoq istiqboliga mo‘ljallash; 
tovarni yashash davrining barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va 
tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; 
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini 
eslash; 
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo 
muvofiqlashtirish va o‘zaro ta’sirini ushlab turish; 
tovar bozori yoki firma imiji (obro ‘yi) va raqobatli ustunligini 
qidirish 
va 
shakllantirish 
jarayonida 
aniq 
holatda 
agressivlikka, 
hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy 
tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir 
o‘tkazishdan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan 
quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi: 
iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir; 
pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni 
bozor ulushini, foydani ortishi va hokazolar. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin