30
audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni
o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab
chiqarish, kadrlar, moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi
funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning boshqa
funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik
yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash
jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun
ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni
shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
2.3. Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish
muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan
o‘zgarishlarga
tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish,
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni
tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan
reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim
vazifalarni hal etishi
lozim:
xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni
o‘rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;
tovarni
bozorga
chiqarishdagi
barcha
xizmatlar to‘g‘risida
ma’lumotlar olish;
to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot
yig‘ish;
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni
nazorat qilishdan iborat.
Marketingni vazifalari quyidagi 2.1 – rasmda berilgandir.