• Основные стратегические варианты


  Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

2.4. 
Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, 
balki talabga ta’sir ham qilishdir. Marketing faoliyatining bu aniq 
maqsadlarini- bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, 
xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy 
vazifalari bilan, biror-bir bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini 
tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir 
qancha strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab 
darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz. 
1.
Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul 
qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo‘ladi. Marketing 
xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, 
marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish 
orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va 
talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir. 
2.
Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va 
e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda 
ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir. 


33 
3.
Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan 
tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega 
bo‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini 
aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan 
iborat. 
4.
Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki 
bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda 
konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli 
bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada 
samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar yetkazib berishni 
rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - 
pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy 
yondashish lozimligini unutmaslikdir. 
5.
Doimiy talab. K‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, 
kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy 
fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammoasini tug‘diradi. Masalan, jamoa 
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p 
bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) 
baholar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali 
talabning vaqt bo‘yicha tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim. 
6.
To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo 
tushumlaridan, foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. 
Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o‘zgarishiga va 
raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab 
qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitda tovar sifatini yanada oshirish, 
unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini 
doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi. 
7.
Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talab darajasi talabni 
qondirish darajadan yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - 
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. 
Bu vaziyatda narxlarni ko‘tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan 
rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan 
tashqari yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda 
marketingning maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina 
uning darajasini pasaytirishdan iborat. 
8.
Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish
sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni 
talab qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar 
o‘tkaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar 


34 
tarqatish, narxlarni ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, 
iste’molchilarni o‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish. 
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu 
holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda 
keltirilmoqda. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin