• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Tijoratlashtirish 
- yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga 
kirib borish vaqtini to‘g‘ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko‘rsatish hajmi 
va ketma-ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo‘yicha 
samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni. 
Tovar
- 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot 
sifatida ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi obyekti; 2) 
mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy 
iste’molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, 
mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni yengillashtiruvchi xizmat va 
imtiyozlar; 4) mahsulotni o‘rab turuvchi «muhit» (mahsulot dizayni, sifati, 
markasi, urovi). 
Tovar
variatsiyasi
- ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan 
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li 
bilan modifikaцiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, 
rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning 
bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi 
mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va 
stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikaцiyasining muhim strategiyasi 
bo‘lishi mumkin. 
Tovar innovatsiyasi 
- 1) mahsulotni takomillashtirishning original, 
sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va 
korxonaning rentabelligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ichida alohida 
o‘ringa ega. O‘z ichiga mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni 
kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish. 
Tovar
siyosati
- tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga 
erishishga yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki 
tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan 
tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan 
tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, 
assortiment siyosatidan iborat. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin