• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Strategik marketing
- 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va 
ehtiyojlarini muntazam, tizimli tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga 
xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda 
yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega 
bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) 
tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning 
maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va 
muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-
miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini 
hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, taqsimlash va 
sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish 
jarayoni. 
Strategik rejalashtirish
- firmaning maqsadlari, uning marketing 
sohasidagi potensial imkoniyatlari o‘rtasidagi strategik muvozanatni yaratish 
va qo‘llab-quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq 
shakllantirilgan dasturi, qo‘shimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sog‘lom 
xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga asoslanadi. 
Talab
- tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida 
ko‘zga tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks 
ettirilgan, iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli 
ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi 
jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi. 
Telemarketing
- marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potensial 
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va 
xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet 
tarmog‘idan foydalaniladi. 


172 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin