• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Tovar strategiyalari
- 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik 
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror 
bo‘lishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar 
strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, 
eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish hamda firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar 
assortimentini aniqlash. 


173 
Tovarni 
bozorda 
joylashtirish

tovarlarning 
bozordagi 
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini 
ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar. 
Tovarning hayotiylik davri
- tovar rivojlanishining uni ishlab 
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks 
ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda 
oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish 
jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish 
(bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni 
sotish hajmining o‘sish bosqichi, yetuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning 
susayish bosqichi yoki tovar eliminaцiyasi. 
Tovarning raqobatbardoshligi 
- 1) aniq ehtiyojni qondirishda 
bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning 
sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar 
bozorida birinchi bo‘lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish 
(foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga 
sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va 
jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim 
ko‘rsatkichi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin