• Основные стратегические варианты


 Axborotni to‘plash uslublari. To ‘plangan axborotlarni tahlil qilish va



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

3.3. Axborotni to‘plash uslublari. To ‘plangan axborotlarni tahlil qilish va 
qayta ishlash
Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish
muayyan davr mobaynida xaridorlar xulq-atvorini, mijozlar xatti-harakatini
raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing 
faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda 
axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida 


47 
unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Chunki, 
bozorda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va 
ta’sirchanligi yuqoridir. 
Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida auditorlik 
axborotini olish, uning imkoni boricha to‘liqligi, ishonchliligini ta’minlashni 
talab etadi, bu tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi. 
3.5-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari 
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p 
qo‘llaniladigan axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir 
qator turkumlash belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy 
statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida yetarli ma’lumotlar 
berilgan. 
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo‘lgan 
axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish 
muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga 
oshiriladi. Bunday kuzatish, odatda, ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning 
natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, 
aholini ro‘yxatga olish, tegishli hududdagi sanoat va savdo korxonalarini 
ro‘yxatga olish va h.k. 
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan 
uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra 
farqlanadi va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, tanlama kuzatishda olinadigan ma’lumotlar tez fursatlarda 
amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror 
qabul qilish jarayoni uchun o‘ta muhimdir. 
Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning 
ko‘p qirraligi va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. 
Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liq qayta ishlash, undan unumli 
foydalanish mumkin bo‘ladi. 
Uchinchidan, tanlama kuzatishda ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan 
kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot obyektni (yoki muloqotdagi auditoriyani) 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin