1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə53/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Dialektikaning muqobillari. Odatda rivojlanishning dialektikaga zid bo‘lgan yoki unga o‘xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni ma’naviy o‘zlashtirish usullari, ya’ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik mo‘ljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir (ular haqidagi ma’lumot “Bilish nazariyasi” mavzusida berilgan).
Sofistik tafakkur uslubi dialektik fikrlashga zid tarzda dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqaladi va rivojlanadi. Qadimgi yunon falsafasida biron-bir hunarni yoki bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik, o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, bilimdonlik, donishmandlikda nom chiqargan kishilar ham sofistlar deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur muhokama jarayonida ataylab yolg‘on asoslardan xulosa chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli Forobiy sofistikani “yolg‘ondakam donolik” deb izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni anglashda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan chalg‘itadi.
Eklektik fikrlash usuli ham dialektikaning muqobili sifatida dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Keyinchalik o‘rta asr va yangi davr falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Hozirgi zamonda ham eklektik fikrlash bir-biriga zid narsalarni, g‘oya va nazariyalarni kelishtirishga qaratilga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Eklektika (“tanlayman” degan yunoncha so‘zdan olingan) narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalashga asoslangan fikrlash usulidir. Narsa va hodisalarga aniq, muayyan makon va vaqt, muayyan vaziyat va shart-sharoit nuqtai nazaridan yondoshmaslik, ulardagi asosiy va asosiy bo‘lmagan tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi va bunday narsa vahodisalar mohiyatiga yuzaki yondashuv dogmatik fikrlashni keltirib chiqaradi.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin