1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə1/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

1- MAVZU: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. REJA:

1. Anatomiya, fani to'g'risida tushuncha.



  1. Anatomiya fanining o'rganish usullari.

  2. Anatomiya, fanining rivojlanish tarixi.

  3. Salomatlik va kasallik haqida tushuncha.

  4. Kasallik davrlari va oqibatlari.



Odam anatomiyasi (anatomiya grekcha anatemae-kesaman so'zidan olingan) odam organizmining shaklini, tuzilishini uning rivojlanish jarayonini o'rganadi. Ayni bir vaqtda har bir a'zoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab bo'lgan tafovutlari, shuningdek muhit sharoitlarini a'zolar tuzumini hamda vazifalariga ta'sirini o'rganadigan fan. Shuning uchun ham anatomiya biologiya fanining bir qismi morfologik fan deb hisoblanadi. qadimiy anatomiya fani a'zolarini alohida alohida o'rganib ularning o'zaro munosabatini organizmning bir butunligini hisobga olmasdan faqat dalillar to'plash bilan chegaralangan. Hozirga kelib bu fan a'zolarning o'zaro munosabatini ularning bir tizimga birlashish qonuniyatlarini dialektika qonunlariga asoslangan holda o'rganmoqda, organizmning yagona tizim ekanligini uning tashqi muhit bilan funksiyasi bir-biriga bevosita aloqador ekanini nazarda tutadi. Odam organizm tuzumining murakkabligi, mehnat qilishga layoqatligi bilan, hayvon organizmdan ajralib turadi. Anatomiya ana shu tuzumni rivojlanish qonuniyatlarini uning evolyutsion taraqqiyoti qonunlari filogenezi (phylon – avlod, genesis – taraqqiyot)ni qadim qadim zamonlaridan buyon tashqi muhit va sharoitga qarab tuzilish jarayonini antropogenezi (antropos-odam) bilan taqqoslab o'rganadi. Bu bilan taqqoslama anatomiya shug'ullanadi. Organizm tuzimining insoniy xususiyatlarini jinsiy tovushlarni va bularning o'ziga xos tomonlarini ham, anatomiya o'rganadigan masalalar jumlasiga kiradi. Bulardan tashqari anatomiya a'zolarning individual xususiyatlarini, ularning o'zaro munosabatlarini, joylanish proyeksiyalari topografiyasini ham sinchiklab o'rganadi. Chunki, odam organizm ona qornida ayniqsa, tug'ilgandan keyingi rivojlanishi jarayonida muhit ta'siri bilan o'ziga xos xususiyatlarini kasb etadi. Shu bilan birga organizmning shakllanish va rivojlanishiga odam yashab turgan joylarning iqlimiy geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum ta'sir etadi. Buni antropologiya o'rganadi. Odam organizm, organizmlarining tuzilishi, ularning vazifalariga bog'liq holda shakllanib boradi. Bularni o'rganish funksional anatomiya fani zimmasiga kiradi. Fiziologiya (yunoncha physis - tabiat va logos - fan, ta'limot so'zidan olingan) organizmlar tizimi va alohida a'zolar, to'qimalar, hujayralarning hayotiy faoliyatini o'rganish bilan shug'ullanadi. Fiziologiya organizmning bu xususiyatlarini o'rganishda yoshga, jinsga va atrof muhitning organizmga bo'lgan ta'siriga ham ahamiyat beradi. Shu jihatdan ham anatomiya bilan fiziologiya fanlari o'zaro chambarchas boglangan bo'lib, ular biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiyada morfologiya fani (yunoncha – morphe shakl so'zidan olingan) organizm, a'zolarning tuzilishi va shakllarini o'rgansa, fiziologiya fani ularning hayotiy vazifalari bilan shug'ullanadi. A'zolarning ichki tuzilishini, ularni tashkil qilgan to'qimalar, hujayralarni o'rganish bilan gistologiya fani shug'ullanadi. A'zolarning kasallik holatidagi tuzilishini, o'rganish bilan esa patologik anatomiya shug'ullanadi. Odam anatomiyasini o'zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli ravishda bir necha tizimga ajratib o'rganiladi. (tizimtik anatomiya) Tizimtik anatomiya suyaklar qismi osteologiya suyaklarining o'zaro birlashishi (bo'g'imlarni o'rganadigan qismi) artrologiya muskularni miologiya, ichki a'zolar tizimini angiologiya, ichki sekret bezlari qismi endokrinologiya, sezgi a'zolar esteziologiya va nihoyat va nerv tizimi nevrologiya bo'limlaridan iborat. Ular a'zolarning tuzilishini, shaklini, ularning munosabatlarini o'rganadi. Topografiya anatomiya esa a'zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari ularning o'zaro munosabatlarini, chegarasini va tanadan tashqaridagi proyeksiyalarini o'rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmning tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish prinspiga bog'lab, atrof muhit ta'sirida shakllanish qonuniyatlarini aniqlaydi va yoshga, ishlash sharoitiga va vazifalariga qarab rivojlanishini dialektik qonuniyatlarga asoslangan holda o'rganadi. Funksional anatomiya yoki fiziologiya fani hujayralarning o'zaro munosabatini, to'qima va a'zolarning bajaradigan hayotiy vazifalarini o'rganadi.
Fiziologiya fani odam organizmda jismoniy mehnat va yoshiga qarab kuzatiladigan o'zgarishlarni hamda turli taomlarning organizmiga ta'sirini ham o'rganadi. Bu xususiyatlarni fiziologik fani asosan hayvonlarda turli eksperimentlar tajriba orqali aniqlaydi. Bunda ko’proq a'zolarni kesib (operasiya qilib) yoki payvandlab (bir a'zoni boshqa organizmga ko'chirib ulanadi) nervlarni, qon tomirlarni kesib yoki turli biotoklar ishlatib aniqlanadi. Potologik anatomiyaga (pathos - kasallik, dard chekish, logos – fan) organizmining kasallik davrini, uni kelib chiqish qonunlarini o'rganadigan fandir. Patologik anatomiya ikki (umumiy patologik va xususiy patologik) qismdan iborat. Umumiy patologik anatomiya organizmda kasallikning kelib chiqish qonuniyatlarini va sabablarini o'rganadi. Shu bilan birga kasallikni yo'nalish davridagi a'zolarning o'zgarish qonunlarini va oqibatini o'rganadi. Bulardan tashqari, patologik anatomiya, organizmda kasallikdan keyin bo'ladigan o'zgarish qonuniyatlarini va kasallikka qarshi ko'rashish imkoniyatlari bilan ham shug'ullanadi.
Xususiy patologik anatomiya esa har bir kasallik davrini va undan keyingi oqibatlarni kelib chiqish sabablarini ham o'rganadi. Shunday qilib, patologik anatomiya organizmdagi kasallik paytidagi o'zgarishlarni va ularning normal tuzilishidagi farqini aniqlaydi. Binobarin patologik anatomiya fani organizmning kasallik holatini, o'lim sababini o'rganib, shifokorlar va o'rta tibbiyot xodimlariga ishlash jarayonida zarur bo'lgan ma'lumotlarni berib, kasallikni kelajakda to'g'ri aniqlash va davolashga amaliy yordam beradi.
Odam anatomiyasini asosan murdada o'rganiladi lekin bu borada shifokorlik ixtisosini egallaydigan o'rta medisina xodimi tirik organizm ya'ni bemorlar bilan yaqindan munosabatda bo'lishini inobatga olib qo'yidagi o'rganish usullarini ko'rib chiqamiz. 1. Antropometriya usuli - bunda gavdaning uzunligi, kenligi va og'irligi o'lchanib, olingan ma'lumotlarni organizmning ayrim bo'laklariga taqqoslab uning o'sishini yoki o'zgarganligini kuzatib boriladi. Bu usuldan hozir ham foydalaniladi. 2. Kesib ochish bilan preparatlar (preparate) tayyorlash usuli. Bundan skalpel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan murda a'zolarini kesish orqali preparatlar tayyorlanadi. 3.Arralash usuli birinchi marta N.I.Pirogov qo'llagan. Avval murdani qattiq muzlatib, so'ngra o'rganish kerak bo'lgan organizm bo'lagini qavatmaqavat qilib arralanadi. Bu usulda a'zolar topografiyasini aniq o'rganish mumkin. 4.Ineksiya usuli (inectio lotincha kuyaman)ichi kovak a'zolarga, qon tomirlarga turli xil moddalar yuborish orqali o'rganiladi. 5. Kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatib vaqt o'tishi bilan har xil to'qimalar nurlanishi turlicha sinishi natijazida bir biridan farqli ko'rinadi. 6. Korroziya yoki yemirish usuli ichi bo'sh a'zolar ichini tez ketadagan modda bilan to'lg'izib, kuchli kislota yoki ishqor suyuqligiga solinsa, a'zolarning to'qimalari yemiriladi, bo'shlig'iga yuborilgan modda uning shaklini saqlab koladi. 7.Rentgen nuri yordamida o'rganish usuli bu usul rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. U tirik odam tuzilishini o'rganishga keng imkoniyat beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini ayniqsa uning taraqqiy etishini kuzatish mumkin. Ichki kovak a'zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib, ekranda ko'rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya) nuri bilan o'rganiladi. 8. Paypaslab (palpatio) ko'rib o'rganish usuli. 9. Perkussiya (percussio) barmoq yoki bolg'acha bilan urib ko'rib aniqlash usuli bu ikkala usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo'llanilib, a'zolarning chegaralarini o'rganishda ham keng qo'llaniladi. 10.Auskultatsiya (eshitib ko'rish) usuli maxsus eshitgich asboblari yordamida a'zolarning (yurakni, o'pkani) ishlab turgandagi tovushi eshitib ko'riladi. Bu usul a'zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi. 11. Mikroskopda ko'rib o'rganish usuli bu usulda a'zolarning nozik (to'qima, hujayra ) tuzilishlarini maxsus bo’yoqlar bilan bo’yab to'qimalarni mikroskop yordamida o'rganiladi. 12. Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar keng qo'llanilib, bu usul yordamida a'zolarning muxim hayotiy vazifalari, shuningdek turli tajribalar yordamida hayvonlarning ham a'zolar fiziologiyasi o'rganiladi. Masalan, a'zolar faoliyatini biotoklar ta'sirida aniqlash mumkin yoki a'zolarni organizmdan olib tashlab, yoki bir organizmdan ikkinchi organizmga a'zolar yoki ularning bir bo'lagini ko'chirib o'tkazib, ularda kechadigan jarayonlar ko'zdan kechiriladi. Bulardan tashqari, keyingi paytlarda a'zolar, fiziologiyasini o'rganishda elektronhisoblash usullaridan ham keng foydalanilmoqda. 13. Patologik anatomiya usullari odatda organizm o'lgan uni yorib (autopsiya qilib) o'lim sababini, a'zolardagi o'zgarishlar o'rganiladi. Keyingi paytlarda to'qimalarning hayot faoliyatini o'rganish maqsadida radioaktiv usullardan ham keng foydalanilmoqda. Organizmning kasallik holatini ikki yo'l bilan aniqlash mumkin: birinchisi tirik odamning kasallangan organizmdan bo'lakcha olib uning to'qima va hujayralarning kasallik holatini gistologik yo'l bilan aniqlanadi. Ikkinchisi odam organizmning kasallik darajasi, rivojlanishi va o'lim sabablarini yuqorida keltirilgan usul yordamida tekshirib aniqlanadi.
3. Normal va Patalogik anatomiya bilan Fiziologiya fanlarining qisqacha tarixi. Anatomiya fani boshqa fanlar qatorida juda uzoq rivojlanish yo'lini bosib o'tdi. Lekin qadimiy Misrda taniqli shaxslarning murdalarini mumiyolash odat bo'lgani sababli ba'zi bir azolarning tuzilishi to'g'risida yuzaki bo'lsa ham ma'lumotlar bo'lgan. Xind tabibi Bxaskare Bxatshe eramizdan avvalgi 10 asrga mansub bo'lgan "Anatomiya targ'iboti" asarida a'zolar, muskular, qon tomirlar va nervlar to'g'risida yuzaki ma'lumotlarni to'plagan.
Anatomiyani xususiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatidan boshlangan. Yunonistonda ruxoniylar Kos va Knidos maktablarida tarbiya olgan. Bulardan biri Gippokrat (eramizdan 450-377 yil) ilgari yashagan. U asosan 72 asar yozgan Gippokrat yurak va qon tomirlar tuzilish to'g'risida ma'lumot bergan. Aristotel (eramizdan 384-322 yil) ilgari yashagan. U nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan. Gerofil (eramizdan taxminan 300 yil) ilgari tug'ilgan. U a'zolarning ichki tuzilishiga qiziqib, birinchi marta kesib o'rgangan. Vilyam Garvey (1578-1657) taniqli anatom fiziolog bo'lib, o'z kuzatish va tajribalari asosida 1627 yilda e'lon qilgan. "Hayvonlarda yurak va qon harakatlari to'grisida anatomik tekshirishlar" degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish tizimini tarixda birinchi marta ilmiy isbotlab bergan. Garvey qonni arteriyadan venaga ko'zga ko'rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o'tadi deb taxmin qilgan bo'lsa, Malpigi (1608-1694) 1661 yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo'shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko'rib isbotladi. Frederik Ryushi (1638-1731) gollandiyalik dorixona xizmatchisi botanik va anatom, qon tomirlarga turli rangli moddalar suyuqligi yuborib o'rgangan va preparatlar tayyorlagan. D Ma’zoi ( 1682-1771 ) asosan turli kasalliklar bilan o'lgan odamlar murdasini tekshirib ularning a'zolarida ro'y bergan o'zgarishlarni aniqlagan. O'rta Osiyoning mashxur olimlaridan biri bu Abu Ali ibn Sinodir. U 980 yilda Buxoro shaxri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlab u bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan. Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, bulardan eng mashuri "Tib qonunlari” yozilgan. Kitob 5 jiltlik bo'lib 1-jiltda anatomiya va fiziologiyaga bag'ishlangan.
Tib qonunlari birinchi martda 1954 -1956 yilarda Toshkentda o'zbek tilida bosilib chiqqan. Leonardo da Vinchi (1452-1519) uyg'onish davrining buyo’q arbobi Italiyalik olim, musavvir, matematik, muxandis va filosofdir. U dunyoda birinchi bo'lib muskullarning ishlash dinamikasini o'rgandi. Andrey Vezadiy (1514-1564 ) Venesiya universitetida anatomiya professori bo'lib ishladi. U 1538 yili “Anatomiya jadvallari" atlasini va "Odam tanasining tuzilishi to'g'risida yetti kitobi”ni yozadi. Gabriyel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo'lib kalla suyaklarining tuzilishi va muskullar, jinsiy a'zolar, eshituv va ko'rish a'zolarini o'rganib, anatomik kuzatishlar kitobini yozgan I.Gasser 1723- 1765, Uch shoxli nerv tugunini aniqladi. V.Yevstaxiy 1510-1574 Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini aniqladi va tuzatdi. Tishlar, buyraklar, eshituv a'zolarini o'rganib, birinchi marta halqum bilan o'rta quloq bo'shlig'ini qo'shib turuvchi eshituv yo'lini aniqladi. M.V.Lomonosov 1711-1765 Rossiyada nervizim g'oyalarini targ'ib qilgan, anatomiyani o'rganishga davat etgan va tabiatshunoslik faniga asos solgan olim. A.P.Protasov 1924-1776 – birinchi 1- rus anatomi, odam anatomiyasi kursini Rossiyada birinchi 1 bo'lib rus tilida o'qigan va xazm tizimini o'rgangan. P.A. Zagoriskiy 1764-1846 akademik tibbiyot xirurgiya akademiyasida tashkil etilgan anatomiya fiziologiya kafedrasining mudiri bo'lib ishlagan N.I.Pirogov 1810- 1881 rus harbiy dala xirurgiyasining asoschisi va topograf anatomidir. U odam organizmdagi a'zolarning topografiyasini muzlatib, qatma qat qilib kesib o'rgangan va juda ko'p preparatlar tayyorlab, ”Topografik Anatomiyasi” atlasini tuzgan. V.M.Bexterev 1857-1927 nevropatolog psixiatr va taniqli anatom. U bosh miyaning po'stloq qismida joylashgan bir qancha analizator va ularning o'tkazuvchi yo'llarini o'rgangan. I.L.Lavlov 1849-1936 ulug' rus fiziologi. U markaziy nerv tizimini birinchi bo'lib, ikkita signal tizimi to'g'risidagi ta'limotni yaratdi. P.F.Lesgaft (1837-1909) sportchilar anatomiyasini o'rgandi. Akademik Vorobyov (1876-1937) Harkov tibbiyot insitutining professori, a'zolar va ulardagi nerv tolalarini o'rgandi. Murdani mumyolash ustida ko'p ishlar qildi. V.N.Tonqov (1872-1954) qon tomirlar tizimida kollateral qon aylanishini o'rgandi. G.M.Iosifov (1870-1933) limfa tomirlarini o'rganib, 1908 yilda "Odam limfa tizimi anatomiyasi kitobi”ni yozdi. D.A.Jdanov 1902-1971 G.M.Iosifovning shogirdi bo'lib, usozining limfa tomirlari sohasidagi ilmiy ishlarini davom ettirdi. B.A.Dolgo Saburov 1900-1960 ichki a'zolar nerv tizimining qon tomirlar bilan aloqasini venalar innervasiyasini o'rgandi. Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar qatorida hazm tizimini o'rganishda akademik K.A.Zufarov, K.R.To'xtayev A.N.Yuldashev, qon tomirlar tizimini o'rganishda N.K.Ahmedov, R.YE.Toxtaberdiyev nerv tizimini o'rganishda N.K.Ahmedov, X.Z.Zoxidov va ko'p yillik tajribasiga asoslangan tibbiyot institutlari va o'rta bilim yurtlari talabalariga mo'ljallab birinchi bo'lib “Odam anatomiyasi” degan o'quv qo'llanmasini tuzib berdi.
Salomatlik deganda organizmning barcha a’zolarini faoliyatini tashqi muhit bilan bog'liq holatda normal ishlashi, organizmning jismoniy va aqliy mehnatga layoqatliligi tushuniladi. Sog'lom odam organizm turli sharoitga sport bilan shug'ullanganda moslashadi. Yurak, qon aylanish, nafas olishi tezlashadi. Bunday holat fiziologik normal, kasallik deganda organizmga ichki yoki tashqi muhitdan kasallik tug'diruvchi faktorlar ta'sir etganda organizmdagi a’zolarni normal funksiyasi buzilishi tushuniladi. Lekin organizmdagi o'zgarishlar atrof muhit ta'siridan tashqari o'zining holatiga, a'zolarining o'zaro munosabatiga va mavjud bo'lgan o'zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ham bog'liq bo'ladi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar kasallik etiologiyasi deyiladi. Kasallikning sabablari:
Biologik omillar - mikroorganizmlar, viruslar, bakteriyalar.
Mexanik omillar - turli xil jaroxatlar va travmatik omillar.
Fizik omillar - issiq, sovuq, bosim va radioaktiv nurlar.
Kimyoviy omillar-kislotalar, ishqorlar va turli ximiyaviy birikmalar. Kasallik turlicha bo'lib, ularning har birini o'ziga xos belgilari bilan namoyon bo'ladi. Kasallikka xos bo'lgan belgi SIMPTOM deyiladi. Bu belgilar ko'pgina kasalliklarga xos bo'lsa, umumiy belgilar deyiladi.
Masalan: Bosh og'rishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, aniq bir kasallikka xos bo'lgan simptomga xususiy belgi deyiladi. Zotiljam (o'pkaning shamolashi) yo'tal, balg'am tupirish, nafas qisishi. Dizenteriya (ich burug') kasalligiga xos belgilar, ichni tez-tez suyuq qon yiring to'liq aralash kelishi, qorinni burab og'rishi, yolg'on chaqiriqni bo'lishi. Bitta kasallikka xos bo'lgan bir necha belgilar majmuasiga sindrom deyiladi.
Masalan: Buyrak kasalligi sindromida gemoturiya qon siyish, oligouriya kam siyish, anuriya siydikni to'xtashi, proteinuriya siydikda oqsil bo'lishi. Kasallik rivojlanishida oqsillar va markaziy nerv tizimining roli katta. Ya'ni yashash sharoiti, surunkasiga to’yib ovqat yeya olmaslik, ochlik, zo'riqish kasallikning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ruhiy omil kasallik kechishini o'zgartirishi uning belgilarini kuchaytirishi yoki pasaytirshi va xatto kasallik paydo qilishi mumkin. Kasallikni kechishida va bemorning medisina xodimlari diantologiya qoidalariga rioya qilgan holatda kasalning psixikasiga ta'sir etib unga, munosabatda bo'lish bemorni tezroq tuzalishiga imkon beradi. Ba'zan medisina xodimlarini diantologiya qoidalarni buzib, qo'pol munosabati, xatti-harakati bemorga zararli ta'sir etishi mumkin, natijada yatrogen (grekcha yatros-vrach, genno-chiqaraman) kasalligi kelib chiqishi mumkin. Kasallik ta'sirida kasallangan a'zoni Morfologik o'zgarishi patomorfoz deb ataladi. Kasallik davri qo'yidagi bosqichlarda bo'ladi. Kasallikning kechishi qo'yidagi davrlarga bo'linadi
1. Yashirin yoki latent davr.
2. Prodromal davr.
3. Kasallik belgilarining ro'y rost namoyon bo'lgan davr.
4. Kasallikning tugallanish yoki oqibati.
Yashirin inkubatsion yoki latent davri. Bu davr organizmga kasallik tug'diruvchi agentdan ta'sir etishidan boshlab, toki kasallikning dastlabki simptomlar paydo bo`lgunga ketgan vaqtni o'z ichiga oladi. Kasallikni yashirin davri har xil kasalliklarda turlicha davom etadi. Masalan: Bir necha minutdan, bir necha oy xatto yillab davom etadi. Gripp kasalligida yashirin davri bir necha minut, soat yoki bir kun skarlatinada 2-6 kungacha. Bo’gmada 2-7 kun. Virusli gepatit "A" yashirin davri 2 oy. Virusli gepatit "B" da yashirin davri 6 oygacha davom etadi. Kasallikni yashirin davrda organizmdagi mikroblar ko’payadi lekin uning ta'sirini odam bilmaydi. Yashirin davri muddatini bilish yuqumli kasallikni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa quturish kasalligining yashirin davrida antirabik (quturishga qarshi) emlash bemorni hayotini saqlab qolishga imkon beradi.
Kasallikni boshlangan davri (prodromal grekcha-prodrom-darakchi). Bu davrda kasallikning dastlabki mazkur kasallikka xos bo'lmagan belgilari paydo bo'ladi. Ishtaxa yo'qolib, odam bo'shashadi, harorati ko'tariladi. Kasallikni belgilarining ro'yrost bilingan davr. 10 kun, toshmali tipda 13 kun davom etadi. Bu davrda ma'lum kasallikka xos aniq belgilar paydo bo'ladi, gepatit siydik, teri va ko'z skleralarini sarg'ayishishiga, kattalashishi yaqqol namoyon bo'ladi. Kasallikda patologik o'zgarishlar odamnnng sog'ayishi vaqtida yo'qoladi. Ba'zan kasallik yengil kechganda kasallik simptomlari yaqqol bilinmaydi. Bunday formalar bilinmaydigan formalar deb ataladi. Kasallikni kechishida abortiv formalari bo'lib, bunda kasallikning hamma belgilari odatdagidan ko'ra tezroq yo'qolib ketadi.
Davom etishiga ko'ra kasalliklar o'tkir o'rtacha o'tkir va xronik turlarga bo'linadi. O'tkir kasalliklar odatda aniq bir muddatga va harakterli kechish sikliga ega bo'ladi ular ko'pincha bir necha kundan, bir necha haftagacha davom etadi. O'rtacha o'tkir kasalliklar unchalik aniqmas kechish sikliga ega bo'ladi va bir necha oygacha davom etadi. Xronik kasalliklar uchun esa aniq bir muddatda kechish harakterli emas va ular ko'pincha yillab davom etadi gripp, vabo, qizamiq kabi kasalliklar tipik o'tkir kasalliklardir. Sil zaxm revmatizm ega tipik xronik kasallik hisoblanadi. Ba'zi kasalliklar uchun residivlar harakterlidir. Bu sog'ayib ketgandek bo'lib, bir oz vaqt o'tgach kasallikning yana qaytalanishidir. Residivlar dizenteriya, yara kasalligi va boshqa kasalliklar, jumladan yuqumli bo'lmagan kasalliklarda kuzatiladi. Residivlar organizmda infeksiya o`choqlarining saqlanishi, allergik reaksiyalar va boshqa faktorlarga bog'liq bo'lishi mumkin.
Kasallikning odatdagi kechishi asorat natijasida o'zgarishi mumkin. Asorat deb asosiy kasallikning ko'ngilsiz kechishiga aytiladi.
Masalan: Oshqozon ichak yara kasalliklarida kasallik asorati yaradan qon ketish yarani tesxilishi (perforatsiya), qorin pardani yallig'lanishi (peritonit) kabi asoratlarini berishi mumkin. Kasallik ko'pincha butunlay sog'ayib ketishi bilan tugaydi, ammo butunlay sog'ayib ketmaslik yoki o'lim ro'y berishi. Barcha belgilari yo'qolib, organizm normal funksiyalarining tiklanishi tushuniladi. Butunlay sog'ayib ketmaslik shunday hollarda ro'y beradiki, bunda kasallik oqibatida funksiyalarning buzilishi butunlay yo'qolib ketmaydi.
Masalan: Ko'k yo'taldan so'ng uzoq vaqtgacha yo'tal va boshqa kasallikka vaqtincha yurak faoliyatining susayishi qoladi. Qachon organizm biror shikastlanish tufayli vujudga kelgan yashash sharoitining o'zgarishiga moslasha olmasa, uning hayot faoliyati mumkin bo'lmay qoladi va o'lim yuz beradi. O'lim deganda organizm funksiyalarining organizmning yashashiga iloj qolmaydigan darajada butunlay to'xtaydi. U yarim birdaniga yuz bermaydi. O'limning 3 bosqichi tafovut etiladi agoniya, o'lim va biologik o'lim. O'limning bu bosqichlarida o'zining funksiyalari sekin to'xtaydi.
Agoniya (grekcha agonia-kurash) organizm barcha hayotiy funksiyalarning buzilishi bilan harakterlanadi. Nerv tizimining faoliyati buziladi, bemor noto'g'ri to'xtab to'xtab nafas oladi, yurak ishi zaiflashadi, temperaturasi pasayadi, ba'zan xushdan ketadi, reflekslar so'nadi. Agoniya bir necha minutdan toki 2-3 kungacha davom etishi mumkin.
Klinik o'lim agoniyadan so'ng boshlanib, qon aylanishi, nafas tamomila to'xtashi va reflekslarning yo'qolishi bilan harakterlanadi. Ammo klinik o'limdan keyin bir muncha vaqt davomida hali ichak peristaltikasi kuzatiladi, soch, tirnoqlar o'sib turadi va moddalar almashinuvi to'xtamaydi.
Biologik o'lim deganda ayrim a’zo va to'qimalarning hayotini tiklab bo'lmaslik holati tushuniladi va to'qimalarda qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu hususiy o'limdir. Ammo murdadan ajratib olingan a'zolarni (qon yuborib tiriltirib) boshqa odamlarga ko'chirib o'tkazish (plantatsiya) qilish mumkin. Ammo bosh miya hujayralarida odam o'limidan bir necha vaqt o'tgandan so'ng tiklab bo'lmaydigan o'zgarishlar sodir bo'ladi o'layotgan odamning hayotini (klinik o'limdan so'ng yozda 5 minut, qishda 7 minut orasida) tiklash uchun bir qancha tadbirlar qo'llaniladi Jumladan o'layotgan odam ko'kragi uqalanadi, suniy nafas oldiriladi yurakka bevosita adrenalin yuboriladi. Yurakka elektr toki ta'sir qildiriladi. Bunda qon birinchi navbatda bosh faoliyati tomirlariga boradi. O'lim turlari tabiiy o'lim keksaygan organizm funksiyalarining asta sekin so'nishi orqali vujudga keladi. Lekin juda qari odamlar ham kasallikdan o'lganliklari uchun tabiiy o'lim juda kam uchraydi. Bevaqt o'lim jarohatlanish, zaharlanish yoki suiqasdan va kasallik oqibatida bo'ladi. To'satdan o'lim kutilmaganda soppa sog' odamda yuz bergan o'limga aytiladi. Bunday o'lim ko'pincha miyaga qon quyilishi yoki yurak infarkti oqibatida yoki katta diametrli qon tomirlarning yorilishi bilan qonning tez oqishi tufayli sodir bo'ladi. O'limdan 4-6 soat o'tgach murda muskullari qisqarib qotadi, qotgan murda 24 soatdan keyin yumshaydi murdada qon arteriya tomirlaridan vena qon tomirlariga o'tib iviydi. qonning gavdaning pastki tomonlariga oqishi natijasida terida qora ko'kimtir dog'lar (murda dog'lari) paydo bo'ladi. Murdaning aynishi (buzilishi) murdadagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati orqali vujudga keladi. Issiqlik va namlik murdaning aynishini tezlatadi. Yuz ko'zlarida, murda buzilishi tezlashadi. Murdadagi o'zgarishlarga qarab o'lish sabablarini, vaqtini, uning o'lim paytidagi holatini aniqlash mumkin.


ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

Antropometriya-odam gavda uzunligini, og'irligi o'lchab o'rganish.
Palpatsiya- paypaslab ko'rish.
Auskultasiya- eshitib ko'rish.
Korroziya-yemirilish. Ineksiya-quyish.
Topografik anatomiya-a’zolarning joylashgan o'rnini, chegarasini o'rgatadi.
Perkussiya- tukillatib ko'rish. (barmoq yoki bolg'acha bilan.)
Rentgenoskopiya-rentgen nurlar orqali ekranda ko'rish.
Rentgenografiya - a’zolar tasvirini rentgen nurlari orqali ta'svirga olish.
Splanxnologiya- ichki a’zolarni o'rgatadi.
Nevrologiya- asab tizimini o'rganadi.
Endokrinologiya - ichki sekretsiya bezlarini o'rgatadi.
Osteologiya- suyaklarni o'rganadi.
Miologiya- muskullarni tizimini o'rganadi.
Patologiya-kasallikni o'rganuvchi fan.
Etiologiya-kasallik sababi.
Patogenez-kasallikni rivojlanishi.
Patomorfoz-kasallangan a’zodagi morfologik o'zgarish.
Inkubatsion davr-kasallikni yashirin davri.
Prodromal-kasallik boshlanish davri.
Simptom-kasallikka xos belgi.
Sindrom-bir necha belgilar yig'indisi.
Residiv-kasallikni qaytalanishi.
Agoniya-funksiyalarning buzilishi.
Tanatogiya-murdada sodir bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganuvchi patologiya bo'limi.
Reanimatsiya-jonlantirish.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin