Mineral o’g’itlar (100 foiz ta’sir qiluvchi modda hisobida)
1225,7
1141,9
1170,8
1216,9
shu jumladan:
azotli
944,7
854,8
848,0
898,3
kaliyli
138,0
168,0
182,4
199,1
fosfatli
143,0
119,1
140,4
119,5
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda 2019-yilda mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 99,3 foizni tashkil etgan. Faqat kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi o’sish tendensiyasida, azotli va fosfatli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi esa kamaygan. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish lozim.
Agrosanoat majmuaning 2-sohasiga qishloq xo’jaligi tarmog’i kirtiladi. Bu soha agrosanoat majmuasining negizini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi o’z navbatida o’simlikchilik, chorvachilik, pillachilik, asalarichilik, baliqchilik, o’rmonchilik (tabiiy holda o’suvchi oziq-ovqat va dorivor o’simliklar yetishtirish) kabi tarmoqlardan tashkil topadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bilan fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari, agroklasterlar va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari shug’ullanib kelmoqdalar.
3.3-jadval Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi, foizda
Yillar
Barcha toifadagi xo’jaliklar
Shu jumladan
Fermer
xo’jaliklari
Dehqon
xo’jaliklari
Qishloq xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar