1-bo‘lim. Matematik analiz uzluksiz funksiyalarning global xossalari. Bolsano-Koshi, Veyershtrass teoremalari


Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti muammolari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə33/43
tarix14.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130098
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
UrDU Ixtissosliklar bo`yicha Kirish savollari (4)

14. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti muammolari.
Istiqlol davri adabiyotining yangilangan metodologik asoslari, estetik tamoyillari, ijodiy tafakkurdagi yangilanishlarning janr takomiliga va badiiy asarlar mazmuniga ta’siri masalalari tadqiqi, asarlar markazidagi turfa obrazlar o‘rniga ramziy ma’nodagi “Ism”li qahramonlar tasvirlanishi; voqealar “men” tilidan hikoya qilinishi; epik bayon tarzining serqatlam va serohangliligi; boshqa adabiy tur janrlariga xos xususiyatlarning nazm yoki nasrda sintezlashuvi kabi xususiyatlar talqini. Milliy istiqlol davri she’riyatining o‘ziga xosligi, she’riyatda poetik fikrning yangilanishi, g‘oyaviy-badiiy mezon va badiiy-estetik tafakkurdagi yangilanishlar; lirik qahramon talqinidagi qarashlarga xos turfalikning adabiyotshunoslikdagi tadqiqi. Bugungi kun hikoyalaridagi milliy xarakterlarning falsafiy-badiiiy talqiniga munosabat. Detektiv qissalarining o‘ziga xos xususiyati va ularda xarakter yaratishning o‘ziga xos jihati, afg‘on urushi manzaralari, sotsialistik tuzum siyosati ochib berilgan qissalar tadqiqi. Bugungi o‘zbek romanlarida davr muammosining inson qalbi tahlili orqali inkishof qilinishi, roman janridagi izlanishlar, modernistik yo‘nalishdagi romanlar yuzasidan adabiyotshunoslikda bildirilgan fikr-munosabat. Bugungi kun o‘zbek dramaturgiyasida tarixiy voqelik va shaxslar obrazini yoritishga e’tibor kuchayganligining ijtimoiy asoslarini ochib berishga qaratilgan izlanishlar.


15. Dissertatsiya ishi haqida.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’yekti, predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi, kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar.


10.00.06 – “QIYoSIY ADABIYoTShUNOSLIK, ChOG‘IShTIRMA TILShUNOSLIK VA TARJIMAShUNOSLIK” IXTISOSLIGI BO‘YIChA TAYaNCh DOKTORANTURAGA KIRISh IMTIHONI
SAVOLLARI:
QIYoSIY ADABIYoTShUNOSLIK BO‘YIChA:
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik

  1. Tilshunoslikda germanistika va slavistika.

  2. Sanskrit va F. Bopp qiyosiy grammatikasi.

  3. V. Gumboldt falsafasi.

  4. A. Shleyxer ta’limoti.

  5. G. Shteyntal ta’limotida til va halq psixologiyasi.

  6. Boduen de Kurtene va F. De Sossyur ta’limotida til sistemasi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin