1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1, 2,3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 4 soni haqidagi bilimlarini mustahkamlsh uning hosil bo`lishini o`rganish. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1, 2,3,4 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi. 4 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 4 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1,2,3,4 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 3 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 4 soni ichida misol va masala ishlash tushuntiriladi. 5-masaladagi raam asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga paxta bizning milliy boyligimiz ekanligi, paxtadan turli xil narsalar olinishi mumkinligi, paxta yig`im-terimi vaqtida paxtaning bir tolasini ham uvol qilmasdan yig`ib olinishi kerakligi ta`kidlanadi.So`ng masaning yechimi topiladi. Bo`sh kataklar to`ldiriladi. 3+1=4 1+3=4 6-misol ham predmetlar yordamida tushuntiriladi. O`ynash uchun 3 ta bir xil va 1 ta boshqacha koptok olib kelindi . Hammasi bo`lib nechta koptok olib kelingan? 3+1=4 Anvarda 2 ta qizil kubik, Bilolda 2 ta yashil kubik bor. Barcha kubiklar nechta? 2+2=4 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 22-sahifasida berilgan 7-misol predmetlar yordamida ishlanadi.Bo`sh kataklar to`ldiriladi. 4-1=3 4-2=2 1+3=4 1+2=3 1+1=2 2+1=3 8-misol ishlanadi. 2+2=4 3+1=4 9-masala. Geomtrik shakllar, ularning bo`linishi tushuntiriladi.So`ng geometrik shakllardan turli xil shakllar yasalishi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Har bir shaklning nomi aytiladi.
V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 21-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |