1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi



Yüklə 149 Kb.
səhifə8/25
tarix12.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#111901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark

19. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi.

Mehnat muxofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muxofazasini boshqarishni korxona boshlig’i o’rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo’lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muxofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


1. Mehnat muxofazasi ishlarini rejaiashtirish, amalga oshirish, baxolash ishlarini barqarorlashtirish.
2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o’qitish va mehnat muxofazasi masalalarini tashviqot qilish.
3.Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.
4.Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik xolatini me’yorlashtirish.
5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.
6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini varatish.
7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejaiashtirish va amalga oshirish.
8. Alohida mutaxassisliklar bo’yicha kasb tanlovi o’tkazish.
9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiv xizmat ko’rsatish va xokazo. Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo’llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muxofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1989-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiy hujjat hisoblanadi.


20. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o`qitish.

Xozirgi zamon fan - texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda zamonaviy, texnologiyalar va mashina-uskunalaming qo’llanilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, ishlab chiqarish qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilinishini talab qiladi. Xozirgi vaqtda ishchiiar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko’plab qoida, norma, yo’riqnomalar ishlab chiqilgan. Ammo, shunga qaramasdan, ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz xodisalar uchramoqda. Shu sababH sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xilma-xilligini hisobga olib, o’zi uchun mos keladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash yo’riqnomalari tizimi (MXTYT) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o’rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda ishchilar mehnat xavfsizligiga quyidagi yo’riqnomalar asosida o’qitiladi. Kirish yo’riqnomasi. Bunda ishga kirayotgan yangi ishchilar kirish yo’riqnomasidan o’tkaziladi. Bu yo’riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan ishchiga mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to’g’risida ma’lumotlar berish, uni ishlab chiqarish maydoni va sexlardagi tartib-qoidalarga o’rgatishdan iborat.


Ish joyidagi yo’riqnoma. Bunday yo’riqnoma ishchining bir ish joyian ikkinchi ish joyiga o’tkazilganda amalga oshiriladi. Rejali yoki takroriy yo’riqnoma. Bu yo’riqnomadan korxonadagi hamma ishchilar (ish staji, kasbi, malakasidan qat’i nazar) korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan bir vaqtda o’tkaziladi.Rejadan tashqari yo’riqnoma. Agar mehnatni muxofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, ishlatilayotgan xomashyolarda o’zgarishlar bo’lsa, ishchilar xavfli ish usullaridan foydalansa, baxtsiz xodisalar yuz bersa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, avariya sababli baxtsiz xodisa ro’y bergandan keyin darxol o’tkaziladi.
Kundalik yo’riqnoma - maxsus ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ish bajaruvchilarning ish boshlashlaridan oldin o’tkaziladi. Bu yo’riqnomaning o’tkazilganligi haqidagi ma’lumot maxsus-ruxsatnoma qog’ozida yozib qo’yiladi.


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin