yuritmani boshqarish sxemasi; taxogeneratorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini va elektromagnit cho‘lg‘amini tahminlovchi blok; yuqori kuchlanishli kirish shkafi (kerak bo‘lsa) va nazorat qilish uchun apparatlar, priborlar va qurilmalar komplekti. Ishchi mashinalar va mexanizmlarning texnologik parametlar datchigi, shuningdek, boshqaruv pultiga o‘rnatiladigan boshqaruv va signal beruvchi qurilmalar spetsifik bo‘lgan uchun odatda komplekt tarkibiga kiritilmaydi. Elektrotexnika sanoatida o‘zgarmas tokli KEYU larning bir nechta seriyasi ishlab chiqariladi. KTEU seriasidagi komplekt elektr yuritmalar keng spektrli funksional imkoniyatlarga ega. Ular bir va ko‘p dvigatelli variantlarda reversiv va noreversiv ko‘rinishida dinamik tormozlanishli va tormozlashsiz ishlab chiqariladi.
O‘zgaruchan tokli komplekt elektr yuritma Bunday elektr yuritmalarning safi doimiy ravishda kengayib bormoqda va ular tarkibida asinxron va sinxron dvigatelli elektr yuritmalar mavjud. Asinxron dvigatelli KEYU larning birinchi seriyalari safiga quvvatlari 19 va 66 kVt gacha bo‘lgan EKT va EKT2 tipi elektr yuritmalar taaluqli, shuningdek, CHPU li stanoklarda asinxron dvigatellarni chastotaviy tokli boshqarish imkonyatini beruvchi «Razmer 2M» EYU si xam shu seryasiga mansub. Nisbatan zamonaviy KEYU lar qatoriga quvvatlari 11dan 630 kVt gacha bo‘lgan KCHE, KPCHK KPCHN tipli EYU lar; ETA tipidagi dvigatelning nominal toklari 6 dan 50A gacha; EPA1; ETA1 va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Keyingi yillarda elektrotexnika sanoati tomonidan sinxron dvigatellar yordamida ishlovchi komplekt EYU lar ishlab chiqarilmoqda, ular ichida EIB2 ventilli dvigatel sxemasi asosida, EPB3 va EPB3-B doimiy magnitli sinxron dvigatellar asosida yaratilgan.