Maruza-1. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Fan rivojining tarixi. Reja: 1. Kirish. 2. Komplekt va integrallangan elektr yuritmalar. 3. O‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma. 4.O‘zgaruvchan tokli komplekt elektr yuritma. Tayanch so‘z va iboralar Komplekt yuritmalar, funksional elementlar, stanoksozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik, KEYU texnik ma’lumotlari, o‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma KEYUlarning seriallari, bir fazali, uch fazali ko‘prikli yoki noli, noversiv yoki reversiv sxemalar, tiristorli o‘zgartkichlar, dvigatel, mexanik xarakat, koordinatalar datchigi, komponentlar.
«Komplekt elektr yuritmalar» fani oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, mahlum darajada umummuxandis fani xisoblanadi, yuqori malakali texnik xodimlar etishtirishda muxim rol o‘ynaydi. Bu fanning asosiy maqsadi, o‘zgarmas tokli, o‘zgaruvchan tokli komplekt elektr yuritmaning tranzistorli, tiristorli elektr yuritmasi xaqida umumiy ma’lumotlar, ishlash prinsiplari xamda, keng rostlanadigan va tezkor elektr yuritmalar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uslubiyoti o‘rganiladi. «Komplekt elektr yuritmalar» fani talabalar tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilgandan so‘ng o‘rganiladi: oliy matematika, fizika, elektrotexnikaning nazariy asoslari, sanoat elektronikasi, elektr o‘lchash, elektr mashinalari.