1. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni


Iste’molchilarni o‘rganish



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə3/3
tarix02.12.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#171296
1   2   3
Savdo sohasida marketing tadqiqotlari

4. Iste’molchilarni o‘rganish
Iste’molchilarning hulqi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishni shakllantiruvchi asosiy prinsiplar mavjud bo‘lib, quyidagilar shular jumlasidandir:
— iste’molchi hech kimga bog‘liq emas (erkindir);
— iste’molchining o‘zini tutish va xulqini bilishga izlanish orqali erishiladi:
— iste’molchi xulqiga ta’sir ko‘rsatish mumkin:
— iste’molchining xulqi ijtimoiy qonuniydir.
Iste’molchining erki, uning o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zini tutishida namoyon bo‘ladi. Iste’molchining talabiga mos kelishga qarab, tovarlar iste’molchi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Iste’molchiga tanlash va foyda ko‘rishga imkoniyat berar ekan firma muvaffaqiyat qozonadi. Buni tushungan holda va iste’molchining xulqiga moslashib ish yuritish korxonaning raqobatchilik sharoitida yashovchanligini saqlab qolinishini eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
Iste’molchining xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir nechta omillar mavjud. Bu omillarga maqsadli ta’sir ko‘rsatilishi orqali iste’molchilar xulqini va faoliyatini o‘zgarishiga erishish mumkin. Bu yerda so‘z dastavval tashqi muhit omillari haqida boradi. Ularga madaniyat darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvollar an’analar va udumlar kiradi. Iste’molchilarning shaxsiga taalluqli omillar, jumladan bilim darajasi, shaxsiy hayot tarzi, qiziqishi va boshqalar ham muhimdir. Iste’molchilarning xulqini shakllanishida psixologik jarayonlar ham alohida o‘rin tutadi.
Shu bilam birga iste’molchining erki uning bir qator huquqlariga asoslanadi. Bu huquqlarni bajarilishi nafaqat butun jamiyatni, balki alohida olingan korxonalarning ham eng muhim vazifasi hisoblanadi. Iste’molchilar huquqlarini qonun tomonidan ijtimoiy himoyalanishi, ularning-talablarini har tomonlama qondirilishini kafolatlaydi. Aldov, sifatsiz tovarlar, qonuniy e’tirozlarga javob bermaslik, haqorat qilish va boshqa harakatlar-qonuniy huquqlarni buzilishi sifatida qabul qilinib, ularga nisbatan chora ko‘riladi.
Iste’molchining talab va so‘rovlariga e’tiborsiz bo‘lgan korxona hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaydi, shuning uchun, marketing funksiyalaridan biri — iste’molchilar xulqini o‘rganish ekanligi tabiiydir keng ma’noda iste’molchilar xulqi deganda iste’molchi tomonidan tovar va xizmatlarni sotib olinishi, iste’mol qilinishi va bu faoliyatlar bo‘yicha ma’lum qarorlarga kelish jarayoni tushuniladi.
Bozordagi iste’molchi sifatida: iste’molchi — tashkilotlar (korxonalar) ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji va chakana savdo korxonalari, davlat va boshqa muassasalar, shuningdek — shaxslar (yakka tartibli iste’molchilar), oilalar (nikoq va qarindosh-urug‘lilikka asoslangan), uy xo‘jaliklari (bir yoki bir necha xo‘jalikni birlashishiga asoslangan) namoyon bo‘ladi. Sanoat korxonalari tovar va xizmatlarni boshqa mahsulot ishlab chiqarish va boshqa iste’molchilarga sotish maqsadida sotib oladi. Shaxslar, oilalar, xo‘jaliklar esa tovar va xizmatlardan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanadilar.
Davlat korxonalari esa iste’molchi sifatida sotib olgan tovar va xizmatlardan davlat iqtisodiyoti yo‘lida (harbiy, transport, aloqa, ekologiya va q.k.), shuningdek vazirliklar va tarmoqlarning, davlat va mahalliy hokimiyatlarning moddiy-texnik bazasini yaratishda foydalanadilar. Oxirgisiga notijorat muassasalar ham (madaniyat, ta’lim, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va x.k.) kiradi.
Adabiyotlar

1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худойбердиев. “Тадбиркорлик асослари”. “Фарғона”, 2000


2.С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес”. Т.:”Шарқ”, 2002.
3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов.”Кичик бизнес ва тадбиркорлик”. Т.:”Маънавият”, 2003.
4.В.В.Волгин. “Торговые операции”. Москва, 2004
5.Н.В.Ласкина. “Международное торговое дело”. М.:”Экзамен”, 2004
6.www.cer.ru
7.www.uz.bussines.unitech.uz
www.torg.uz
9.www.edu.ru
Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin