1-ma’ruza: Nanofizika asoslari Reja: Mikro va nanoelektronika



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə3/7
tarix28.09.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#150101
1   2   3   4   5   6   7
1-ma’ruza Nanofizika asoslari Reja Mikro va nanoelektronika mi-fayllar.org

aminokislotalar zanjiridan tashkil topganini ko‘ramiz. Tashqaridan oqsil molekulasi
ipdagi shodalarning ketma-ket joylashishiga o‘xshaydi va unda shodalar rolini 
aminokislotalar molekulalari bajaradi. Ko‘p oqsillar tarkibida bunday “shodalar”
o‘rtacha 300-500 ta bo‘ladi. 

1.2-rasm. Oqsilning tuzilishi 


Tabiatda barcha aminokislotalar 20 ta turda bo‘ladi, ularni maxsus “kimyoviy
alifbe”ning yigirmata “harfi” ga o‘xshatish mumkinki, bu “harf” lardan oqsillar -
300-500 harfdan iborat “so‘zlar” tuzilgan bo‘ladi. Bunday yigirma harf yordamida
juda ko‘p uzun so‘zlar yozish mumkin. Agar so‘zdagi harflardan birginasini 
almashtirilsa yoki ko‘chirilsa, so‘z yangi ma’noga ega bo‘ladi, 500 ramzli so‘zda
imkoniy kombinatsiyalar soni 20500 ta bo‘ladi. Har bir oqsil zanjiri faqat shu 


oqsilgagina xos bo‘lgan, faqat ma’lum bir sondagi va aminokislotalar
kombinatsiyasidan qurilgan ketma-ketlikdagi u yoki bu oqsilga harakterli bo‘lgan 
aminokislotalar yagona kombinatsiyasigina ularning kimyoviy va biologik
xossalarini belgilab beradi. Bir dona aminokislota zanjirining o‘rni o‘zgartirilishi, 
almashtirilishi yoki yo‘qotilishi oqsil molekulalari xossalarining tubdan



o‘zgarishiga olib keladi. Bundan kelib chiqib, alohida oqsilni sintez qilishda uning


tuzilishidagi aminokislotalar zanjirlari ketma-ketligi haqida to‘liq ma’lumotga ega 
bo‘lish kerak ekan. Tabiatda bunday ma’lumot maxsus tashuvchi – DNK
molekulasida saqlanadi, unda organizmda mavjud bo‘lgan barcha oqsillar tuzilishi 
haqida ma’lumot bo‘ladi.

1.3-rasm. DNK tuzilishi 


Bir oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlar joylashgan
DNK molekulasining bir bo‘lagi gen deb ataladi. Shuning uchun DNK dagi 
ma’lumotni genetik ma’lumot deyiladi. Gen esa irsiy materialning birligi
hisoblanadi. DNKda bir necha yuzgacha genlar bo‘ladi.
DNK molekulasi (dizoksiribonuklein kislota) biri ikkinchisi atrofiga o‘ralgan
spiralsimon ikkita ipdan iborat. Bunday qo‘sh spiralning eni taxminan 2 nm bo‘ladi. 
Uzunligi esa undan 10 ming marta ko‘p – bir necha yuz ming nanometrdir. Irsiy
ma’lumotni tashuvchi DNK qo‘sh spiralini topgani uchun 1962 yilda olimlar Uotson 
va Krik Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. DNK iplari esa nukleotidlar zanjiridan
tashkil topgan, nukleotidlar – organik materiallar bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq 3 ta 
molekula: azotli asos, 5 uglerodli shakar (pentoza) va fosfor kislotasi qoldig‘idan
iborat bo‘ladi. Nukleotidlarni azotli asoslarning tarkibiga kiruvchi 4 tipi (turi): 


adenin (A), guanin (G), sitozin va (T) timin nomi bilan nomlangan. Nukleotidlar 4



turining DNK zanjirida joylashish tartibi juda muhimdir - u oqsillardagi


aminokislotalar tartibini, ya’ni ularning tuzilishini belgilaydi. 
DNKda oqsil tuzilishi dasturlashtirilganini tushunish uchun Morze alifbosini
eslash kifoya, unda alifboning barcha harflari, tinish belgilari va sonlar qisqa (nuqta) 
va uzun (tire) signallar kombinatsiyasida belgilanadi. DNKda ham xuddi shunday
shifr mavjud ekan. Huddi Morze alifbosida har bir harfga nuqtalar va tirelarning 
muayyan ketma-ketligi mos keltirilganidek, DNK kodida nukleotidlarning ma’lum
ketma-ketlikda kelishi oqsil molekulasidagi ma’lum bir aminokislotaga mos kelar 
ekan. DNK kodini bilish – bu har bir aminokislotaga mos bo‘lgan nukleotidlar
ketma-ketligini bilish demakdir.
Barcha imkoniy son, harf va tinish belgilarini kodlashtirish uchun bizga 2 ta
ramzni bilish kifoya qilar ekan. Bitta aminokislotani kodlashtirish uchun esa 
birgalikda 3 nukleotid o‘zi yetarli bo‘ladi (4 ta nukleotiddan 64 ta kombinatsiya hosil
qilish mumkin, har birida 3 tadan nukleotid bor: 4
3
=64). Bunday birikmalar triplet 

yoki kodon deb ataladi.


DNK kodi bir qiymatga ega (1 triplet 1 tadan oshmagan aminokislotani 
shifrlaydi) va universallikka ega, (ya’ni Yerda barcha yashovchi va o‘suvchi –
bakteriyalar, zamburug‘lar, donlilar, chumoli, qurbaqa, ot, inson – ayni bir tripletlar
ayni bir aminokislotalarni shifrlaydi). Hozirgi vaqtda DNK kodi butunlay
oshkorlangan, ya’ni har bir aminokislota uchun kodlovchi triplet aniqlab qo‘yilgan. 
O‘quvchiga yana bir marta eslatamizki, DNK ketma-ketligida faqat bir nukleotidni
almashtirish yoki chetlatish sintezlovchi oqsillar tuzilishini buzadi. Genetik kod tilga 
o‘xshagani uchun bunga yaqqol misol qilib harfli tripletlardan tuzilgan quyidagi
iborani keltirish mumkin: 



Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin