1-ma’ruza. O’rta Osiyoni bosib olinishini boshlanishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi Reja



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə4/8
tarix29.04.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#104695
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu ma`ruza

Shaharning egallanishi: M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar 1865-yil may oyida bevosita Toshkentga hujum boshladi. Toshkent mudofaasida shahar himoyachilari va Qo’qon xonligi qo’shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko’rsatdi. Ayovsiz janglarda Aliqulining yaralanib vafot etishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo’ydi. Himoyachilarning yagona harbiy boshliqsiz qolishi istilochilar ning qo’li ustun kelishiga olib keldi. Toshkent himoyasiga Buxoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo’shinlarning foydasi tegmadi.
Chernyayev qo’shinlari Kamolon darvozasi yonidan devorni buzib shaharga kirdi. Ularga toshkentlik sarbozlar va aholi shaharning har bir mahalla ko’chasida tashkil qilingan to’siqlarda qattiq qarshilik ko’rsatdi. Toshkentning har bir qarich yeri uchun ko’cha va mahallalarda janglar davom etdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada bo’lib, podsho qo’shinlari to’rtta to’p himoyasida bo’lgan to’siqdan o’ta olishmadi. Ammo M.Chernyayev qo’shinining bir qismi bu vaqtda shahar qal’asini egallab, shu yerdan shahar ichkarisini to’plardan o’qqa tutadi. Himoyachilar shaharni o’qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal’aga o’t qo’yadilar. Bu bilan qal’adan podsho qo’shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar.
Kamolon darvozasi tomonga chekingan M.Chernyayev qo’shinlari ertalab yana jangga o’tishdi. Shahar yong’in ichida qoldi. Suv yo’llarining to’sib qo’yilganligi yong’inlarni o’z vaqtida o’chirish imkonini bermadi.
Shahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M.Chernyayev 17-iyunda Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo’ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodhoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. M.Chernyayev xalqaro doirada o’z xatti-harakatlarini oqlash maqsadida go’yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo’ldi va aholi tinchligi uchun toshkentliklar o’zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab qiladi. Oqsoqollardan 9 nafari shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to’g’risidagi sulhni imzolashga majbur bo’lishdi. Jahon ommasi bu xatning mazmunidan xabardor bo’lishi uchun podsho hukumati tomonidan barcha choralar ko’rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi bo’lgan Solihbek dodhoh, Abulqosim eshon, Hakimxo’ja singari vatanparvarlar Sibirga surgun qilingan. Shu bilan Toshkent podsho hukumati ixtiyoriga o’tib, Turkiston o’lkasining harbiy, siyosiy va ma’muriy markaziga aylantirildi.
Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga harbiy qo’shin qo’mondoni, general-mayor M.Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda qabul qilingan «Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom»ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o’rnatildi. Viloyat bo’limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad podsho hukumatining kelgusidagi harbiy rejalari amalga oshirilishida tayanch ma’muriy hudud vazifasini o’tashi ko’zda tutilgan edi.

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin