1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 145,15 Kb.
səhifə44/57
tarix02.01.2022
ölçüsü145,15 Kb.
#36764
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Лекция текст узб СБ ушын (2)

Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta`minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo`lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko`ra, boshqa kategoriyalar bilan bog`liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan.

Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.

Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta`sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko`ra, o`zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini mujasamlashtirgan bo`ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.


Yüklə 145,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin