1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


Son so‘zlarining tuzilishiga ko‘ra turlari



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə37/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
она тилидан қулланма

Son so‘zlarining tuzilishiga ko‘ra turlari.
Tuzilishiga ko‘ra son turkumdagi so‘zlar 3 xil bo‘ladi: sodda, tarkibli, juft. Bir, uch, besh, ming, yuz kabi sonlar bir o‘zakdan bo‘lgani uchun sodda sonlarga kiradi. Shuningdek, tarixan qo‘shma bo‘lgan sakson, to‘qson kabi sonlar ham sinxronik jihatdan sodda sonlarga kiradi. Tilimizda bir, ikki kabi sodda son tushunchasini bera oladigan sinonimlari ham mavjud. M: bir-yakka, yagona, yolg‘iz, juft kabi miqdor tushunchali leksemaga teng keladigan ikki va undan ortiq sonlar deyiladi: un besh, bir yuz ellik besh, undan besh, uchdan bir kabi. Tarkibli sonlarning o‘zaro ichki munosabati, bir xil emas. O‘nlik xonasi doirasidagi tarkibli sonlar bir-biri bilan o‘zaro teng boglanish asosida birikadi va shu sababli ular bir-birini aniqlamaydi, izohlamaydi. Ammo ikki yuz, uch ming kabi tarkibli sonlarda ikki va uch so‘zlari aniqlovchilik vazifasini bajaradi. Chunki yuz, ming, million sonlari yaxlit va tugal sonlar hisoblanadi.
Olti-etti, besh-olti kabi ketma-ket keladigan ikki son tizmasidan iborat birikuvlarga juft sonlar deyiladi. Odatda juftlashayotgan sonlarda birinchi qismdagi miqdor oz, ikkinchi qismdagi miqdor ko‘p bo‘ladi. Un-un besh, uch-to‘rt kabi. Juftlashish ikki xil bo‘ladi:
Bir o‘zak aynan takrorlanadi: o‘nta-o‘nta, uchta-uchta;
Har xil o‘zaklar takrorlanib keladi: ikki-uch, to‘rt-besh kabi.
Nazorat topshiriqlari:
  1. Miqdor va tartib ma'noli so‘zlarni tushintiring.


  2. Son so‘zlarni izohlang va tushuntiring.


3. Hisob so‘zlarni tushintiring.



2-reja bayoni
Son so‘zlar ma'nosi va grammatik xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikkiga bo‘linadi. Miqdor sonlar. Tartib sonlar.
Miqdor predmetni sanash, donalash, taqsimlash va taxminlab ko‘rsatish kabi ma'nolarni ifodalaydi va quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.sanoq sonlar. 2.chama sonlar.3. jamlovchi sonlar. 4.donalik sonlar. 5.taqsim sonlar.6 .kasr sonlar.
1980 yilda chiqqan darslikda («Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili», Toshkent, 1980) miqdor sonlar to‘rtga bo‘lib ko‘rsatgan. Dona va taqsim sonlar sanoq sonlar qatoriga kiritib yuborilgan. Xolbo‘qi, dona va taqsim sonlar ham o‘ziga xos semantik xususiyatlariga ega. M: «Besh metr chit»ni «beshta metr chit» deb yoki «o‘n chaqirim yo‘l» birikuvini «o‘nta chaqirim yo‘l» deb bo‘lmaydi, shuningdek dona sonlardan keyin ko‘plik qo‘shimchasini kullab bo‘lmaydi, masalan, oltitalar, beshtalar deb bo‘lmaydi. (Bundalar qo‘shimchasining taxmin, noaniqlik kabi ma'nolari bilan uning ko‘plik vazifasi aralashtirmasligi lozim). Taqsim son ham xususiyatlarga ega.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin