1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu: SON VA OLMOSH SO‘Z TURKUMLARI SIFATIDA



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə36/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
она тилидан қулланма

11-mavzu: SON VA OLMOSH SO‘Z TURKUMLARI SIFATIDA

Mavzu rejasi
1.Son leksik - grammatik xususiyatlari.
2.Son so‘z turkumi haqida umumiy tushuncha.
3.Sonning ma'no turlari va hisob so‘zlar bilan birikib kelishi.
4. Olmoshning Grammatik ma’nosi
5.Olmoshlarning ma’no turlari


Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: son,sonda forma yasalishi, numerativ so‘zlar, otlashuv, sodda sonlar, juft sonlar,tarkibli sonlar, grammatik son, miqdor sonlar, tartib sonlar, sannoq sonlar, chama sonlar, taqsim sonlar, kasr sonlar, donalik sonlar.

1- savol bayoni:
Predmetning miqdori va tartibini bildiruvchi so‘zlar son deyiladi. Son so‘zlar qancha? Necha? Nechta? Nechanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. O‘zbek tilida matematik son tushunchasi bilan grammatik son tushunchasi farqlanadi.
Sanaladigan ot bilan qo‘llanmay (un, uch, uchtan ikki) mavhum ma'noni ifodalaydigan va faqat son so‘zning nomini anglatadigan (m: ikki karra ikki to‘rt) so‘zlar matematik sonlar deyiladi va hozirgi taraqqiyotida uchta sistemani tashkil etadi.
Sonning 8 lik, 10, 16- lik sistemalarida EXM larda foydalaniladi. Son sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so‘zlar bilan qo‘llanganda grammatik son tushunchasiga doirasiga kiradi va son turkumini tashkil qiladi.
Son so‘zlar predmetning m i q d o r i, s a n o g‘ i va t a r t i b i ni ifodalagani sababli sifat va ravish turkumlariga yaqin turadi. Son so‘zlar harflar bilan yoziladi. shuningdek, arab (1, 2, 3, 4, 5) va rim (I, II, X) raqamlari bilan yoziladi.
O‘zbek tilida sanash sistemasida katta raqamli sonlar oldin, kichik sonlar keyin aytiladi: 1992 yil, 135 kabi. Tilimiz tarixida esa sanash kichikdan kattaga qarab borgan. M: Urxun -Enisey yodgorliklarida «o‘n bir » soni «bir yigirma», «o‘n uch» soni esa «uch yigirma» deyiladi. Shuningdek xalq jonli so‘zlashuvida «ikki kam ellik» «bir kam qirq» kabi sanash ham yo‘li ham mavjud.
Tilimizda, oz, ko‘p, ancha, mo‘l, biroz kabi miqdor bildiruvchi so‘zlar ham borki, ularni son turkumiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki bu so‘zlarni raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi.
O‘zbek tilida miqdor tushunchasi 22 ta so‘z bilan ifodalanadi ulardan 9 tasi birlik 9 tasi o‘nlik (10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90) 4 tasi yirik miqdorni bildiradi. Eski o‘zbek tilida tuman (10000) lak (100000) sonlari ham bo‘lgan.
Son so‘zlar quyidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari bilan boshqa turkumidan frqlanib turadi.
Son turkumi o‘zigagina tegishli bo‘lgan forma yasovchi qo‘shimchalariga ega: -nchi, -ala, -ta, -tacha, -tadan kabi.
Son so‘zlar metr, tonna, kilo, bosh kabi numerativ so‘zlar bilan birikib keladi.
Boshqa turkumlardan son so‘zi yasalmaydi.
Son gapda asosan aniqlovchi bo‘lib keladi.
Son otlashadi va ot kabi sintaktik vazifani bajaradi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin