1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə74/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari:

1. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

2. Teng bog‘lovchilar ta’rifini ayting.

3. Biriktiruvchi bog‘lovchi­larning ta’rifini ayting.

4. Zidlov bog‘lovchilar ta’rifini ayting.

5. Ayiruv bog‘lovchilar ta’rifini ayting.

6. Ergashtiruvchi bog‘lov­chilarning ta’rifini ayting.

7. Aniqlov bog‘lovchilari haqida so‘z­lang.

8. Sabab bog‘lovchilari haqida gapiring.

9. Shart va o‘xshatish bog‘lovchilari haqida gapiring.



Grammatik ma’no va vazifalariga ko‘ra bog‘lovchilarning turlari: teng bog‘lovchilar( biriktiruv zidlov , ayiruv); ergashtiruvchi bog‘lovchilar ( aniqlov, sabab, shart, to‘liqsizlik, chog‘ishtiruv- o‘xshatish bog‘lovchilari).

Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Bog‘lovchi, yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar, teng bog‘lovchilar, ergash-tiruvchibog‘lovchilar, zidlov, ayiruv bog‘lovchilar, aniqlov bog‘lovchisi, sabab bog‘lovchilari, chog‘ishtiruv bog‘lovchilari, maqsad bog‘lovchisi, shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari.


1-savol bayoni: Bog‘lovchilarning grammatik vazifalariga ko‘ra turlari.
Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1.Teng bog‘lovchilar.
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar.


Teng bog‘lovchilar. Grammatik jihatdan teng munosabatli bo‘lgan uyushik bo‘laklarni yoki ayrim sodda gaplarni biriktiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilardir. Masalan, Bahor ilik va saxiy keldi. Teng bog‘lovchilar sintaktik vazifasi va ma'nosiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda kabilar.
Zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, birok.
Ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yoxud, goh…goh, dam…dam kabilar.
Biriktiruv bog‘lovchilari. Biriktiruv bog‘lovchilari uyushik bo‘laklarni, shuningdek bog‘lovchili boglangan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga boglaydi va ular orasidagi ma'no munosabatlarining tengligini ko‘rsatib turadi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin