1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə73/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
она тилидан қулланма

3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo, go‘yoki. Bu bog‘lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi. Sen menga baxsh etding ko‘rkam bir yoshlik, go‘yo qalbimda ulg‘aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday boshlarini quyi solishadi (O.)

4) maqsad bog‘lovchisi toki qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G‘ .)

5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari:agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.
Bu bog‘lovchilar shart va to‘liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to‘liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘ oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo‘lsa ham, kechagidan ko‘ra qo‘rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Boshqa so‘z turkumiga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi o‘rnida qo‘llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o‘tirishibdi (O.)


3-savol bayoni: Bog‘lovchilarning qo‘llanishiga ko‘ra turlari: yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. Yakka bog‘lovchilar. 2. Takroriy bog‘lovchilar.
Yakka bog‘lovchilar uyushgan bo‘laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go‘yo, basharti, garchi, go‘yoki, holbuki, vaholanki.

Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o‘rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go‘yo ona o‘z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol).Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandirg‘ijingandek ko‘rinar edi. (A.Qod.)
Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari, shuningdek qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go‘zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg‘ubor bo‘lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘ or ishni. (CHo‘lpon). Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. (O.) Dadasi... erkatoy o‘g‘lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)
Takroriy bog‘lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo‘llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so‘zlari esa yakka holda qo‘llansa bog‘lovchi bo‘la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo‘lgan yoki dunyodan ko‘z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o‘zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).
Gaplarni va gap bo‘laklarini bir-biriga boglaydigan so‘zlar bog‘lovchilardir. Bog‘lovchilarga: va, ham, hamda, yo, yoki, yoxud, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun kabilar misol bo‘ladi.
Bog‘lovchilar lug‘aviy ma'no ifodalamaydi. Grammatik jihatdan o‘zgarmaydi. qo‘llanishiga ko‘ra bog‘lovchilar yakka xolda va takroran ishlatiladi. Yakka bog‘lovchilar gapning uyushgan bo‘laklari va ayrim gaplar orasida yakka xolda qo‘llanadi: va, hamda, ammo, biroq , balki, yoki, gar, basharti, go‘yo kabilardir.
Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni boglash uchun ishlatiladi. Takroriy bog‘lovchilarga: dam…dam, yo…yo, goh…goh, bir…bir, yoki…yoki kabilardir.Takroriy bog‘lovchilardan ayrimlari, jumladan bir (son), ham (yuklama), ba'zan (ravish) bog‘lovchilashgan so‘zlardir 3-topshiriq Bog‘lovchining ta’rifini ay­ting.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin