1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-savol bayoni:Bog‘lovchilarning ma’no vazifalari



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə75/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
она тилидан қулланма

2-savol bayoni:Bog‘lovchilarning ma’no vazifalari.

Va bog‘lovchisi uyushik bo‘laklar orasidagi tenglik munosabatini qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasidagi voqea-hodisalarning bir vaqtda sodir bo‘lganligi (Gamxonada kashshoklik kuldi va shu onda tutday to‘qildi), ish-harakatning ketma-ket bo‘lganligini (Choyxonadagi govur bosildi va eshik oldida bir necha iljaygan siymo paydo bo‘ldi) bildiradi. Ba'zan va urnida – u(yu) yuklamasi ishlatiladi. Kir-adirda utlar mening kuyu ko‘zim. (Islom shoir). Ham, hamda bolovchilari gapning uyushik bo‘laklarini va qo‘shma gap qismlarini boglashda qo‘llanadi. Sultonmurod ham dusti Zayniddin ham cheksiz kuvondilar.(O).
Zidlov bog‘lovchilari. Ma'no jihatidan zid, karama karshi bo‘lgan uyushik bo‘laklarni yoki gaplarni boglaydi. M: Butun kuchimni ikki ko‘zimga yigdim-da, uning bevafo, birok gamgin, shux, lekin ma'yus ko‘zlariga tikildim.(G.G). Jonli tilda ammo, lekin bog‘lovchilari qator qo‘llanishi mumkin: Ammo lekin butun vodiyga tarkasa yomon bo‘ladi. (Askad M). Zidlik ma'nosi –u(yu), -da yuklamalari orqali ham ifodalanishi mumkin. Bir nima demokchi bo‘ldi-yu, tili ogziga tiqilib koldi. (O).
Ayruv bog‘lovchilar. Bu bog‘lovchilar gapning uyushik bo‘laklari yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni boglashga hamda ularning navbatini va galma galligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Ulardan: yo, yoki, goh, dan kabilar faol ishlatiladi: Yo‘lchi dam u eshikda,dam bu eshikda ishlaydi.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilari. Ergashtiruv bog‘lovchilari asosan ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga boglash uchun xizmat qiladi: Ular:-ki, chunki, shuning uchun, go‘yo, go‘yoki, toki, agar, garchi, basharti va boshqalardir. Ergashtiruv bog‘lovchilari ma'no vazifasiga ko‘ra kuydagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Aniqlov bog‘lovchilari: -ki, kim, ya'ni.
2.Sabab bog‘lovchilari: chunki, shuning uchun.
3.Shart bog‘lovchilari: agar, basharti, agarchi.
4.Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo, go‘yoki.
Aniqlov bog‘lovchilari qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni izohlash ta'kidlash,aniqlash yo‘li bilan bog‘laydi: Cho‘lda bir Guliston yarataylik-ki hamma xayron qolsin.
Sabab bog‘lovchilari qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni sabab yoki natija ma'nosi orqali boglaydi: Hayot go‘zal, hayot maroqli, shuning uchun erka ko‘ngil shod(U)
Shart bog‘lovchilari qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni shart, ma'nosi orqali boglaydi: Aniq, toj, garchi, yoxud, garchi zardir, xaloiq boshiga bitgan zarardir.(U)
Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari sodda gaplarni qiyoslash, o‘xshatish orqali bog‘laydi: oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday.(O)
Boshqa turkumlarga ayrim so‘zlar ba'zan bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. M-n: bordi-yu, deb kabilar: Majlis bo‘ladi deb, vaqtli kelgan edim.
Bog‘lovchi quydagicha tahlil qilinadi:
1.So‘z turkumiga ko‘ra(bog‘lovchi)
2.Qo‘llanishiga ko‘ra(yakka,takror)
3.Ma'nosiga ko‘ra(teng ergashtiruvchi)
4.Til bog‘lovchilarining turi(biriktiruv, zidlov, ayiruv)
5.Ergashtiruvchi bog‘lovchi turi (aniqlov, sabab, shart, chog‘ishtiruv)

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin