1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə78/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
она тилидан қулланма

23-mavzu: ALOHIDA GURUH SO‘ZLAR.

Mavzu rejasi

1.Modalsuzlar, ularningma’novagrammatikxususiyatlari, sintaktik


vazifalari.

2.Undovlar. Ularninggrammatikxususiyatlari.

3.Undovlarningotlashishi, sintaktikvazifasi.

4.Undovlarningturlari: xis-xayajon(emotsional) vabuyruk-xitobundovlari.



5.Taklidsuzlar. Ularninggrammatikxususiyatlari, otlashishi, taklidsuzlarningsintaktikvazifasi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Modal so‘z va modallik, modal mano, modal so‘zlar, fikrning tasdig‘ini bildiruvchi modal so‘zlar, fikrni taxmin yo‘li bilan ifodalovchi modal so‘zlar, fikrning o‘zaro munosabati va tartibini bildiruvchi modal so‘zlar.


1-savol bayoni: Alohida olingan so‘zlar haqida.Modal so‘zlar.
O‘zbek tilida modal manolar turli yo‘llar bilan ifodalanadi.
Ot, fel, ravish so‘zlarning maxsus formalari, yuklama va ko‘makchilar hamda modal so‘zlar o‘z manolari bilan modallik anglatib turadi.
O‘zbek tilida modal mano ifodalash uchun xizmat qiladigan alohida so‘zlar guruhi borki , ular modal so‘zlar deb yuritiladi.
Modal so‘zlar (lotincha modus-usul, o‘lchov, miqdor demakdir.) So‘zlovchining gapda ifodalangan fikrga munosabatini anglatib turadi. Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi predmet, belgi va harakat kabi manolarni atamaydi, gap bo‘lagi bo‘lib kelaolmaydi. Ular odatda butun gapga tegishli bo‘ladi: Mehnat ham turmush tajribasi, hunari bo‘lmagan odam ishdagi kishining uyini, tuyg‘usini anglamaydi, degan gapga albatta ,shubhasiz, ehtimol, demak kabi so‘zlar qo‘shilganda ham bu gapning manosi o‘zgarmaydi.
Modal so‘zlar bir butun leksik birlik sifatida qaraladi, ular morfemalarga ajratilmaydi; shubxasiz, so‘zsiz kabi. Modal so‘zlarning morfologik belgisi ularning o‘zgarmasligidadir. Modal so‘zlar gapning biror bo‘lagiga yoki butun gapga taluqli bo‘lib, kirish so‘z vazifasida keladi va bu uning sintaktik vazifasi sanaladi. Semantik belgisi aniq tasdik yoki taxmin kabi modal manolarni ifodalashdir. Modal so‘zlar mustaqil so‘zlarga nisbatan kamroq nominativlikni, yordamchi so‘zlarga nisbatan ko‘proq mustaqillikga egaligi bilan xarakterlanadi.
Demak, fikrning voqelikka munosabatini aniq tasdiq va taxmin yo‘li bilan bildirib, morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan, kirish so‘z vazifasida keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Modal so‘zlar aslida mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqan: afti- dan, haqiqatdan so‘zlari ot turkumidan, shubhasiz, so‘zsiz, tabiiy so‘zlari sifatdan va boshqalar.
Modal so‘zlar manosiga ko‘ra ikki guruhga: fikrning aniqligini, fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so‘zlarga bo‘linadi.
Fikrning aniqligini bildiruvchi modal so‘zlar uning rostligini, chinligini ifoda etadi: albatta, tabiiy, haqiqatdan, shubhasiz kabilar.Fikrning noaniqligi gumon, tusmol, taxmin qilinadi. Bunday modal so‘zlarga balki, ehtimol, chamasi kiradi.
Shuningdek, modal so‘zlar afsuslanish (attang),fikrning o‘zaro munosabati va tartibi (demak, xususan, xullas, masalan, jumadan, chunonchi, birinchidan, ikkinchidan kabilar) manolarini ifodalaydi.
Tilimizdagi mumkin, lozim, kerak, darkor, zarur, shart kabi so‘zlar modal ma'nolar ifodalaydi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin