1-mavzu: Oʻzbekiston respublikasining tibbiyot sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari reja



Yüklə 104,38 Kb.
səhifə11/13
tarix28.11.2023
ölçüsü104,38 Kb.
#168710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 mavzu ma’ruzalar ma’tni

PREZIDENT FARMONI, QARORI va FARMOYISHINING me’yoriy-huquqiy hujjat sifatida bir-biridan farqli jihatlari, darajasi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va barcha qonunlar asosida ularning ijrosini ta’minlash uchun farmon, qaror va farmoyish tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Prezident devoni reglamentining 30-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda farmon va qaror shaklida qabul qilinadi. Jamiyat hayotining alohida sohalarini isloh qilish yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatishga qaratilgan muhim hujjatlari farmon, boshqa hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Normativ-huquqiy boʻlmagan hujjatlar (kadr, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda harbiy va maxsus unvonlarni berish, individual xarakterdagi masalalar va hokazo) ham Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari shaklida qabul qilinishi mumkin. Farmoyishda bevosita ijrochilarga koʻrsatma beriladi. Farmoyishda operatsiyalar amalga oshirilgani haqidagi fakt koʻrsatilmaydi va hisob-kitob yozuvlari uchun asos boʻlmaydi.
«ELEKTRON POLIKLINIKA» XIZMATI – shifokor qabuliga onlayn rejimda yozilish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan muhim loyihalardan biri. Ushbu tizim yordamida aholi oʻzlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, oʻz hududlaridagi muassasa shifokorlari haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin. Oʻz urnida poliklinikalar uchun ushbu tizimning afzalliklari – ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan roʻyxatdan oʻtkazish, oilaviy poliklinikalarda yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish imkoniyatidir.
«TELETIBBIYOT» – mazkur innovatsion loyiha bemor va shifokor oʻrtasida masofadan turib muloqot oʻrnatish, kasallikka tashxis qoʻyish va davolash ishlarini olib borish, shuningdek, shifokorlar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlarni internet tarmogʻi vositasida tashkil etish imkoniyati. Teletibbiyot tizimining joriy etilishi bilan bemorlar xorijdagi klinikalarga borish uchun sarflaydigan vaqt va xarajatlar tejaladi. Ular endi shu yerning oʻzidan turib xorijiy mutaxassislarning kasalliklar tashxisi va davolash usullari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin boʻladi.

Yüklə 104,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin