Psixikaning moddiy asoslari to‘g‘risida fikr yuritilganda, eng avvalo,u
miyaning xususiyati ekanligini taʼkid etish joiz. Bilish jarayonlari to‘g‘risida gap
ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan
materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning
psixik faoliyati tananing ko‘p miqdordagi aʼzolarning yordami bilan ishga tushadi.
Аʼzolarning ba’zi birlari taʼssurotlari qabul qilsa, boshqalari
ularni signallarga
aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini
nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, g‘ayrat,
shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana
shunday murakkab funktsiyaning yig‘indisi ( majmuasi ) organizmning tashqi
muhitiga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy
vazifalar ijro etilishi,
bajarilishini taʼminlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha un million
yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning
fiziologikmexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning
oqibatida
organizm
muhitining
o‘zgarishlariga
tez reaksiya qiluvchan,
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir xujayrali amyobaning hayot kechirishi ozuqa qidirish
imkoniyati, o‘z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada
cheklangandir. Undagi yolg‘iz hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi
ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan
hayvonlarda aʼzolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko‘rish, uni farqlash, xavf-xatarni
tez sezish, aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy
funktsiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayraning vujudga kelishida o‘z
aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanish hujayralar turkumini
yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari
mushak tukumlari ishini, bezlarning
shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv
aʼzolarni hamda funktsiyalarini bir-biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv
imkoniyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi
bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy usullari nerv hujayralari (neyronlar) hisoblanib,
ularning funktsiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dentritdan,
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor
faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllari amalga oshiradi,
katta yarim sharlarning qobig‘i
esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan
boshqariladigan xulq-atvor shakllarning organi sanaladi.
Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov
tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi maʼlumotiga qaraganda,
miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga
o‘xshab ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko‘rinishidagi kuchaytirgich
yordamida yozib olish mumkin bo‘lgan elektr toklari paydo bo‘lishning kashf
etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvchi
uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib
xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i
sirtining peshona
qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va uning
yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Maʼlumki, psixikaning
mazmuni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan
belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv fiziologik jarayonlarining o‘zaro
munosabati masalasi
murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o‘ziga xos xususiyatlari nerv
fiziologik qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash katta ahamiyatiga
ega. Аgarda mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lganida edi, u holda psixologiya
mustaqil bilim soxasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas edi. Psixik
jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi obʼektlarning
tavsifini mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: