miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga
o‘xshab ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko‘rinishidagi kuchaytirgich
yordamida yozib olish mumkin bo‘lgan elektr toklari paydo bo‘lishning kashf
etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvchi
uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib
xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining peshona
qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va uning
yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Maʼlumki, psixikaning
mazmuni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan
belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv fiziologik jarayonlarining o‘zaro munosabati masalasi
murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o‘ziga xos xususiyatlari nerv
fiziologik qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash katta ahamiyatiga
ega. Аgarda mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lganida edi, u holda psixologiya
mustaqil bilim soxasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas edi. Psixik
jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi obʼektlarning
tavsifini mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: