127
shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv
va sub’ektiv turlarga bo‘linadi.
Riskni xarakterli belgilari:
-noaniqlikning mavjudligi;
-alternativ tanlash zarurligi;
-tanlangan altirnativaning ehtimolini baholash imkoniyatlarini mavjudligi.
Riskning miqdorini kamaytirish uchun diversifikatsiya, limitlashtirish, o‘z-
o‘zini sug‘urtalash va sug‘urtalash kabi moliyaviy usullardan foydalaniladi.
Sug‘urta himoyasiga olinuvchi risklar sug‘urtaviy risklar deb ataladi.
Riskning ro‘y berishi natijasi: salbiy hol (zarar), o‘zgarishsiz (nollik), ijobiy
(foyda) bo‘lishi mumkin.
Statistik va ekspert baholash usullari yordamida riskka son jihatidan
baholanadi.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni
natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli
risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: