1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə38/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf'din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo‘lmag‘aylar bu naf'din oriy.
Men demakni chu muddao aylab,
Ul ijozat berib duo aylab.
Shuningdek, Navoiy Jomiy o‘z asarini hijriy 886 (milodiy 1481) yilda yaratganligini, u ham tez orada ustozidan ijozat olib, asarni bir-ikki kun ichida tamomlaganini aytadi:
Bir-iki kunki ehtimom ettim,
Ko‘z tutardin burun tamom ettim.
“Arba'in” asariga asos qilib olingan hadislarning 6 tasi muttafaqun alayh (Imom Buxoriy va Imom Muslimning “Sahih”larida keltirilgan mushtarak hadislar) bo‘lib, 8 tasi Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asari, 8 tasi Imom Ahmad Hanbalning “Sunani Ahmad” asari, qolganlari Imom Buxoriyning “Al-adab al-mufrad”, “At-Tarix al-kabir” asarlari hamda Imom Dorimiy, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Suyutiy, Tabaroniy, Daylamiy kabi mashhur muhaddislarning hadislar to‘plamidan olingan.
“Arba'in”ning asosiy qismi “Sizlardan hech biringiz o‘ziga ravo ko‘rgan narsasini birodariga ravo ko‘rmaguncha, chin mo‘min bo‘lolmaydi” degan mashhur hadisning navoiyona talqini bilan boshlanadi:
Mo‘min ermastur, ulki iymondin
Ro‘zgorida yuz safo ko‘rgay.
Tokki qardoshiga ravo ko‘rmas –
Har nekim o‘ziga ravo ko‘rgay.
Keyingi hadislarda ham haqiqiy mo‘minga xos fazilatlar targ‘ib va talqin qilinadi: mo‘min kishining muhabbati va adovati, biror narsani berish-bermasligi – barchasi Alloh uchun bo‘ladi (2-qit'a), uning tili va qo‘lidan dindosh birodarlari omonda (3-qit'a); baxillik va badxulqlik unga begona (4-qit'a); Shukronalik (6-qit'a), rahmdillik (7-qit'a) kabi xis­latlar egasidir va hokazo. Tarjima qilingan hadislar mazmun-mohiyatiga ko‘ra, amri ma'ruf va nahyi munkar shaklida bo‘lib, ayrim qit'alarda yuksak insoniy fazilatlar tarannum etilsa, ayrimlarida yomon illatlardan qaytariladi, ularda insonning hayot va jamiyatdagi vazifasi anglatiladi. Masalan, “Insonlarning eng yaxshisi – insonlarga foydasi tegadiganidir” degan hadisni Alisher Navoiy turkiy tilda Shunday ifoda etadi:
Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla Shubha raf' andin.
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Yetsa ko‘prak ulusqa naf' andin.
Ko‘rib o‘tganimizdek, ushbu sharh orqali insonning ulusga – jamiyatga xizmat qilishi yuksak fazilat sifatida ulug‘lanyapti. Mashhur “Kurashda g‘olib chiqqan pahlavon emas, balki g‘azabi kelganda o‘zini yenga olgan odam pahlavondir” hadisini shoir Shunday talqin qiladi:
Emas ul pahlavonki o‘z qadrin
Bosh uza eltibon nigun qilg‘ay.
Pahlavon oni bilki, yetsa g‘azab
Nafsi ammorani zabun qilg‘ay.
Mazkur hadis insonni o‘z nafsi – g‘azabi ustidan hokimlik qilishga chaqiradi. Alisher Navoiy buni tarjima qilish orqali kishi jahlga qul bo‘lib qolishdan saqlanishi kerakligini eslatyapti.
“Arba'in” uchun tanlab olingan hadislarning asosiy qismi XV asr ziyoli qatlami uchun ma'lum va mashhur bo‘lib, jonli muloqotda maqol va hikmatli so‘zlardek tez-tez tak­rorlanib turgan. Jomiy va Navoiyning “Arba'in”dagi yondaShuvi – hadisdagi o‘zak ma'noni aniq va tuShunarli tilda ommaga yetkazish hamda asliyatdan uzoq bo‘lgan turli uydirma talqin va sharhlarning oldini olish, Shu orqali islom dinining sofligi uchun kurashish hamda go‘zal axloq namunalari targ‘ib qilingan hadislarning ta'sir kuchidan foydalanib, o‘quvchilarni insoniylikka da'vat etish bilan izohlanadi.
SHoir “Arba'in”ni “Lison ut-tayr” va “Nasoyim ul-muhabbat” kabi tarjima asar, deb atagan bo‘lsa ham, unda Navoiyga xos tarjimonlik mahoratining yangi qirralari namoyon bo‘lganini kuzatish mumkin. Agar “Lison ut-tayr” va “Nasoyim ul-muhabbat”da asliyat matniga erkin yondashib, qisqartirish va to‘ldirish, ayrim holatlarda butkul yangi g‘oya va muddaolarni ifoda etish yo‘lidan borgan bo‘lsa, “Arba'in”da imkoni boricha asl matndan uzoqlashmasdan, turkiy tilning imkoniyatlaridan kelib chiqib, qofiya tanlash hamda hadisning mazmunini o‘zbekcha jaranglatish uchun yangi ifoda vositalaridan foydalanishga intilgan. Jomiyning aksar qit'alarida dastlabki ikki misra hadis mohiyatini tuShunishga ochqich vazifasini bajarib, hadisning tarjimasi oxirgi misralarda berilgan bo‘lsa, Navoiy hadis mazmunini ko‘pincha birinchi baytda talqin qilib, ikkinchi baytda Jomiy fikrlarini umumlashtirib, rivojlantirib va to‘ldirib ifodalaydi. Chunonchi, “Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” mazmunidagi hadisning shoirona talqinini berishda Jomiy o‘z qit'asini ona xizmatidan bo‘yin tovlamaslik kerakligi, inson boshidagi ulug‘lik toji onalar oyog‘ining gardidan hosil bo‘lishi mazmunidagi xulosa bilan boshlab, Shundan keyin hadisning mazmunidan kelib chiqib, jannat onalarning oyog‘i ostida ekanligi aytiladi:

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin