1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə4/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar.
Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.
Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash.
Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish. Personalni nazorat qilish - ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.
Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu - korxona har bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir.
Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi:
Bosh maqsad:
-personalni boshqarish tizimini takomillashtirish
-Personal salohiyatini ---barqarorlashtirish
-Personalni o’qitish
-Personal salohiyatini rivojlantirish
-Xodimlarga eehtiyojni qondirish, xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, xizmat vazifasida siltitish
-Xodimlar mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish, intizom, mas’uliyat
-Yangi xodimlarni xizmat vazifasiga ko’niktirsih, ish joylarining band bo’lishi va saqlab qolinishini ta’minlash
-Xodimlar bilimini uzluksiz yangilanib borilishini ta’minlash
-Malaka oshirish, kurslar, seminarlar, oliy o’quv yurtlari, aspirantura
-Boshqaruvning oqilona uslubini shakllantirish
-Xodimlarni baholash sifatini yaxshilash, personal lizingi, yetakchilik usulini rivojlantirsh
-Kadrlar zaxirasini shakllantirish, personal marketingi
-Mehnat sharoitlarini yaxshilash, personal o’z-o’zini o’qitishni va bilimini oshirish tashkil etish

1. Personalni boshqarish maqsadlari



Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin