Mustaqilish
AkbaraliyevJaloliddin
Reja:
1.Auditorlik tanlash tushunchasi
2.Auditorlik tanlashusullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash
1.Auditorlik tanlash tushunchasi
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keying ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aksholda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnatishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qilishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistic tanlash usullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aksettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linmalari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.
Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlashishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliystandarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shutarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:
1. Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish
2. Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan Tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralarni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlarini, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga erishishni ta’minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1 tanlash ko’lami;
2 kuzatish birligi;
3 tanlash birligi;
4 tanlash uslublari;
5 saylab olish hajmi;
6 salmoqli (reprezentativ) tanlash;
7 tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiqqilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yilgan) summadan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami tekshiriladigan to’plam bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Tanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.
2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qaytarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 % dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida guruhlar (quyi to’plamlar) ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o’xshaydi. To’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esao’z navbatida auditor ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri-reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistic usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:
1) Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
2) Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik qiymati fodalangan hujjat tanlanadi.
3) Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash unchamurakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistic usullarni qo’llash har biridagi elementlar o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish chog’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta fayl dasaqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistic tanlash usullariniq o’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schetfakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi statistic tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistic usullarni qo’llash samara bermaydigan darajada kam, yoki statistic usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorattizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistic yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:
1 tanlashgatushganharbirxatonitahlilqilish;
2 tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);
3 tanlash risklarini baholash.
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlabolingan ma’lumotlar asosidat uzilgan, ma’lum masalaga doira uditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganidan to’g’ri gipotezani qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar –tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar –tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’rigipotezani qabul qilish xatari.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.
2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuniasosidagio’zgartirishlarbilan)
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.
4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.
Dostları ilə paylaş: |