Guruh samaradorligi — bu, guruhning umumiy maqsadlarini
amalga oshirish darajasidir.
Guruh samaradorligining asosiy omillari — bular, guruh hajmi
tarkibi; ma’lumotlar topshirig’i, tashqi muhit, rahbarlik uslubi, jarayonlar
va tadbirlar, o’zaro ta’sir usullari, sabab, maqsadni amalga oshirish,
guruhning qiziqishidir.
Daromad — iqtisodiy sub’ekt o’z faoliyati natijasiga ko’ra oladigan
moddiy tushum. Egalik nuqtai nazaridan aholi, korxona (korporativ) va
davlat daromadlari farqlanadi.
Debitor (lotincha —- “u qarzdor” so’zidan) — mulk yoki pul qarzi
bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Xo’jalik aloqalarida iqtisodiy
sub’ektning boshqalarga (korxonalar, fuqarolarga) to’lashi lozim bo’lgan
qarzlari debitorlik qarzini tashkil etadi.
Deval’vatsiya (lotincha — “tanazzul qiymat” so’zidan) — milliy pul
birligi kursining chet el valyutalariga nisbatan pasaytirilishi.
Demonopolizatsiya (yunoncha — “tanho” va lotincha — “sotaman”
so’zlari birikmasi) — iqtisodiyotdagi monopoliyadan erkin, tenghuquqli,
raqobatga asoslangan faoliyatga qaytish.
Demping (inglizcha — “tashlash” so’zidan) — tovarlarni tashqi va
ichki bozorlarda sun’iy arzonlashtirilgan, o’rtacha chakana narxlardan,
ba’zan tannarxdan past narxlarda sotish, tashqi bozorni egallash uchun
raqobat kurashi vositalaridan biri.
Departament (fransuzcha so’zidan) O’zbekiston Respublikasida
idora, ular bo’linmalariningatalishi.
Diversifikatsiya (lotincha — “o’zgarish”, “xilma-xil taraqqiyot”
so’zidan) — korxona faoliyati sohalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlar
turining yuqori samaralikka erishish maqsadida kengaytirilishi, yangilanib
turilishi.
Dividend (lotincha — “taqsimlanadigan narsa” so’zlaridan) —
aktsiyadorlar jamiyati foydasidan aktsiya egasiga har yili beriladigan va
uning daromadiga aylangan qismi.
Diler (inglizcha — “savdogar” so’zidan) — birja operatsiyalari
o’tkazadigan, yoki ulgurji mahsulotni o’z foydasiga chakana yo’l bilan
sotuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.