1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə57/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs leksiyalar uzb

Boshqaruv normasi — bevosita bitta rahbarga bo’ysunadigan
ishchilarning maqbul soni. Korxona, tashkilot va muassasaning yuqori
rahbarlik tarkibi uchun — boshqariluv normasi bevosita rahbarga
bo’ysunadigan tarkibiy bo’ldimalarning maqbul sonini belgilaydi.
Brigada (fransuzcha — “jamiyat” so’zidan) — alohida ishlar
majmuasini birgalikda bajaruvchi kishilar guruhi.
Broker (inglizcha so’zidan) — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yokifirma.
Brutto (ital’yancha — “qo’pol” so’zidan) — korxonaning sarfxarajatlari chegirilmagan foydasi, yalpi daromadi.
Buyruq — korxona oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal
qilishga qaratilgan huquqiy hujjat.
Byudjet (inglizcha — “hamyon”, “mablag’” so’zidan) —
belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan,
me’yorlashtirilgan, qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va
xarajatlar yig’indisi. Davlat, mahalliy (viloyat, tuman, shahar), xo’jalik
sub’ektlari byudjetlari farkdanadi.
Vazirlik — O’zbekiston Respublikasida davlatning markaziy
boshqaruv organi.
Vaqt me’yori — tegishli malakaga ega bo’lgan ishchilar yakka yoki
guruh tarkibida muayyan tashkiliy-texnologik sharoitlarda ma’lum
hajmdagi ishni bajarish yoki mahsulot birligini tayyorlashi uchun zarur
bo’lgan vaqt (kishi-soatlarda hisoblanadi).
Veksel (nemescha so’zidan) — ko’rsatilgan muddatda muayyan
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi
rasmiy hujjat, qimmatli qog’oz.
Globalizm (fransuzcha — “umumiy” so’zidan) — jahonda
kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnologik, harbiy, ijtimoiymadaniy jarayonlarningumumbashariy xususiyati.
Guruhfaoliyati, maqsadi, g’oyasi va boshqa xususiyatlari
bo’yicha bir-birlari bilan o’zaro bog’liq insonlarning ijtimoiy birligi.
Guruhning maqsadi — bu, shaxsiy maqsadlarning bir-biriga mos
kelishi va o’zaro harakatlar induktoridir.

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin