1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə59/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs leksiyalar uzb

Direktorlar kengashi — aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlar
umumiy yig’ilishida saylanadigan rahbar ijroiya organi.
Distrib’yutor (inglizcha — “taqsimlash” so’zidan) — mintaqaviy
(mahalliy) bozorlarda muayyan turdagi tovarlarni ko’tara sotib olish va
chakana yo’l bilan sotish bilan shug’ullanadigan jismoniy yoki yuridik
shaxs.
Jamoa — bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruxi bo’lib, unda
kishilar bir-birlari bilan shunday o’zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa
shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his etadi.
Jamoa kelishuvimuayyan kasb, tarmoq hudud xodimlari uchun
mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash
borasidagi majburiyatlarni o’z ichiga oladigan me’yoriy hujjat. Tartibga
solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinadigan masalalarning
xususiyatiga qarab bosh, tarmoq, hududiy (mintaqa-viy) jamoa
kelishuvlari tuzilishi mumkin.
Jamoaiing funktsiyalari — bu, insonning jamoaga mansubligini his
qilishi; shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir.
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar.
o’rtasidagi mehnat, ijtimoiy — iqtisodiy va kasbga oid munosa-batlarni
tartibga soladigan hujjat.
Jismoniy shaxs — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi
hisoblanadi, bevosita o’z nomidan faoliyat yuritadigan alohida fuqaro.
Ijtimoiy guruhlar — iqtisodiyotda kasbga oid bo’lib, bir xil faoliyat
bilan shug’ullanuvchi, muntazam ravishda bir-birlari bilan munosabatga
kirishadigan shaxslar guruhidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot
miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarini
qondirish uchun kerak bo’ladigan ne’matlarni yaratishga yo’naltirilgan
iqtisodiy faoliyatlar majmui.
Ijtimoiy muhit — insonning yashash va ishlashi uchun uni o’rab
turgan ijtimoiy, moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar.

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin