1 “Tarbiya” tushunchasi qanday ma'noni anglatadi? Tarbiya



Yüklə 27,07 Kb.
səhifə3/3
tarix09.06.2023
ölçüsü27,07 Kb.
#127950
1   2   3
1 “Tarbiya” tushunchasi qanday ma\'noni anglatadi Tarbiya

6 Tarbiya jarayoni qanday
qonuniyatlarga tayanadi?
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur urganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqieadlarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat urtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoen buladi. 

Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy xaetining ob`ektiv talabalarini, insonning 


ijtimoiy mohiyatini va tabiatni aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. 
Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv omillariga bog`liqligidir. Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddity ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siesiy tuzum hamda milliy mafkura g`oyalari asosida qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatining ijtimoi-iqtisodiy hamda siyosiy g`oyaviy
asoslarini tashkil qiladigan hamda tarbiyaning mazmuni va uning olib 
borilishiga kuchli ta`sir kursatiladigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaningsub`ektiv omillari sirasiga tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, 
O`qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik duneqarshi, mafkura g`oyalari, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi.


7 Tarbiya jarayonining o'ziga xos
xususiyatlari nimalarda iborat?
Tarbiya o'ziga xos - xususiyatlarga ega bo'lgan o'ta murakkab jarayon . Bu quyidagi xususiyatlardan iborat :
a) Tarbiyaning maqsadga yo'nalgan jarayon ekanligi . Maqsad qay darajada aniq va tarbiyalanuvchiga yaqin bo'lsa , bu jarayon shuncha samarali kechadi .
b) tarbiyaning kompleks amalga oshirilishi . Bu jarayonning vazifasi , maqsadi ,mazmuni , shakl va metodlarning birligi shaxsni yaxlit holda tarbiyalash g'oyasiga bo'ysunganligini anglatadi .Shaxs sifatida navbatma - navbat emas, bir paytning o'zida kompleks shakllanadi .
c) tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi . Bu jarayonda tarbiyalanuvchining o'zi ham faqat obyekt bo'lmasdan , subyekt sifatida ham ishtirok etishini bildiradi . Bolaning xohish- istagi , qiziqish va imkoniyatlari ham hisobga olinadi .
d) Tarbiyanining ko'p qirrali jarayon ekanligi . Uni amalga oshirishda oila, maktab , davlat va nodavlat tashkilotlari , san'at ,sport , axborot kommunikatsiya texnologiyalari , adabiyot va televideniya ham ishtirok etishini anglatadi.
e) tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi . Bu dunyoga kelishdan to umrining oxiriga qadar davom etishini bildiradi .
f) tarbiya natijasini tezda aniqlab bo'lmasligi . Ta'lim natijasini uy ishining bajarilish sifatiga qarab keyingi darsda tezda aniqlash mumkin bo'lgani holda , tarbiyaning bolaga qanday ta'sir ko'rsatishini yoki qachon o'zining natijasini berishini oldindan aytib bo'lmaydi . Chunki ,kishi hayoti davomida unga turli omillarning ta 'siti kuchayib yoki susayib turishi mumkin . Shuningdek tarbiya natijasi tarbiyalanuvchining xarakteri tempramentiga ham bog'liq ekanligini unutmaslik lozim .

Javoblar :


1. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo'lib , tarbiya jarayonining mazmunini , o'ziga xos xususiyatlarini va uni tashkil etishning nazariy muammolarini o'rganadi . Tarbiya nazariyasi quuidagi muammolarni tadqiq qiladi :
a) shaxsning shakllanish jarayonida tarbiyaning mohiyatini ochib berish ;
b) tarbiyaviy ishning mazmunini aniqlash ;
c) tarbiya metodlarini ishlab chiqish ;
d) bolalarning shaxsiy sifatlarini bajarishga qaratilgan tarbiyaviy ish tizimini shakllantirish .
2 . Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga berilgan tartibda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta'sirlar majmuasidir .
Tarbiya o'ziga xos - xususiyatlarga ega bo'lgan o'ta murakkab jarayon . Bu quyidagi xususiyatlardan iborat :
a) Tarbiyaning maqsadga yo'nalgan jarayon ekanligi . Maqsad qay darajada aniq va tarbiyalanuvchiga yaqin bo'lsa , bu jarayon shuncha samarali kechadi .
b) tarbiyaning kompleks amalga oshirilishi . Bu jarayonning vazifasi , maqsadi ,mazmuni , shakl va metodlarning birligi shaxsni yaxlit holda tarbiyalash g'oyasiga bo'ysunganligini anglatadi .Shaxs sifatida navbatma - navbat emas, bir paytning o'zida kompleks shakllanadi .
c) tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi . Bu jarayonda tarbiyalanuvchining o'zi ham faqat obyekt bo'lmasdan , subyekt sifatida ham ishtirok etishini bildiradi . Bolaning xohish- istagi , qiziqish va imkoniyatlari ham hisobga olinadi .
d) Tarbiyanining ko'p qirrali jarayon ekanligi . Uni amalga oshirishda oila, maktab , davlat va nodavlat tashkilotlari , san'at ,sport , axborot kommunikatsiya texnologiyalari , adabiyot va televideniya ham ishtirok etishini anglatadi.
e) tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi . Bu dunyoga kelishdan to umrining oxiriga qadar davom etishini bildiradi .
f) tarbiya natijasini tezda aniqlab bo'lmasligi . Ta'lim natijasini uy ishining bajarilish sifatiga qarab keyingi darsda tezda aniqlash mumkin bo'lgani holda , tarbiyaning bolaga qanday ta'sir ko'rsatishini yoki qachon o'zining natijasini berishini oldindan aytib bo'lmaydi . Chunki ,kishi hayoti davomida unga turli omillarning ta 'siti kuchayib yoki susayib turishi mumkin . Shuningdek tarbiya natijasi tarbiyalanuvchining xarakteri tempramentiga ham bog'liq ekanligini unutmaslik lozim .
3. Tarbiya jarayonining tamoyillari - bu tarbiya jarsyonining mazmuni ,metodlari va tashkiliy jihatlariga bo'lgan talablar aks etgan asosiy boshlang'ich qoidalardir . Ular tarbiya jarsyonining xususiyatlarini o'zida aks ettiradi va pedagogik jarayonning umumiy jihatlaridan farqli ravishda , bu pedagoklarning tarbiyaviy masalalarni hal qilishda rahbarlik uchun qo'llaniladigan umumiy qoidslardir . Tarbiya tamoillariga qo'yiladigan talablar :
1. Majburiylik
2. Komplekslilik
3. Ahamiyat jihatidan tenglik
Hozirgi kunda tarbiya tizimi quuidagi tamoillarga asoslanadi :
1. Tarbiyaning ijtimoiy yo'nalganligi
2. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi
3. Tarbiyada bola shaxsining ijobiy tomonlariga tayanish
4. Tarbiyaning insonparvarligi
5. Tarbiyada induvidial yondashuv
6. Tarbiyaviy ta'sirlar birligi
Tarbiya turlari :
Axloqiy tarbiya , aqliy tarbiya , baynalminal tarbiya , vatanparvarlik tarbiyasi , ijtimoiy ,
iqtisodiy tarbiya , jismoniy tarbiya , mehnat tarbiyasi , ekologik tarbiya , huquqiy tarbiya .

4 . Tarbiya metodlari --- bu tarbiya oldiga qo'ygan maqsadga erishish yo'ldir . Metodlar bu tarbiyalanuvchilarda tarbiya maqsadi bilan berilgan xudusiyatlarni shakllantirish maqsadida ularning ongiga irodasiga , his-tuyg'ulariga va xulqiga ta'sir etish yo'llaridir .

Tarbiya metodlari :
1. Shaxsning ongini shakllantiruvchi metodlar -- hikoya , tushuntirish , ta'riflash ,maruza ,axloqqa oid suhbat , ko'ndirish , ta'sir ko'rsatish , ko'rsatma berish , munozara , nutq , na'muna .
2. Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari ---mashq , saboq berish , pedagogik talab , ijtimoiy fikr , topshiriq tarbiyalovchi vaziyat ( baho berish ) .
3. Rag'batlantirish metodlari --- musobaqa , rag'batlantirish ,maqtov , faxriy yorliq , jazolash ( ogohlantirish , ko'rsatib o'tish , xayfsan e'lon qilish .

5. Ta'lim- tarbiya o'zaro uzviy bir jarayonning --- shaxsning rivojlanishi va shakllanishi jarayonining ikki tomonidir . Qushni bir qanotida uchishini tasavvur qilib bo'lmaganidek , tarbiyani ta'lim ayro qilishni ham tasavvur qilib bo'lmaydi . Ayniqsa , Sharq xalqlari uchun bu hayot-- mamot masalasi . Bilimli bo'lib yaxshi tarbiya ko'rmagan inson bilimini yaxshi va samarali ishlar qilishga sarflamaydi . Tarbiya o'sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlash jarayonini ,,bilim olishni ham o'z ichiga oladi . Bir butun tarbiya jarayonida uning o'zaro bog'liq bo'lgan ikki qismi ajratiladi : hayot va unga munosabatni shakllantirish . Hayotni bilish asosan ta'limning vazifasi bo'lsa , tarbiyaning vazifasi esa unga bo'lgan munosabatni shakllantirishdan iborat . Shuni unutmasligimiz kerakki , o'sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz kelajagining poydevori ular yuqori darajali bilim bilan yuksak tarbiyaga ega bo'lishlari , yuksak ma'naviyatli bo'lishlari kerak . Ta'lim va tarbiyani uzviy olib borish ta'limda , hayotda juda muhimdir .



6. Tarbiya biz uchun qadimdan muhim bo'lib kelgan shaxsning rivojlanish jarayoni hisoblsnadi. Buyuk bobolamiz o'z asarlarda bunga alohida e'tibor berib turli asarlar yaratgan . Ularning asarlarining asosiy qahramonlari ham yaxshi tarbiya ko'rgan insonlar bo'lishgan . Ular bu orqali jamiyatdagi kishilarni yaxshilikka undagan. Abdulla Avloniy bobomizning " tarbiya biz uchun hayot -mamot masalasi " degan hikmatli so'zlari hali hamon yodhlarga bilim va tarbiya berishda dasturilamal bo' lib kelmoqda va har doim tarbiyaning inson va jamiyat hayotidagi o'rni biz uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini doimo eslatib turadi .
Yüklə 27,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin